• Informatika va AT” kurslari asosida talabalar
  • Informatika va axborot texnologiyalari” fani mazmunini mediakompetentlikni rivojlantirish asosida takomillashtirish
  • Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi




    Download 8,31 Mb.
    bet21/84
    Sana14.05.2024
    Hajmi8,31 Mb.
    #230471
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84
    Bog'liq
    1 Media va axborot savodxonligi

    Birinchisi, kompetent yondashuv – bu ta’lim natijasiga urg‘u beradigan yondashuvdir. Bunda ta’lim natijasi o‘zlashtirilgan axborotlar yig‘indisi emas, balki kishining turli muammoli vaziyatlarda harakat qilish qobiliyatidan iborat bo‘ladi.
    Ikkinchisi, hozirgi kunda innovatsiyalarni tadbiq etish uchun kreativlikka bog‘liq bo‘lgan innovatsion ta’lim texnologiyalariga asoslangan. Mediakreativlik (ijodkorlik, fantaziya) mediakompetentli o‘qituvchi faoliyatidagi ijodiy qobiliyatdir. Mediakreativlik innovatsion o‘qitish muhitini belgilab, mediakompetentlikni rivojlantirishga olib keladi.
    Innovatsion va axborot texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq qilishni zamonaviy axborot dunyosining jadal rivojlanishidagi mantiqiy va zaruriy qadam deb xarakterlash mumkin. Media vositalarning (kompyuter, proektor, elektron doska, 3D printer va h.k.) ta’lim-tarbiya jarayoniga faol kirib kelishi pedagoglar kasbiy faoliyatida o‘qitishning innovatsion metodlarini, vositalarini, turlarini, shakllarini, umuman, pedagogik texnologiyalarini zudlik bilan joriy etish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Innovatsion texnologiyalardan foydalanish ta’lim oluvchining o‘quv jarayonida mustaqil ishlash, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘qitish, o‘z faolligini oshirish, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, o‘qitishning yangi pedagogik texnologiyalari qatoriga mediatexnologiyalarini kiritish zarurati kundan-kunga oshib bormoqda.
    Uchinchi vazifasi esa “Informatika va AT” kurslari asosida va “Multimedia texnologiyalari” maxsus kursi asosida shakllantiruvchi vazifalar hisoblanadi:
    Informatika va AT” kurslari asosida talabalar:

    • AKTni qo‘llash tamoyillarini o‘quv dasturlari va baholashga qaratilgan tizimlarga joriy etish orqali o‘quv dasturining alohida mavzulari doirasida talab etiladigan va ta’lim natijalari (ta’lim maqsadalari)ga erishish uchun qanday AKT vositalari va ulardan foydalanish ko‘nikmalari zarurligini aniqlay olishi va ularni tegishli dasturlarga kirita olishi;

    • keng tarqalgan AKT texnik vositalari, matnlarni kiritish, ularni tahrirlash, formatlash va chop etish uchun mo‘ljallangan matn muharririning bazaviy imkoniyatlarini bilishi va ulardan foydalanishni amalda ko‘rsatib bera olishi;

    • faoliyat doirasiga taalluqli va dars berayotgan fani bo‘yicha ta’limiy dasturlar va trening-texnik vositalarni bilishi hamda ulardan samarali foydalana olishi;

    • ta’lim jarayoni boshqaruvida qo‘llaniladigan dasturlardan foydalanishi, jumladan, ta’lim oluvchilarning davomati, joriy, oraliq va yakuniy baholash natijalarni kiritish, saqlash va qayta ishlash hamda tegishli hisobotlarni tayorlash;

    • mustaqil ta’lim jarayonini tashkil etishda AKTni qo‘llash mumkin bo‘lgan holat va sharoitlarni aniqlash hamda uni baholashda AKT vositalarini qo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi;

    • kasbiy faoliyat va mehnat unumdorligini oshirish, innovatsiyalarni pedagogik amaliyotga joriy etishda AKT vositalaridan foydalanish;

    • axborot va axborotlar ustida bajariladigan amallarni bilishi va bajara olish;

    • axborot o‘lchov birliklarini, hajmini va uzatish tezligini bilish;

    • sanoq sistemalarini bilish, sanoq sistemasida amallar bajara olish, sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqasiga o‘tkaza olish;

    • axborotlarning kompyuterda tasvirlanishi, axborotlarni va mediani tahlil qila olish;

    • axborot texnologiyalari, ta’minoti, axborot uzatish usullari va vositalarini bilish, mavjud media manbalaridan (internet, televizor, radio, audio-video yozuvlar, telefon, kompyuter, bosma nashrlar, elektron pochta va boshq.) kerakli ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, uzatish, saqlash, xavfsizligini ta’minlay olish;

    • axborot tizimlari, ularning turlari, vazifalari haqida bilimga ega bo‘lish va ulardan foydalana olish;

    • axborot tizimlaridagi resurslar, ma’lumotlar va tizim orqali taqdim etiladigan interaktiv xizmatlardan foydalana olish;

    • avtomatlashtirilgan ish joylari, ularning turi, tashkiliy va funksional tuzilishi, xususiyatlari haqida tushunchaga ega bo‘lish;

    Hozir kunda ta’limning barcha yo‘nalishlarida yangi zamonaviy ko‘rinishga olib kelayotgan jihatlardan biri bu mediaaxborotni savodli qabul qilish va ularni ommaga yetkazib berish juda muhim o‘rin egallab kelmoqda.
    Informatika va axborot texnologiyalari” fani mazmunini mediakompetentlikni rivojlantirish asosida takomillashtirish
    Ta’lim jarayonini axborotlashtirish yangi davlat ta’lim standartlarini amalga oshirishning asosiy vositalaridan biri sifatida qaralishi lozim. Bu jarayon pedagogik innovatsiyalar hamda axborot texnologiyalarining qo‘llanishi natijasida DTSni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqib, ta’lim muassasasini tezlik bilan texnika va texnologiyalar bilan boyitishni nazarda tutadi. Ta’lim hamjamiyatining vazifasi mazkur jarayonni rivojlantirish yo‘llari va sur’atlarini tushunib yetishdan iboratdir. Ammo “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini takomillashtirmasdan turib ushbu ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi, deb hisoblash maqsadga muvofiqdir.
    Pedagogik oliy ta’limning davlat ta’lim standarti talabalar egallashi lozim bo‘lgan kompetensiyalarning minimal darajasini belgilab beradi. Davlat ta’lim standartlari talabalarning informatika fani bo‘yicha kompetentlik darajalarini belgilab beradi, o‘quv reja va dasturlar, darsliklar, metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘quv rejasi ham qayta takomillashtirilib, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani Ta’limda axborot texnologiyalari deb o‘zgartirildi.
    Axborot, uning turlari va ko‘rinishlari, axborotni saqlash, uzatish, qabul qilish va unga ishlov berish, EHMning arxitekturasi va ishlash prinsiplari, mashina tili tushunchasi, mikroprosessorning tuzilishi va ishlash prinsiplari, Pascal dasturlash tili asoslari, dasturiy ta’minot, fayllar bilan ishlash, Windows OT, zamonaviy axborot texnologiyalari, shaxsning ta’lim-tarbiyasi va rivojlanishida zamonaviy axborot texnologiyalari, dasturiy vositalar, matn va grafik axborotlarni tayyorlash va ularga ishlov berish texnologiyasi, multimedia texnologiyasi, tarmoq texnologiyalari, internet texnologiyasi va uning xizmatlari, elektron tijorat, axborot xavfsizligi.

    Download 8,31 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   84




    Download 8,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi

    Download 8,31 Mb.