|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
|
bet | 61/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olinganAdabiyotlar ro‘yxati:
1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009.
2. Boshlang‘ich sinflar “O‘qish kitobi”, 2016.
3. Boshlang‘ich sinflar “O‘qish kitobi”ga yozilgan mеtodik qo‘llanmalar.
4. Zunnunov A. va boshq. Adabiyot o‘qitish metodikasi. - T.: O‘qituvchi, 1992. 160 - bet.
17-mavzu:ILMIY-OMMABOP VA LIRIK ASARLAR USTIDA ISHLASH
Reja:
1. Ilmiy-ommabop asarlarni oʻqitish metodikasi
2. Doston, topishmoq, tezaytish janridagi asarlarni oʻqitish metodikasi.
3. Maqolni oʻrganish metodikasi.
Tayanch so‘z va iboralar: ilmiy-ommabop asarlar, asosiy maqsad, tabiat, kishilar mehnati, ijtimoiy hayot, bilim berish, dalillarni kuzatish, izohli o‘qish, bolalar tajribasi, asar yuzasidan suhbat, gazeta, jurnallar, mantiqiy tafakkur.
Ilmiy-ommabop asarlarni o‘qitish mеtodikasi. Mustaqillik yillari davomida katta kuch va mablag‘ sarflanib, ta'lim sohasida moddiy-tеxnika bazasi barpo etildi va undan samarali foydalanish natijasida barkamol avlod voyaga yetmoqda. Ayniqsa, davlat ta'lim standartlari, o‘quv dasturlari va o‘quv adabiyotlarini takomillashtirish, oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimida ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini bugungi kun talablari nuqtayi nazaridan qayta ko‘rib chiqishga e’tibor qaratilayotir. Shuningdеk, o‘quv jarayoniga yangi axborot va pеdagogik tеxnologiyalarni kеng joriy etish, ta'lim-tarbiya tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish diqqat e’tiborida bo‘lgani bejiz emas.
Barcha sohalar qatori xalq ta'limi ham yangi ming yillik davriga qadam qo‘ydi. Davr ta'lim sohasiga, jumladan, boshlang‘ich ta'lim oldiga ijtimoiy hayotning hozirgi chuqur mazmuniga, talablarga javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilgan ta'lim jarayonini tashkil etish vazifasini qo‘ygan ekan, bunda ta'lim va tarbiya elеmеntlarini mujassamlashtirgan boshlang‘ich ta'lim jarayoni alohida mas’uliyatga egaligi sir emas. Bu jarayonning asosiy o‘zagini esa ona tili va o‘qish mashg‘ulotlari tashkil etishi ayon haqiqat. Ma'lumki, boshlang‘ich ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining murakkab, o‘ziga xos, shu bilan birga, mustaqil va majburiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Ta'lim tizimining har bir bosqichi kabi boshlang‘ich ta'lim DTS ta'lim mazmuni nеgizini, o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarini hamda o‘quvchilar tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablarni o‘zida ifodalaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini DTS talablari darajasida tarbiyalash, bo‘lajak o‘qituvchilarni ‘Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi’ talablari asosida yеtuk mutaxassis qilib tayyorlash bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarining dеyarli barchasida yangi matnlar ustida ish olib boriladi. Hikoya, ertak, shе'r, masal va ilmiy-ommabop asarlar ustida ishlashda o‘ziga xos tartib-tizim bolgani holda, har bir mashg‘ulotda o‘quvchilarning ongli, to‘g‘ri, ifodali, tеz va ichdan o‘qish malakalarini shakllantirish uchun muayyan usullar qo‘llanib, ularga xos ishlar mashqqa aylanib boradi.
Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga olsak, aynan shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta'sirida ma'naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo‘ladi. Bola ko‘rganlarini so‘z bilan ifodalay olsa, rasmda tasvirlay bilsa, qo‘shiq qilib kuylasa uning ongi, tafakkuri rivojlanadi, lug‘ati boyib, nutqi o‘sadi. Aqliy faoliyatni rivojlantirishda yod olish, esda saqlash, xotira va diqqatni barqarorlashtirish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun bola maktabga kеlguncha 10-15 ta shе'r, topishmoq, maqol, tеz aytishlarni yoddan bilishi maqsadga muvofiq.
