|
O‘qilgan asar mazmunini to‘liq anglash, bilib olish uchun
o‘qituvchi topshirig‘ini bajarish
|
bet | 60/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olingan3. O‘qilgan asar mazmunini to‘liq anglash, bilib olish uchun
o‘qituvchi topshirig‘ini bajarish. Topshiriqlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
a) O‘qing va omonatga xiyonatning jazosi qandayligini aytib bering. (“Omonatga xiyonat”, IV sinf)
b) O‘qing va nima uchun hunarsiz kishi o‘limga yaqinligini tushuntirib bering. (“Hunarsiz kishi o‘limga yaqin”, IV sinf) va hok.
Ba’zan topshiriqlar turli xildagi qayta hikoyalashni talab qiladi:
a) matnning ayrim o‘rinlaridan foydalanib (ko‘chirma olib) qayta hikoyalash;
b) hikoyani bir syujet chizig‘i asosida qayta hikoyalash;
v) matnni qisqartib qayta hikoyalash;
g) matnning shaxsini o‘zgartirib kayta hikoyalash va boshq.
4. O‘qilgan matn rejasini tuzishga tayyorlanish va reja tuzish. Bunda quyidagi ish turlaridan foydalaniladi:
1) o‘qilgan matnga oid rasm chizish;
2) rasmga matndagi so‘zlar yoki o‘z so‘zi bilan sarlavha qo‘yish;
3) o‘qituvchi tomonidan tartibsiz berilgan savollardan foydalanib reja tuzish;
4) matnni qismlarga bo‘lish va har bir qismga sarlavha qo‘yish va hok.
Mustaqil ishning qanday bajarilganligini hisobga olish o‘quvchilarning tayyorlik darajasini aniqlashda va keyingi bosqichlarda mustaqil mashqni to‘g‘ri tashkil qilish uchun material tanlashda o‘qituvchiga yordam beradi.
Nazorat savollari:
1. Boshlang‘ich sinflar ona tili dasturi (o‘qish bo‘limi) va o‘qish kitoblaridan foydalanib, 1-3 sinflarda o‘qish mavzusini bеlgilang.
2. Badiiy asar ustida ishlashning sxеmatik rеjasini tuzing va uni asoslang, badiiy asar ustida ishlashning xar bir bosqichi vazifalarini ayting.
3. Matn ustida ishlash yuzasidan o‘quvchilar ko‘nikmasiga qo‘yilgan dastur talablarini tahlil qiling.
4. 1-3 sinflar “O‘qish kitobi”da bеrilgan topshiriqlarni guruhlang; o‘quvchilarda matn ustida ishlash, xususan, rеja tuzish va qayta hikoyalash ko‘nikmasini shakllantirish qay darajada amalga oshirilganini aniqlang.
5. O‘qish darslarida bolalarni g‘oyaviy-siyosiy tomondan tarbiyalash yoki o‘qish darslarida o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalash mavzusida qisqacha og‘zaki axborotga tayyorlaning.
|
| |