• Kirish.
  • Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi




    Download 8,31 Mb.
    bet3/84
    Sana14.05.2024
    Hajmi8,31 Mb.
    #230471
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84
    Bog'liq
    1 Media va axborot savodxonligi

    MUNDARIJA


    Kirish. 6
    1-§.Media va axborot savodxonligi, uning jamiyat hayotidagi o‘rni 8
    2-§.Axborot manbalari va axborotga bo‘lgan ehtiyoj 14
    3-§.O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan normativ hujjatlar 17
    4-§.Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida “informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda talabalarning mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyasi 23
    5-§. Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti. 32
    6-§.Taqdimotlar yaratish texnologiyasi 38
    7-§.Kompyuter grafikasi va uning turlari 43
    8-§.Media kontent yaratish va undan foydalanish. Media matnlarni yaratish 50
    9-§.Medianing boshqa axborot xizmatlari bilan o‘zaro munosabati 58
    Media bilan munosabat 58
    10-§. Internet imkoniyatlari va xatarlar. Yoshlar va virtual dunyo 65
    11-§. Masofaviy ta’lim va uni tashkil etish asoslari 74
    12-§. Kasbga doir interaktiv infografika vositalarini 79
    yaratish texnologiyasi 79
    13-§. Anketa, so‘rovnomalari va nazorat testlarini yaratuvchi dasturlar. 85
    Google Clasroom. 85
    14-§-Kompyuter tarmoqlari. Tarmoq xavfsizligi 88
    15-§-Antivirus va ularning turlari. Kompyuter viruslari 93
    GLOSSARY 101
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 106

    Kirish.


    Mediasavodxonlik va axborot madaniyati 2007 yilda UNESCO tomonidan taklif etilgan keng qamrovli tushunchadir. U axborot savodxonligi va mediasavodxonlik bilan bog‘liq barcha kompetensiyalarni, shu jumladan raqamli yoki texnologik savodxonlikni ham qamrab oladi.
    Mediasavodxonlik va axborot madaniyati — bu ijodiy faoliyatda barcha zarur vositalardan foydalangan holda axborot va media mahsulotlarini samarali olish, tahlil qilish, tanqidiy baholash, talqin qilish, foydalanish, yaratish va tarqatish imkonini beradigan bilim, ko‘nikma, munosabat, malaka va amaliyotlar majmuidir. Axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma’lumotlar bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko‘payishi media savodxonlikka ega bo‘lish zaruratini qo‘ydi. Hozirgi tobora rivojlanib borayotgan dunyoda har bir inson aniq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lsagina har qanday axboriy tahdidlarga qarshi turib, o’ziga kerakli axborotlarni foydali va zararli jihatdan ajratib hayot faoliyatiga qo’llab, uning oqibatlari bilan kurasha oladi. Ushbu o‘quv qo’llanmadan foydalanish jarayonida talabalar “media”, “savodxonlik”, “mediasavodxonlik” tushunchalarining mazmuni va mohiyati, talabalarda mediasavodxonlikni va axborot madaniyatini takomillashtirishda axborot texnologiyalari o’rni haqida, axborot texnologiyalari haqida, Mediasavodxonlik va axborot madaniyati tushunchasini o’rganishda yordam beradi.
    Media savodxonlik va axborot madaniyati” fanining ob'ektini(ya’ni mazkur fan nimalarni o’rganishi) – insoniyatning ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davomida media savodxonlik va axborot madaniyati evolyutsiyasi, media makon, media savodxonlik va axborot madaniyati tushunchalari mazmun mohiyati, ma'lumot, axborot va uni tarqatish madaniyati, axborotni jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, axborot xavfsizligi, jamiyat a'zolarida media savodxonlik va axborot madaniyatini rivojlantirish zaruriyati, O‘zbekistonda axborot xavfsizligini ma'naviy va huquqiy asoslari, axborotni tizimlashtirish, Mediasavodxonlik va axborot madaniyati talablari va afzalliklari, jahon media va axborot makonida raqobat muhiti, xorijiy mamlakatlarning media savodxonlik va axborot madaniyatini qiyosiy tahlili kabilarni nazariy-amaliy o‘rganish tashkil etadi.
    Media savodxonlik va axborot madaniyati” fanining predmeti-media savodxonlik va axborot madaniyati tushunchasi evolyutsiyasi tarixini, media savodxonlik, axborot, axborot madaniyati va etikasi tushunchalarining mazmun mohiyati, Mediasavodxonlik va axborot madaniyatini shakllantirishning texnik, ma'rifiy, ma'naviy-axloqiy ilmiy asoslarini, axborot olish va foydalanish metodlarini ilmiy-falsafiy o‘rganish. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasida axborot va media sohasining normativ huquqiy asoslari, media savodxonlik va axborot madaniyatining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, jahon va axborot makonida raqobat muhiti, media maydonda axborot tarqatish madaniyati, media maydon va internet imkoniyatlari, ijtimoiy tarmoqlarda axborot xurujlari va tahdidlar, axborot xavfsizligini ta'minlashning g‘oyaviy-nazariy asoslari, O‘zbekistonda axborot xavfsizligini ma'naviy va huquqiy asoslari, hamda turli axborot xurujiga qarshi jamiyat a'zolarida media savodxonlik darajasini oshirishning ma'naviy-g‘oyaviy, ma'rifiy imkoniyatlariga doir masalalarni o‘rganish.
    Media savodxonlik va axborot madaniyati” fanining maqsadi- bugungi kundagi zamonaviy axborot makoniga poydevor bo‘lgan, inson ijtimoiy-madaniy hayotining ajralmas qismi hisoblangan muloqot, ma'lumot evolyutsiyasi tarixini o‘rgatish. Media savodxonlik, axborot, axborot madaniyati va axborotetikasi(infoetika), ularning asosiy elementlari, Mediasavodxonlik va axborot madaniyatini shakllantirishning texnik, ma'rifiy, ma'naviy-axloqiy ilmiy asoslari, hamda bugungi kunda insonlar media savodxonligini rivojlantirish zaruriyatini talabalarga tushuntirish. Jamiyatni demokratik taraqqiyotga erishishida, insonlarning ijtimoy-iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy sohalardagi faoliyatlarini faollashuvida, shuningdek tanqidiy fikrlashlarida media va axborotning, media savodxonlikning ahamiyatini yoritib berishdan iborat.


    Download 8,31 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   84




    Download 8,31 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi

    Download 8,31 Mb.