|
Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi
|
bet | 70/84 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 8,31 Mb. | | #230471 |
Bog'liq 1 Media va axborot savodxonligiUDP (User Datagram Protocol) – tarmoq protokoli, tarmoqdagi ma’lumot almashish uchun ishlatiladigan bir transport protokolidir. UDP IP (Internet Protocol) bilan birgalikda ishlatiladi va ma’lumotlarni paketlarga bo’lib almashishni ta’minlaydi.
OSI (Open Systems Interconnection) – modeli, tarmoq kommunikatsiyasi va tizimlarining qurilishi va ishlab chiqarilishini tushuntiruvchi standart yaratish modelidir. Uning asosiy maqsadi, turli tarmoq protokollari va tizimlarining tariflashini, ta’rifi va ulanishini tashkil qilishdir.
OSI modeli mavzusi katta mavzu hisoblanadi biz shunchaki qisqacha ma’lumot berdik.Balki keyingi darslarda bu mavzuga yana kengroq tuxtalarmiz ko’ramiz.
Firewall – Tarmoqda xavfsizlikni ta’minlash uchun ishlatiladigan dasturiy ta’minot yoki qurilma bo’lib, tarmoq trafikini nazorat qiladi va himoya qiladi. Uning asosiy vazifalari tarmoq xavfsizligini ta’minlash, zararli va noaniq ma’lumotlar bilan kirishlarni chegaralash va tarmoq resurslarini himoya qilishdir.
VLAN (Virtual Local Area Network) -Tarmoqni bir nechta virtual tarmoqlarga bo’lish usuli.Bitta VLAN-ga tegishli qurilmalar, ular turli xil routerlarga ulangan bo’lsa ham xuddiki bitta ular bitta tarmoqga ulangan kabi ma’lumot almashishi mumkin.
SSL/TLS – Tarmoqda ma’lumotlarni uzatish xavfsizligini ta’minlash uchun foydalaniladigan xavfsizlik protokollaridir.SSL va TLS, server va klient (masalan, brauzer) orasidagi aloqani xavfsizlashtirish uchun ma’lumotlarni shifrlash, autentifikatsiya qilish va boshqa xavfsizliglarni ta’minlashni o’z ichiga oladi.
TLS (Transport Layer Security) va SSL (Secure Sockets Layer) protokollarining asosiy farqi ularning tarixi va versiyalari bo’lsa ham, ularning asosiy maqsadi va ishlash prinsiplari o’zgarmagan bo’lib, TLS SSL ni rivojlantirilgan va uning yangi versiyasidir.
DNS (Domain Name System) – internetda domen nomlarni IP manzillarga o’girishda ishlatiladigan tizim hisoblanadi. U foydalanuvchining kiritgan domen nomini IP manziliga aylantiradi va ularga bog’liq serverlarga so’rov yuboradi.
|
| |