|
Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi
|
bet | 12/84 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 8,31 Mb. | | #230471 |
Bog'liq 1 Media va axborot savodxonligiBirlamchi manbalar – bu original manbalar bo‘lib, ular axborotni izohlamaydi. Bu tadqiqot hisobotlari, prays-varaqlar, nutq matnlari, elektron xabarlar, original san’at asarlari, qo‘lyozmalar, fotosuratlar, kundaliklar, shaxsiy maktublar, og‘zaki hikoya/intervyu yoki diplomatik hujjatlar bo‘lishi mumkin. Aksariyat holatlarda va muayyan vaziyatlarda imkon qadar birlamchi axborot manbalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Ikkilamchi manbalar – ular sifatida axborotni yetkazib beruvchilar maydonga chiqadi. Bu holatda axborot o‘zgarishi, tahlil qilinishi yoki umumlashtirilishi mumkin (masalan, ilmiy kitoblar, jurnallar, tanqidiy tahlil yoki ma’lumotlar talqini). Foydalanishga tavsiya etiladigan birlamchi manbalar ikkilamchi manbalarga nisbatan har doim ham o‘zida nufuzli yoki xolis axborotni mujassam etmaydi.
Uchlamchi manbalar – bu tashkil etilgan va o‘zida birlamchi hamda ikkilamchi manbalardagi axborotni qayta ishlab, o‘zida mujassamlagan (masalan, referatlar, bibliografiya, turli qo‘llanmalar, ensiklopediyalar, ko‘rsatkichlar, xronologik jadvallar, ma’lumotlar bazasi va h.k.) manbalardir.
3-§.O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan normativ hujjatlar
Davlat hokimiyati va tashkilotlarda axborot texnologiyalaridan foydalanishdan maqsad, tashkilotlarni birgalikda ishlash tezligi va samarasini oshirish, hamda barcha fuqarolarga xizmat kо‘rsatishni taqdim etishdan iborat.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish boshqaruv samaradorligini va milliy raqobatdoshlikni oshirishga olib keladi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning turli omillari mavjud, ulardan biri bu siyosiy-huquqiy faktor hisoblanadi.
Bu siyosiy-huquqiy faktor ratsional natijalarga erishish va xulosalar qilish faoliyatini puxta rejalashtirish siyosatidir. Siyosiy faktor hukumatning rivojlanishi hamda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni, byudjetlashtirish faoliyati millatlararo kelishuvlar,deklaratsiyalar, shartnomalar yoki operatsiyalar bilan ishlashga mо‘ljallangan.Bu siyosiy-huquqiy omil bozordagi alternativ harakatlar va tovarlar narxi mahalliy AKT sanoatini himoyalaydi.
Hozirgi kunga qadar Respublikamizda axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasini tartibga soluvchi quyidagi asosiy meyoriy-huquqiy hujjatlar mavjud:
1. О‘zbekiston Respublikasining 13 ta Qonuni;
2. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta Farmoni;
3. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 40 dan ortiq qarorlari hamda 1000 ga yaqin sohaga oid meyoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.
|
| |