|
Mediakompetentlikning rivojlanganlik darajalari
|
bet | 20/84 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 8,31 Mb. | | #230471 |
Bog'liq 1 Media va axborot savodxonligiMediakompetentlikning rivojlanganlik darajalari
xarakteristikasi
|
Past
|
O‘rta
|
Yuqori
|
Mediabilim va uni qo‘llash darajasi
|
- mediaga taalluqli ayrim atamalarni
biladi;
- mediasavodxonli
-gini namoyon eta
olmaydi;
- mediata’lim
sohasida o‘z bilim va malakalarini
qo‘llashga intilishi yo‘q.
|
- mediaga taalluqli
Atamalarni biladi;
- media savodxonlik va madaniyatning
ayrim jihatlarini
namoyon eta oladi;
- mediata’lim
sohasida o‘z bilim va malakalarini
qo‘llashga intilish bor.
|
- mediaga taalluqli
atamalarni biladi;
- mediasavodxonlik
va mediamadaniyatni
ko‘rsata oladi;
- mediata’lim
sohasini
takomillashtirish
ga intilishi bor.
|
Mediatahlil
|
- mediatahdidlarni biladi, lekin tushunmaydi;
- mediatahlil
qila olmaydi.
- mediaxavfsizlikni ta’minlamaydi.
|
- mediatahdidlarni biladi va tushunadi;
- mediatahlil qila
oladi;
- mediaxavfsizlikni ta’minlamaydi.
|
- мediatahdidlarni
biladi va tushunadi;
- mediatahlil qila
oladi;
- mediaxavfsizlikni ta’minlaydi.
|
Mediakreativ
|
-ijodiy g‘oyalarni
o‘quv jarayoniga
tadbiqi yo‘q;
-pеdagogik faoliyatini
mеdiatеxnologiyalar orqali takomillashtirishga intilish yo‘q;
-mеdiaraqobatchiligi yo‘q.
|
- ijodiy g‘oyalarni
o‘quv jarayoniga
tadbiq etishga intilishi bor;
- pеdagogik faoliyatini
mеdia tеxnologiyalar
orqali takomillashtirishga intilish bor;
- mеdiaraqobatchiligi past.
|
- ijodiy g‘oyalarni
o‘quv jarayoniga
tadbiq etadi;
- pеdagogik
faoliyatini mеdia
tеxnologiyalar orqali
takomillashtirish
ga intilishi yuqori;
- mеdiaraqobatchiligi mavjud.
|
Pedagogning mediakompetentlik, ya’ni unga mediata’lim faoliyatini olib borish uchun zarur kabsiy bilim va malakalarning rivojlanish ko‘rsatkichlari tasnifini ishlab chiqish shuning uchun ham zarur.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni inobatga olgan holda shuni ta’kidlash mumkinki, bizning fikrimizcha, yuqori darajali mediakompetentlikka ega bo‘lg‘usi (o‘qituvchi) pedagogning mediakompetentligini rivojlantirishning eng qulay usuli bu – pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediabilim, mediatahlil va mediakreativligini oshirib borishdir. Bunda talabalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘zlashtirish, rivojlantirish va takomillashtirish orqali mediakompetentlik layoqatiga ega bo‘ladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun biz o‘z tadqiqotlarimizdan kelib chiqib quyidagi “Pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalarining mediakompetentligini rivojlantirish” mexanizmini taklif etamiz (4.2-rasm). Bu mexanizmning maqsadi shundan iboratki, bunda talabalarning “Informatika va AT” kurslari asosida mediakompetentligini rivojlantirishga erishiladi. Mexanizm bir qancha vazifalarni o‘z ichiga oladi.
|
| |