• Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qо‘llaniladi
  • Rо‘yxatga olish markazi quyidagi vazifalarni bajaradi




    Download 8,31 Mb.
    bet15/84
    Sana14.05.2024
    Hajmi8,31 Mb.
    #230471
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84
    Bog'liq
    1 Media va axborot savodxonligi

    Rо‘yxatga olish markazi quyidagi vazifalarni bajaradi:
    1. Elektron raqamli imzolarning yopiq va ochiq kalitlarini yaratadi;
    2. Elektron raqamli imzo yopiq kaliti muhofaza qilinishini ta’minlaydi;
    3. Elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reyestrini yuritadi, uning о‘z vaqtida yangilanishini hamda undan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalana olish imkoniyatini ta’minlaydi;
    4. Yuridik va jismoniy shaxslarga elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini elektron hujjatlar shaklida va qog‘oz hujjatlar shaklida beradi;
    5. Elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining amal qilishini tо‘xtatib turadi va qayta tiklaydi, shuningdek ularni bekor qiladi;
    6. Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan elektron hujjatlardagi
    elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlaydi;
    7. Elektron raqamli imzoli qog‘ozdagi elektron hujjatlarning kо‘chirma nusxalarini tasdiqlaydi;
    Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qо‘llaniladi:

    • elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus о‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yо‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;

    • elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda xosil qilingan, faqat imzo qо‘yuvchi shaxsning о‘ziga ma’lum bо‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mо‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;

    • elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mо‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;

    • elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash - elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yо‘qligi tekshirilgandagi ijobiy natija;

    • elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bо‘lgan axborot.


    Download 8,31 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84




    Download 8,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rо‘yxatga olish markazi quyidagi vazifalarni bajaradi

    Download 8,31 Mb.