|
Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi
|
bet | 2/84 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 8,31 Mb. | | #230471 |
Bog'liq 1 Media va axborot savodxonligi Annotatsiya
“Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fanidan ushbu oʻquv qoʻllanma Oliy ta’lim muassasalarining barcha, ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “media”, “savodxonlik”, “mediasavodxonlik” tushunchalarining mazmuni va mohiyati haqida batafsil ma’lumot berib, mavzu yuzasidan olingan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. O‘quv qo‘llanma ma’ruzalar mashg‘ulotlaridan tashkil topgan. Keltirilgan ma’ruzalarda Mediasavodxonlik va axborot madaniyati fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, mediya va axborot tili, mediya kontent yaratish va undan foydalanish, kompyuterning dasturiy ta’minoti, taqdimotlar bilan ishlash texnologiyalari, kompyuter grafikasi va uning turlari, internet imkoniyatlari va xatarlar, yoshlar va virtual dunyo, masofaviy ta’lim va uni tashkil etish asoslari, nazorat testlarini yaratuvchi dasturlar, kompyuter tarmoqlari va tarmoq xavfsizligi, antivirus va ularning haqida batafsil ma’lumot berilgan. Ma’ruzalar yakunida amaliy shug‘illanadigan mavzular yuzasida crkod orqali, yotube.com sahifasi orqali mavzu yuzasidan videolarni tomosha qilb amaliy bilimlarini yanada mustahkamlashi va o‘z ustida chuqur ishlashi ta’minlangan. Qolaversa, Mediasavodxonlik va axborot madaniyati jamiyat hayotidagi zarurati va ahamiyati haqida turli olimlarning ilmiy nazariy qarashlari keng yoritilgan. O‘quv qo‘llanmamizni yaratish davomida media ta’lim, media savodxonligi bu fan biz yoshlarga nima uchun kerak degan savollarga javob olib, o‘zlarining media olamidagi bilimlarini yanada oshirishda yordam beradi.
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati funksiyalarini tushunish, mazkur funksiyalarni amalga oshirish sifatini baholash va o‘z-o‘zini ifoda etish, shuningdek, ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etish uchun medialar bilan ratsional hamkorlikka kirishishga urg‘u beradi. Media savodxonlik ham, axborot savodxonligi ham yoshlarda media va axborot makonida foydalanilayotgan texnologiyalardan qat’iy nazar o‘zaro hamkorlik qilish ko‘nikmalarini ongli ravishda shakllantirish va rivojlantirish bilan bog‘liq. O‘quv qo‘llanmani o‘rganish jarayonida talabalar mediya va axborot madaniyatini fanini nega kerakligi bu fanning barcha sohalarda ayniqsa yoshlarimizning kelgusi hayot faoliyatida juda muhim ekanligini o‘rganib, o‘zlariga kerakli xulosalarni chiqarishda yordam beradi.
O‘quv qo‘llanma mavzulari DTS talablari asosida shakllantirilgan ma’ruzalardan iborat bo‘lib, har bir mavzu turli o‘z sohasi bo‘yicha bilimlarni tashkil etadi.
O‘quv qo‘llanmadan barcha oliy ta’lim yo‘nalishi talabalari, magistrantlar, mustaqil izlanuvchilar, umumtaʼlim maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilari va o‘zini bilgan jamiyatdagi har qaysi ongli inson foydalanishi mumkin.
|
| |