• Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qо‘llaniladi
  • Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat
  • Elektron hujjat aylanishi tо‘g‘risidagi qonun haqida




    Download 8,31 Mb.
    bet16/84
    Sana14.05.2024
    Hajmi8,31 Mb.
    #230471
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84
    Bog'liq
    1 Media va axborot savodxonligi

    Elektron hujjat aylanishi tо‘g‘risidagi qonun haqida
    О‘zbekiston Respublikasining elektron hujjat aylanishi tо‘g‘risidagi qonuni 2004 yilda qabul qilingan. Ushbu qonun 19 ta moddadan iborat bо‘lib, uning maqsadi elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Elektron hujjat aylanishi sohasidagi davlat siyosati elektron hujjat aylanishi keng qо‘llanilishini ta’minlashga, elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, elektron hujjatdan foydalanish standartlari, normalari va qoidalarini ishlab chiqishga qaratilgan.9
    Ushbu qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qо‘llaniladi:
    Elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bо‘lgan axborot elektron hujjatdir.Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi. Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak. Axborot kommunikatsiya vositalari va texnologiyalari yordamida inson uchun qulay shaklda saqlanadigan, uzatiladigan va taqdim etiladigan va uni tanib olishga imkon beradigan rekvizitlarga ega elektron vositalardagi axborot – bu elektron hujjatdir.


    2-rasm. Elektron hujjat almashinuvi tizimi
    Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:

    • elektron raqamli imzo;

    • elektron hujjatni jо‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni jо‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

    • elektron hujjatni jо‘natuvchining pochta va elektron manzili;

    • hujjat yaratilgan sana.

    Qonun hujjatlarida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvi bilan elektron hujjatning boshqa rekvizitlari ham belgilanishi mumkin.

    Download 8,31 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   84




    Download 8,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektron hujjat aylanishi tо‘g‘risidagi qonun haqida

    Download 8,31 Mb.