|
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy y
|
bet | 14/84 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 8,31 Mb. | | #230471 |
Bog'liq 1 Media va axborot savodxonligiAxborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yо‘nalishlari quyidagilardan iborat:
1. Har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta’minlash;
2. Davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida
О‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;
3. Xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;
4. Davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda
rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va о‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash;
5. Axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish;
6. Axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga kо‘maklashish;
7. Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag‘batlantirish;
8. Tadbirkorlikni qо‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;
9.Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish.
Elektron raqamli imzo tо‘g‘risidagi qonun haqida
О‘zbekiston Respublikasining elektron raqamli imzo tо‘g‘risidagi qonuni 2003 yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 22 ta moddadan iborat bо‘lib, uning maqsadi elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Elektron raqamli imzoni rо‘yxatga olish markazi rо‘yxatga olish markazi maxsus vakolatli organda davlat rо‘yxatidan о‘tgan va ushbu qonunda nazarda tutilgan vazifalarni bajarayotgan yuridik shaxsdir.8
|
| |