|
Sh. O. Xolmurodov, I. R. Abdurazzoqov mediya va axborot savodxonligi
| bet | 82/84 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 8,31 Mb. | | #230471 |
Bog'liq 1 Media va axborot savodxonligiGamifikatsiya vositalari - O‘quv jarayonini yanada qiziqarli va esda qolarli qilish uchun o‘yin elementlari ko'pincha ishlatiladi.
Infografika — axborotni taqdim etishning grafik usulidir. Boshqacha qilib aytganda, buni rasm koʻrinishidagi maʻlumotlar desak ham boʻladi.
Pentester yoki xaker – bu kompyuter tarmoqlarini yaratish ishlash printsiplarini juda yaxshi tushunadigan professional.
Tarmoq – bu kompyuterlardan tashkil topgan yaxlit bir tizim bo’lib, ular(kompyuterlar) o’rtasida axborot almashish imkonini ta’minlaydi.
Kompyuter tarmoqlari – ikki yoki undan ortiq qurilmalar o’rtasida ma’lumot almashish uchun kerak.
Internet – bu kompyuter tarmoqlarining (dunyo bo’ylab) global tarmog’idir.
Host – tarmoqda faol bo’lgan va IP manziliga ega bo’lgan tizim yoki qurilma hisoblanadi.
Switch – lokal tarmoqlarda tizimlarni bog’lash va ma’lumot almashishni bajarish uchun ishlatiluvchi qurilma hisoblanadi. U tarmoq paketlarini qabul qiladi va ularni maqsadga muvofiq portga yo’naltiradi.
Paket – bu tarmoq orqali uzatiladigan ma’lumotlar birligi. Paketlarda jo’natuvchi, qabul qiluvchi, jo’natish tartibi va ma’lumotlarni etkazib berish va qayta ishlash uchun zarur bo’lgan boshqa ma’lumotlar mavjud.
Protokol – Tarmoqda ma’lumotlar formatini, ularni almashish va qayta ishlashni belgilaydigan, shuningdek kompyuter tarmog’idagi turli xil qurilmalar o’rtasida o’zaro aloqani ta’minlaydigan qoidalar va protseduralar to’plami.
TCP/IP protokoli – IP protokoliga asoslangan tarmoqlar orqali ma’lumotlarni uzatish uchun foydalaniladigan protokollar to’plamidir.
Port – Tarmoq protokollari yordamida ma’lumot almashish uchun ishlatiladigan mantiqiy kanal yoki interfeysni ifodalaydi. Har bir portning raqami mavjud bo’ladi va har bir portning belgilangan vazifalari va protokollari bo’lishi mumkin.
Kompyuter virusi — internet orqali suzib yuradigan, kompyuter programmalarini yoʻq qilib, ishlamay qolishiga sabab boʻladigan programma.
Parazitli virus — fayllarning tarkibini va diskning sеktorini o‘zgartiruvchi virus. Bu virus oddiy viruslar turkumidan bo‘lib, osonlik bilan aniqlanadi va o‘chirib tashlanadi.
|
| |