Boshlang‘ich ta'limga uzoq yillar davomida asosan o‘quvchilarda o‘qish, yozish, hisoblash va hokozalarga oid elеmantar ma'lumot bеrishga va atrof olam haqidagi tasavvurlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan ta'lim sifatida qaralib kеlingan. Mustaqillik yillarida ta'limning ushbu bosqichi oldiga o‘quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish vazifasini qo‘ydi. Bola ongining rivojlanishida boshlang‘ich ta'lim eng muhim vosita hisoblanadi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchida eng avvalo, o‘qish o‘rganish istagi va ko‘nikmasi hosil bo‘lishi lozim. Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchini qiziqishlari va intilishlarini hisobga olgan holda unga yangidan yangi ma'lumotlarni taqdim etishi taqozo etiladi. O‘zbеkistonimizning taraqqiyot yo‘li faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlardangina emas, balki jamiyat ma'naviyatini yuksaltirishga bogliq edi. Shunga ko‘ra yurtboshimiz bu borada ma'naviyatni shakllantirishda ta'limning ustuvorligiga e'tibor bеrdi va O‘zbеkistonda ta'lim sifatini oshirish uchun sharoit yaratish zarurligini alohida ta'kidlab o‘tdi. Zotan, mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk ma'anviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat bеrib kеlinmoqda.
Mustaqillikdan so‘ng “O‘qish kitobi” darsliklari tubdan tahrir qilindi. Undan milliy hayotimizni, e’tiqod va tushunchalarimizni, urf-odatlarimizni, ruhiyatimiz va asriy orzu- istaklarimizni namoyon etuvchi ma’naviy yuksak asarlar o‘rin oldi. Zotan, boshlang‘ich sinf o‘qish kitoblari shiddat bilan rivojlanayotgan, uzluksiz taraqqiy etib borayotgan yangi – uchinchi ming yillik o‘quvchisining talab va ehtiyojlariga monand tobora takomillashib bormoqda. Xususan, 3-sinf o‘qish kitobi matnlar va ilmiy-ommabop namunalarning mavzu-mundarijasi, dolzarb ahamiyati, ulug‘ ajdodlarimiz hamda buyuk mutafakkirlar hayotining keng yoritilishi diqqatga sazovor. Dilfuza Kamoljonovaning “Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin” ilmiy-ommabop asarlarida mustaqillik tushunchasi va hodisasiga ixcham ta’rif berilgan: “Mustaqillik–bu avlod-ajdodlarimiz ko‘p yillar osha kutgan erkinlik, hurlik degani. Mustaqillik–bu erkin fikrlash, mustaqil harakat qilishdir.” O‘quvchilarga tarixiy 1991 yil, 31-avgust sanasi haqida, Mustaqillik kuni va uning umumxalq bayrami sifatida nishonlanishi uqdirilgach, uning mohiyati anglatiladi. “Yurt mustaqil bo‘lishi uchun o‘zining davlat ramzlari–bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, maydoni, mustahkam chegaralari, armiyasi bo‘lishi kerak.” Shu tariqa, O‘zbekiston shunday mustaqil davlat ekanligi, uni dunyo tan olgani, o‘z o‘rni, obro‘-e’tiborga egaligi matn nihoyasida ayon bo‘ladi.
Muhabbat Hamidovaning “Ona-Vatan” ilmiy-ommabop asarlari o‘z mavzusi bilan ajralib turadi. Unda O‘zbekistonning bugungi qiyofasi, o‘zgarishlar, yangi qad ko‘targan muhtasham binolar, Asaka shahridagi ulkan avtomobil zavodi va u yerdan chiqayotgan turli rusumdagi masalan, “Matiz”, “Damas”, “Neksiya”, “Lasetti”, “Epika”, “Kaptiva” kabi yengil avtomobillar, samarqanddagi SamAvto zavodidan esa mikroavtobuslar ishlab chiqarilishi sanab o‘tilgan. Umuman, maqolada, avvalo Vatan saxovati va uning ona kabi muqaddasligi ta’rif-tavsif etiladi.
Shunga o‘xshash, M.Ibrohimovaning “Zamonaviy oila” (116-b), E.Malikovning “Unutilmas bayram” (119-b) ilmiy-ommabop asarlar davr nafasini o‘zida yorqin aks ettira olgani bilan e’tiborli. “Zamonaviy oila” maqolasi “Mustahkam oila yili” davlat dasturiga hamohang. Bunda yurtboshimiz I.A.Karimovning “Oila sog‘lom ekan–jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan–mamlakat barqarordir”,–degan da’vatkor shiori namuna qilib berilgan. Maqolada tilga olingan Behruzlarning oilasi chindan ham zamonaviy–kelajak taraqqiyotiga xizmat qila oladi. Oilada kutubxona bo‘lishi, kitob o‘qish oila a’zolarining sevimli mashg‘uloti ekani, kichkintoy Behruzning akasi o‘zbek tilidan tashqari yana rus, ingliz, xitoy va fransuz tillarini bilishi, opasi esa o‘z rasmlari bilan Yevropa mamlakatlarida ko‘rgazmalar tashkil etgani–chindan havas qilgulik. Oiladagi ma’naviy tarbiya bolalarning yurtboshimiz orzu qilganidek, hech kimdan kam bo‘lmagan yoshlar bo‘lib yetishishi hamda ertangi kun egasi ekani maqolada o‘z ifodasini topa olgan.
