|
-§-Antivirus va ularning turlari. Kompyuter viruslari
|
bet | 72/84 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 8,31 Mb. | | #230471 |
Bog'liq 1 Media va axborot savodxonligi 15-§-Antivirus va ularning turlari. Kompyuter viruslari
Kompyuter virusi — internet orqali suzib yuradigan, kompyuter programmalarini yoʻq qilib, ishlamay qolishiga sabab boʻladigan programma. Hozirgi kunda bu viruslarga qarshi Antiviruslar ishlab chiqarilgan. Viruslar haqida dastlabki maʼlumotlar amerikalik T. J. Raynning 1977-yilgi fantastik asarida uchraydi. Bu asarda 7000 kompyuter virusdan zararlanganligi haqida soʻz boradi. Virus ham tuzilishiga koʻra dastur, lekin zararli. Hozirda viruslar juda keng klassifikatsiya ega. Ular keng qamrovda faoliyat olib bormoqda. Masalan: Kasperskiy antivirusi 1,5 million virusni aniqlay oladi (2009-yil maʼlumoti). Dunyodagi birinchi virus dasturi 1988-yili Karnell Universiteti aspiranti Robert Moris(kichik) tomonidan Internet tarmogʻiga joylashtirilgan. Bu virus oʻz faoliyatini Unix operatsion tizimi xato-kamchiliklaridan gʻarazli maqsadlarda foydalanish bilan amalga oshirgan. Robert Moris tuzgan virus juda katta koʻlamli zarar keltirdi. Robert moris esa uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum etildi, lekin uning nomi bir umrga tarixda qoldi.
Kompyuter virusi — EHM ning xavfli „dasturi“. Kompyuter egasini ogoxlantirmay va uning istagiga qarshi uning dasturiga „joylashtiriladi“ va zaryadlangan faylni navbatdagi qoʻyishda koʻpayadi. Kompyuter virusi kompyuterning risoladagi ish meʼyorini buzadi, maʼlumotlarni oʻchirib yuboradi, displey (monitor) ekranidagi tasvirni buzadi, hisoblash jarayonini sekinlashtiradi. Kompyuter virusi dasturini ishlab chiquvchilar 20-asr 80-yillari boshida AQShda paydo boʻldi, keyin dunyoning barcha mamlakatlariga tarqaldi. Kompyuter virusiga qarshi kurashish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqiladi.
Hozirgi kunda internetda ma’lumotlar almashinishiga katta imkoniyat yaratadi. Lekin, kompyuter viruslari va zararli dasturlar tarqalishi uchun yaxshi muhit yaratadi. Albatta Internet olingan barcha ma’lumotlarda virus bor deb bo’lmaydi. Kompyuterda ishlovchi ko’pchilik mutaxassislar va operatorlar qabul qilinadigan ma’lumotlarni viruslardan tekshirishni doimo bajaradi. Internetda ishlayotgan har bir kishi uchun yaxshi antivirus himoya zarur.
Virus paydo bo’lish belgilari.
Zararlangan kompyuterda eng muhimi virusni aniqlash. Buning uchun virusni asosiy belgilarini bilish kerak:
Funkstional dasturlarni ishini tuxtatish yoki notog’ri ishlashi;
Kompyuterni sekin ishlashi;
OS ni yuklanmasligi;
Fayl va kataloglarni yo’qolishi yoki ulardagi ma’lumotlarni buzilishi;
Fayllar modifikayiyasining sana va vaqtining o’zgarishi;
Fayl xajmining o’zgarishi;
Diskdagi fayllar miqdorining keskin ko’payishi;
Bo’sh operativ xotira hajmining keskin kamayishi;
Kutilmagan ma’lumotlar va tasvirlarning ekranga chiqishi;
Kutilmagan tovushlarning paydo bulishi;
Kompyuterning tez-tez osilib qolishi.
Yuqoridagi belgilar boshqa sabablarga ko’ra ham bo’lishi mumkinligini eslatib o’tamiz.
Hоzirgi kunda kоmp’yuter viruslari g’arazli maqsadlarda ishlatiluvchi turli xil dasturlarni оlib kelib tatbiq etishda eng samarali vоsitalardan biri hisоblanadi. Kоmp’yuter viruslarini dasturli viruslar deb atash to’g’rirоq bo’ladi. Avtоnоm ravishda ishlash, bоshqa dastur tarkibiga o’z-o’zidan qo’shiluvchi, ishga qоdir va kоmp’yuter tarmоqlari va alоhida kоmp’yuterlarda o’z-o’zidan tarqalish xususiyatiga ega bo’lgan dasturga dasturli virus deyiladi. Viruslar bilan zararlangan dasturlar virus tashuvchi yoki zararlangan dasturlar deyiladi.
rasm Viruslarning ta’sir ko’rsatishiga qarab turlanishi
|
| |