• Yosh jurnalistning ijodiy qiyofasi shakllanishiga qahramonlar timsollarining ta’siri
  • Ijodkor yoshlar mediakontenti o‘zlikni anglash va dunyoqarashni shakllantirish omili sifatida




    Download 37,34 Mb.
    bet50/73
    Sana21.05.2024
    Hajmi37,34 Mb.
    #248646
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73
    Bog'liq
    Media savodxonlik umk 04 09 2023 06

    Ijodkor yoshlar mediakontenti o‘zlikni anglash va dunyoqarashni shakllantirish omili sifatida
    Ijodkor yoshlar boshqa tengdoshlaridan o‘zini namoyon etishga bo‘lgan alohida intilishi bilan ajralib turadi. Ushbu jihat ular shaxsi va kasbiy
    dunyoqarashining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Medialar esa ular turli rollar, modellar va tajribalar vositasida o‘zining maqsad sari intilishini ko‘rsatish uchun universal makon sifatida xizmat qiladi. Bu o‘rinda gap ijodkor shaxs mustaqilligi, fikr va his-tuyg‘ularining anglanganligini nazarda tutuvchi o‘zlik haqida bormoqda. Shuning asosida ijodkor yoshlarda izchil tarzda yuqori darajadagi mustaqillik, o‘zini anglash va aniq natijalarni ko‘zlash asosida yuzaga keluvchi tanqidiy tafakkur shakllanadi.
    Shubhasiz, yoshlarning o‘ziga baho berishi va o‘zligini anglashi tashqi ta’sirlardan holi bo‘lmaydi. Media ularga o‘ziga xos tarzda bosim o‘tkazadi. Chunki odatda, ular o‘zini namoyon etayotgan mediaresurs boshqalarning mehnati mahsuli ham bo‘lishi mumkin. Bunday holatda o‘z ichiga turlicha yo‘nalish va mazmundagi qadriyatlarni olgan mediaxabarlarni tanqidiy ko‘rib chiqish ko‘nikmasining mavjudligi muhim. Mediata’lim ijodkor yoshlarning ongini, o‘ziga va atrofdagilarga bo‘lgan munosabatini rivojlantirishda, o‘zini olamning bir qismi sifatida tasavvur etishida turli imkoniyatlarni taklif etadi.
    Bu o‘rinda ularning o‘zlikni namoyon etishning qudratli vizual vositasi bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiga aralashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda, ularda taniqli mediashaxslarga taqlid qilishni emas, balki yosh o‘zining fe’l atvorini, kasbiy qiyofasini, ijodiy “men”ini yaratish va mustahkamlashga xizmat qiladigan shaxsiy xatti-harakat modelini shakllantirish muhimdir.
    Yosh jurnalistning ijodiy qiyofasi shakllanishiga qahramonlar timsollarining ta’siri
    Shubhasiz, ijodkorning shaxsiyati shakllanishida qahramon timsollari muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo ularning ta’siriga haddan ziyod tushib qolish ham shaxsiy “men”ning rivojlanishini cheklab qo‘yadi. Sog‘lom tafakkur yosh avlodga medialarning atrofidagilarga, ularning xatti-harakati va intilishlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini to‘g‘ri anglab yetishiga yordam beradi. Shu bois, yosh jurnalist mediaqahramonlar timsolini qabul qilishda xuddi badiiy asar qahramonlarida bo‘lgani kabi ham ijobiy, ham salbiy jihatlar mavjudligini anglab yetishi zarur. Xususan, qahramonlar fe’l-atvorining mediakontentdagi talqini resipientning o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttirishi ham, aksincha, o‘zi va boshqaning timsolini o‘z nuqtai nazaridan baholash qobiliyatini yo‘qqa chiqarishi ham mumkin. Shu tufayli yosh jurnalist doimiy ravishda o‘z ijodiy “men”ini takomillashtirishi uchun tinmay mehnat qilishi talab etiladi.

    Download 37,34 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   73




    Download 37,34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijodkor yoshlar mediakontenti o‘zlikni anglash va dunyoqarashni shakllantirish omili sifatida

    Download 37,34 Mb.