Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi




Download 8,31 Mb.
bet19/84
Sana14.05.2024
Hajmi8,31 Mb.
#230471
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84
Bog'liq
1 Media va axborot savodxonligi

O‘qituvchi
faoliyati

Kompetentlik

Mazmuni

1. Media
to‘g‘risidagi
me’yoriy
hujjatlarni bilish

K.1. Ta’limda
media siyosatini
tushunadi va amalga
oshiradi

K.1.1. Media
to‘g‘risidagi me’yoriy-
huquqiy hujjatlarni
biladi va tushuntira oladi.
K.1.2. Mediasiyosat va uning omillarni sanab beradi va
tushuntira oladi.

2. Мedia
to‘g‘risidagi
ma’lumotlar bilan
boyitilgan o‘quv
dasturlarini tuzish

K.2. O‘quv
dasturiga media
bo‘yicha
tushunchalarni
joriy etadi.

K.2.1. Media va unga
taalluqli tushunchalarni biladi
va undan foydalana oladi.
K.2.2. O‘quv dasturlarini mediaga taalluqli tushunchalar bilan takomillashtira oladi.

3. Pedagogik o‘quv
tarbiya jarayonini
tashkil etish

K.3. Kasbiy faoliyatda hamda
talabalarning mustaqil ta’lim
olish jarayonini tashkil etishda
mediatexnologiyadan foydalana oladi

K.3.1. Mediatexnologiyalarni sanab beradi, usullarini aniqlab
beradi.
K.3.2. Ta’lim-tarbiya jarayonida mediatexnologiyalarni qo‘llay oladi.

4. Talabalarning bilim va
ko‘nikmalarini baholash

K.4. Talabalarning
mediakompetentligini baholashda zamonaviy
usullarni qo‘llay oladi

K.4.1. Talabalar bilimini baholashda aynan qaysi turdagi
AKTlarni qo‘llashni ko‘rsatib beradi.
K.4.2. Talabalar bilimini baholashda shaffoflikni
ta’minlash jarayonini qay tarzda
amalga oshirish jarayonini ko‘rsatib beradi.

5. O‘z o‘zini
rivojlantirish

K.5. O‘z o‘zini
kasbiy rivojlantiradi

K.5.1. O‘z kasbiy
yo‘nalishidagi
mediatexnologiyalarni biladi va sanab beradi.
K.5.2. O‘z kasbiy
yo‘nalishida
mediatexnologiyalardan qanday foydalanganligi
to‘g‘risida
tushuntirib beradi.

Demak-ki, bo‘lajak pedagogning mediakompetent shaxsini shakllantirishga ma’lum ijtimoiy buyurtma mavjud. OTM pedagoglari internet-hamjamiyat rivojining ko‘plab tendensiyalarini o‘zlarining maqomiga mos bo‘lmagan “bolalar ermagi” sifatida qabul qilib, umumiy axborot makoniga anchagina sekin kirib borishmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida texnika yutuqlaridan faol foydalanadigan pedagoglar ta’lim oluvchilar bilan ancha oson til topishadi, ularning mehnati o‘zining intellektual mehnati mahsullaridan (taqdimotlar, CASE-vositalar va o‘rgatuvchi dasturlardan to ishlanmalar va modellashtirish shaxsiy dasturiy paketlarigacha) ko‘p marta foydalanish, talabalarga zarur o‘quv materiallarini elektron ko‘rinishda taqdim qilish hisobiga juda yengillashmoqda.


Talabalarning mustaqil ishlari, talabalar ilmiy faoliyati doirasida ularning ishlanmalarini tahlil qilishda o‘zarohamkorlik samaradorligi tobora ortmoqda – talaba mashg‘ulotlar grafigini pedagogning dars jadvali bilan doimiy moslashtirishiga ehtiyoj yo‘q, chunki internet tarmog‘i orqali turlicha yo‘llar bilan muloqot qilish imkoni mavjud. O‘zaro hamkorlikning bu kabi shakllaridaishtirok qilish uchun amalda AKT sohasida hech bir bilimga ega bo‘lish talab qilinmaydi, elektron pochta manzilining mavjudligi istalgan resurslarda ro‘yxatdan o‘tishni nazarda tutadi, o‘z ko‘nikmalarining ishlanganligi esa ozroq vaqt talab qiladi, xolos. Ko‘plab OTMlar talabalarning forumlar va bloglar doirasida jamoaviy ishlash mexanizmlarini faol ilgari surmoqda. Bu holda texnologiyani rivojlantirish uchun umuman hech qanday sarf-xarajat talab qilinmaydi (internet-trafik amalda hamma yerda limitsiz bo‘lib ulguradi), ayni paytda ishlatiladigan mediavositalarga cheklovlar ham mavjud emas: ma’ruzalar, darsliklar, taqdimotlar, o‘quv filmlarini joylashtirish sira mehnat talab qilmaydi, materiallardan talabalar kechayu kunduz foydalana oladi.Bo‘lg‘usi zamonaviy pedagogning mediakompetentligini rivojlantirishni quyida biz tadqiqotlarimiz asosida yaratilgan usul orqali amalga oshirish mumkin deb o‘ylaymiz (4.1-rasm).
Bunda kompetentlik ko‘rsatkichlarining har birida rivojlanishning yuqori, o‘rta va past darajalari ajratib ko‘rsatildi. Shubhasiz, bu kabi tipologiya ancha shartli, biroq u kompetentlik rivojlanganligiga differensiatsiyalangan yondashuv haqida tasavvur hosil qiladiki, bunda aloqa va kreativ ko‘rsatkichlar yuqori darajada bo‘la turib, axborot va baholash ko‘rsatkichlari darajasi o‘rta va hatto past bo‘lishi mumkin.


4.1-rasm. Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarining
mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasi
Mazkur tasniflardan kelib chiqib, bizning fikrimizcha, pedagoglarning ta’limiy faoliyatga kasbiy tayorgarligi darajalari tasniflarini umumlashtirish asosida (mediakompetentlik darajalarini hisobga olgan holda) ko‘rsatkichlarning mos jadvali ishlab chiqildi (4.2-jadval).
Ko‘rinib turibdiki, zamonaviy maktab va Oliy ta’lim muassasining o‘qituvchilari (pedagoglar) mediabilimli, mediatahlil va mediakreativli bo‘lishiga davrning o‘zi talab qilmoqda.

4.2-jadval



Download 8,31 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   84




Download 8,31 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi

Download 8,31 Mb.