|
DHCP (Dynamic Host Configuration Protocol) –
|
bet | 71/84 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 8,31 Mb. | | #230471 |
Bog'liq 1 Media va axborot savodxonligiDHCP (Dynamic Host Configuration Protocol) – tarmoqdagi IP manzillarni avtomatik ravishda taqsimlash uchun ishlatiladigan protokoldir.Oddiyroq qilib aytadigan bo’lsak tarmoqga yangi host ulanganda u o’ziga IP ni aynan DHCP serverdan oladi.
Port – Tarmoq protokollari yordamida ma’lumot almashish uchun ishlatiladigan mantiqiy kanal yoki interfeysni ifodalaydi. Har bir portning raqami mavjud bo’ladi va har bir portning belgilangan vazifalari va protokollari bo’lishi mumkin.
Istalgan tarmoq protokolining o’ziga xos portlarining o’zaro aloqasi bo’lishi mumkin. Masalan, HTTP protokoli uchun 80-raqamli port, HTTPS uchun 443-raqamli port, FTP uchun 21-raqamli port, SSH uchun 22-raqamli port, SMTP uchun 25-raqamli port kabi protokollar uchun alohida portlar belgilanadi.
Internet tarmog‘i shunday bir muhitki, u o‘zida turli ko‘rinishdagi va turli tillardagi ko‘plab axborotlarni jamlagan. Bunda ushbu axborotlar ichidan kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni qidirib topish muammosi paydo bo‘ladi. Internet tarmog‘ida har bir foydalanuvchi axborotni qidirish uchun o‘zbek, rus, ingliz yoki boshqa tillardagi bir yoki bir necha so‘zdan tashkil topgan so‘rovlardan foydalanadi. Ya’ni ma’lumotlarni uning sarlavhasi yoki uning tarkibida ishtirok etgan so‘zlar va jumlalar bo‘yicha qidirib topish mumkin. Bunda foydalanuvchi tomonidan Internet qidiruv tizimi qidiruv maydoniga kerakli ma’lumotga doir so‘z yoki jumla kiritiladi va qidiruv tizimi ishga tushiriladi. Shundan so‘ng qidiruv tizimi foydalanuvchiga o‘zi tomonidan kiritilgan so‘z yoki jumlaga mos keluvchi ma’lumotlarni qidirib topadi va kompyuter ekranida ularning ro‘yxatini hosil qiladi. Va nihoyat ro‘yxatdagi ma’lumotlarni ketma-ket ko‘rib chiqilib kerakli bo‘lganlari kompyuterga saqlab olinadi. Ko‘rib o‘tilganidek, har bir foydalanuvchi Internet tarmog‘i orqali o‘ziga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni uning mavzusi hamda tarkibidagi so‘z yoki jumla bo‘yicha qidirib topishi mumkin, lekin Internet tarmog‘ida ma’lumotlar shunchalik ko‘p-ki, ta’kidlab o‘tilgan usul samara bermasligi mumkin. Bunday hollarda Internet qidiruv tizimlari qidiruvning bir qancha qo‘shimcha usullari bo‘yicha qidiruvni taqdim etadi.
ma’lumotlarni uning tili bo‘yicha qidiruv;
ma’lumotlarni uning turi (matn, rasm, musiqa, video) bo‘yicha qidiruv;
ma’lumotlarni uning joylashgan mintaqasi bo‘yicha qidiruv;
ma’lumotlarni uning joylashtirilgan sanasi bo‘yicha qidiruv;
ma’lumotlarni uning joylashgan Internet zonasi bo‘yicha qidiruv;
ma’lumotlarni xavfsiz qidiruv.
|
| |