|
Jamiyat hayotiga xavf soluvchi: terrorizm, ekstremizm, diniy ekstremizm, islom traditsionalizmi tushunchalarining mazmun-mohiyati
|
bet | 46/73 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 37,34 Mb. | | #248646 |
Bog'liq Media savodxonlik umk 04 09 2023 06Jamiyat hayotiga xavf soluvchi: terrorizm, ekstremizm, diniy ekstremizm, islom traditsionalizmi tushunchalarining mazmun-mohiyati. Mohiyatan terrorizm – yovuz maqsadlar yo'lida, kuch ishlatib, odamlarni garovga olish, o'ldirish, ijtimoiy obyektlarni portlatish, qo'rquv va vahimaga solishdan iborat bo'lgan xatti-harakatlarga asoslangan zo'ravonlik usuli, shuningdek, u – yuksak ma'naviy, axloqiy tamoyillarga zid ravishda yovuz, vayronkor maqsadlar yo'lida kuch, zo'ravonlik ishlatib, odamlarni garovga olish, o'ldirish, ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni portlatish, yo'q qilish, insonlarni qo'rquv va vahimaga solishga, shu bilan ularni o'z ta'sir doirasida ushlab turishga asoslangan zo'ravonlik usulini anglatuvchi atama.
Demak, terrordan yovuz niyat maqsad qilinadi, turli ko'rinishdagi kuch ishlatish ma'qullanadi va natijada, odamlar qalbiga qutqu solinadi, qo'rqitiladi hamda shu orqali ta'sir doirasida ushlab turishga intilinadi. Turli ko'rinishlarda amalga oshirilgan terror, odatda, ommaviy qurbonlar, moddiy va ma'naviy, hatto millatlarning ko'pmingyillik qadriyatlarini o'zida mujassam qilgan boyliklarning tiklab bo'lmas darajada vayron etilishiga sabab bo'ladi. Terror vakillari ilmsizdir. Ular eshitganiga ko'r-ko'rona amal qilishga moyil bo'ladi. Bu esa, tabiiyki, jamiyat uchun ham, yakka shaxs uchun ham o'ta xavflidir.
Dunyoning ko'plab mintaqalarida sodir etilayotgan qo'poruvchilik harakatlari, aql bovar qilmas qotilliklar, dahshatli jinoyatlar davom etayotir. Eng yomoni, bugungi kunda terrorchilar dinni niqob qilgan. Undan o'z manfaatlari yo'lida foydalanmoqda, buning uchun insonlarning e'tiqodi ularning zaif jihatlari sifatida baholanmoqda. Ya'ni odamlarni dinga targ'ib qilish bahonasida saflariga qo'shib olishga intilish ayniqsa kuchaygan.
Terrorizmni oldini olish yo'llari:
Birinchidan, milliy, diniy qadriyatlarimizning etno-tarixiy taraqqiyoti davomida to'plangan barcha ijobiy xususiyatlarini mujassamlashtirish, ularni qiyosiy tahlil qilgan holda natijalarini kitob, risola, maqola, mediamahsulot kabilar ko'rinishida muntazam e'lon qilib borish.
Ikkinchidan, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk siymolar merosidan unumli foydalangan holda, ularda keltirilgan yot g'oyalarga qarshi qaratilgan raddiyalarni o'rganish hamda amaliyotda foydalanishni yo'lga qo'yish.
Uchinchidan, o'zligimizni anglashning muhim jihati hisoblangan xayrli an'analarni ommaviy axborot vositalari orqali targ'ib qilish. Bunda boshqa millat vakillari urf-odat, an'ana, marosim, qadriyatlarini e'tiborga olish – ularga hurmat bilan qarash lozim.
Ekstremizm – keskin yondashuvlarga (xususan siyosatda) keskin choralarga sodiqlikni anglatuvchi, kishilarni tartibsizliklarga, fuqarolarni bo'ysunmaslikka, terrorchilik harakatlariga, partizanlik urushlariga turtki beradigan vayronkor mafkura. Demak, ekstremist – murosasiz inson. U keskin harakatlarni yoqlaydi. Bu kayfiyatdagi insonlar qandaydir ma'noda va har qanday ko'rinishdagi yon berishlar, muzokaralar va kelishuvlarni inkor qiladi, ulardan bosh tortadi.
Jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi ijtimoiy-iqtisodiy inqirozlar, buning natisjasida mamlakat aholisining aksar qismi hayot darajasidagi keskin pasayish, hukumat tomonidan muxolifat kuchlarning ta'qib ostiga olinishi, umuman, totalitar siyosiy tartibot ekstremizmning keng ko'lamda quloch yoyishiga imkon yaratadi. Bu kabi sharoitda yakka shaxslar yoki legal, nolegal tashkilotlar uchun keskin choralar ko'rish, ularning faoliyatiga chek qo'yish mavjud vaziyatga ta'sir ko'rsatishning natijador usuliga aylanadi.
Keyingi davrda ayniqsa ko'proq kuzatilayotgan rangli inqiloblar sodir bo'lsa yoki davlatda fuqarolik urushi davom etayotgan bo'lsa, «majburiy ekstremizm» hosil qilinishi mumkin. Bunday holatlarda iqtisodiy omil ikkinchi darajali hisoblanib, hokimiyat va boylik uchun kurash birlamchi hisoblanadi.
Ekstremizmning ilk ko'rinishlari o'rta asrlarga borib taqalsa ham, Yevropada u nisbatan keyinroq paydo bo'ldi. Ularga XIX asrning ikkichi yarmi – XX asrning boshlaridagi rus terrorchiligi (narodniklar, eserlar, anarxistlar), shuningdek, XX asrning 70 – 80-yillarida G'arbda keng tarqalgan so'l ekstremizmni misol tariqasida keltirish mumkin. So'l ekstremistik mafkura ko'plab ko'rinishlarga ega bo'lsa-da, umuman olganda, ularning ilgari surgan bitta qarashi bor. U ham bo'lsa, faoliyatda ayovsiz sinfiy kurashga urg'u berishdir. Masalan, G'arbiy Germaniyadagi QAF (Qizil armiya fraksiyasi) Rossiya, Xitoy va Kubaning g'olib qizil armiyalarini o'z ideali deb hisoblagan. Ularga taqlid qilgan. Vayronkor jihatlarini o'zlashtirgan.
Hozirda buzg'unchi, vayronkor hodisa sifatidagi ekstremizm nafaqat mamlakatimiz, balki butun jahon hamjamiyati uchun ham eng dolzarb va yechimini kutayotgan muammolardan biriga aylanib ulgurgan. Tarixdan ma'lumki, ekstremizm tahdidiga yetarlicha e'tibor qaratmaslik qonlar va jonlarga zomin bo'lishi mumkin. Hayotlar qurbon berildi, berilmoqda.
Ekstremizmga sabab bo'luvchi omillardan biri ayirmachilikdir. Bu ayniqsa keyingi davrlarda kuchaydi. Ayrim siyosatchi olimlarning fikricha, yadro qurilmalari misli ko'rilmagan tarzda kuchayib borayotgan globallashuv davrida halokatli bo'lib, yer yuzidagi barcha tirik mavjudot hayotiga tom ma'noda xavf soladi. Shuning uchun ham, ayirmachilik illatiga qarshi kurashish, unga barham berish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Ayirmachilikning ikki ko'rinishi bor: 1. Yaratuvchan – bunyodkor. 2. Buzg'unchi – vayronkor.
Ayirmachilikning keskin bo'lmagan shakllari yaratuvchan hodisa sifatida e'tirof etiladi. Demak, ayirmachilikning bu ikki shaklini farqlash va yaratuvchan ayirmachilikning ijobiy jihatlarini xalq orasida yoritib borish maqsadga muvofiqdir. Bunda har qanday fazilat yoki illatni o'zlashtiruvchilar, birinchi navbatda, yoshlar ekanini aslo unutmaslik lozim.
Maqsadlarga erishishda turli ko'rinishdagi zo'ravonlik usullari hech qanday ish bermaydi. Chunki ular buzg'unchilik sabablari va omillarining yanada chuqurlashishiga olib keladi. Bu esa uzoq davom etadigan adovatdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Jamiyat hayotiga xavf soluvchi: terrorizm, ekstremizm, diniy ekstremizm, islom traditsionalizmi tushunchalarining mazmun-mohiyati
|