|
Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi
|
bet | 36/84 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 8,31 Mb. | | #230471 |
Bog'liq 1 Media va axborot savodxonligix2+a1y2+a2xy+a3x+a4y+a5=0.
Kompyuterda vektorli tasvirlar bilan ishlash nuqtali tasvirlar bilan ishlashga qaraganda ancha oson. Hozirda vektorli tasvirlar yaratuvchi amaliy dasturlar mashina grafikasining asosini tashkil qiladi.
Imkoniyatlari:
Vektor grafikasi printerning barcha sifat sig’imidan foydalanib, tasvir masshtabi o’zgartirilganda ham uning sifatini saqlab qoladi;
Vektor grafikasi alohida ob’ektlarni tahrirlash imkonini beradi va tasvirlar oson tahrirlanadi;
Vektorli grafika agar tasvirda rastrli ob’ektlar qo’llanmagan bo’lsa xotirada kam joy egallaydi.
Kamchiliklari:
• Vektorli tasvirlar sun’iy ko’rinadi;
Rastr grafikasiga nisbatan ranglar kam tusga ega.
Qo’llanish sohasi:
7.4- rasm Rastrli va Vektorli grafikalarini farqlash.
Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o’z ichida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdanto real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, dastur vositasi yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ko’zda tutiladi. Kompyuter grafikasi keng tarqalib borayotgan dastur ta’minotidir,ya’ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanadi. Zamonaviy kompyuter texnolgiyasida kompyuter grafikasi bilan ishlash eng ommobop yo’nalishlardan biri bo’lib bormoqda. Hozirda bu yo’nalish bilan hatto professional rassom va dzaynerlar ham shug’ullanmoqda.
Ma’lumki inson axborotni eshitish va sezish a’zolariga nisbatan ko’rish a’zolari orqali oladi. Ko’rgazmali axborotning o’zlashtirilishi oson bo`ladi.. Inson tabiatining ana shu xususiyati grafik operatsion tizimlarda ishlatiladi. Ularda axborot grafik ob’ektlar: znachoklar (belgilar), oynalar va rasmlar ko’rinishida tasvirlanadi.
Operatsion tizimning barcha grafik ob’ektlari, shuningdek, boshqa barcha tasvirlar qandaydir yo’l bilan kompyuterda xosil qilinishi yoki unga kiritilishi kerak. Grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun maxsus tashqi (atrof) qurilmalari ishlatiladi. Eng ko’p tarkalgan qurilma — bu skanerdir. Sunggi paytda raqamli fotokameralarning ham qo’llanish ko’lami kengayib bormoqda. Ularning oddiy fotoapparatlardan farqi shundaki, tasvir kimyoviy yo’l bilan fotoplyonkaga tushirilmaydi, balki fotokamera xotirasining mikrosxemalariga yozib qo’yiladi. U erdan axborotni kabel orqali kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim raqamli fotoapparatlar ma’lumotlarni fayl sifatida egiluvchan diskka yozib qo’yish imkoniyatiga ham ega. Diskdagi axborotni esa kompyuterga o’tkazish unchalik qiyin emasligini siz yaxshi bilasiz.
|
| |