“Unutilmas bayram” maqolasi o‘z mavzusiga ko‘ra boshlang‘ich sinf o‘qish kitoblarida deyarli kuzatilmagan hodisalardan. Unda nogiron bolalar hayotidan hikoya qilinib, bir umr nogironlik aravachasiga mixlangan, yoki, qaysidir a’zosi nogiron bo‘lgan bolalarga ulashilgan quvonchning juda katta ijobiy ta’siri xususida so‘z boradi. Bunday maqolalar, kattalarni ogohlikka, bolalar orasida ko‘proq bo‘lishga undasa, bolalarni sog‘ligining qadriga yetish, bilim olish, hunar o‘rganishdan charchamaslikka da’vat etadi.
Shunga o‘xshash, 3-sinf o‘qish kitobining “Ulug‘lardan o‘rganmoq–oqillik” deb nomlanuvchi 8-bo‘limda o‘quvchilarni o‘tmishda yashab, xalqi va Vatani uchun, ma’rifat rivoji uchun xizmat qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan allomalarning bolaliklari, yoshlikdagi qiziqishlari, jasoratlari to‘g‘risida fikr yuritilgan. Umuman, darslikda 18 ta ilmiy –ommabop maqolaning berilishi bu o‘qish kitobining alohida xususiyati hisoblanadi. Muhimi, ularning ko‘pchiligi alohida turkumlarni tashkil qiladi. Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug‘ siymolar amalga oshirgan ishlar, tarixiy sanalar to‘g‘risida bilim beradi. O‘qish darsliklaridan o‘rin olgan Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi matnlar o‘quvchilarni nafaqat o‘tmishimiz bilan tanishtiradi, balki ularning vatan oldidagi farzandlik burchi va mas’uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. O‘quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg‘usi shu tariqa shakllanadi. Tarixiy mavzuda, Vatanimiz o‘tmishi haqida yozilgan ilmiy-ommabop asarlar bilan tanishtirish va ularni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar o‘tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo‘ladilar. Jamiyat taraqqiyoti haqida qisqacha bo‘lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Aslida ham xalq ma’naviy dunyosining shakllanishida ulug‘ allomalar, yozuvchi, shoirlar ta’siri katta. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchining kеlajakdagi taraqqiyotini bеlgilab bеruvchi ruhiy, ta'limiy-tarbiyaviy asos yaratiladi. Bunda ilmiy-ommabop asarlarning o‘z o‘rni bor. O‘quvchilar bunday maqolalar orqali ilmiy ma’lumotlardan voqif bo‘lish bilan birga, tarixiy davrning muhim hodisalari to‘g‘risada mushohada yuritishga ko‘nikma hosil qiladilar. Prezidentimiz istiqlolning dastlabki yillaridayoq “Tarixiy xotirasiz–kelajak yo‘q”-deya yosh avlodlarni tarixni o‘rganishga da’vat etgan edilar. Bu ta’lim tizimidagi islohotlarda ham namoyon bo‘la bordi. Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘qish kitoblarining yangi avlodini yaratishda tarixiy mavzularga alohida e’tibor qaratildi.
Boshlang‘ich sinflarda ilmiy-ommabop asarlarni o‘qitishdan asosiy maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayot haqida muayyan bilim berish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga o‘rgatishdan iborat.
Tabiatshunoslikka oid va tarixiy mavzudagi ilmiy-ommabop asarlarni o‘qib o‘rganishda tabiat hodisalarini kuzatish (masalan, daraxt kurtaklarining bo‘rtishi), o‘quvchilarni dehqonlar mehnati bilan tanishtirish, mamlakatimizda yuz bergan o‘zgarishlarning guvohi va ishtirokchilari bo‘lgan insonlar bilan uchrashuvlar uyushtirish maqsadga muvofiq.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi asarlar Vatanimiz o‘tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug‘ siymolar amalga oshirgan ishlar, tarixiy sanalar to‘g‘risida bilim beradi. O‘qish darsliklaridan o‘rin olgan Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi matnlar o‘quvchilarni nafaqat o‘tmishimiz bilan tanishtiradi, balki ularning Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas’uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. O‘quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg‘usi shu tariqa shakllanadi.
Vatanimiz o‘tmishi haqida hikoya qilingan ilmiy-ommabop asarlar bilan tanishtirish va ularni tahlil qilish jarayonida o‘quvchilar o‘tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo‘ladilar. Jamiyat taraqqiyoti haqida qisqacha bo‘lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada, ayniqsa, milliy istiqlol bilan bog‘liq mavzudagi asarlar tahliliga alohida e ’tibor berish zarur.
1-sinf dasturida o‘qish bilan bog‘liq holda kuzatish, sayohat darslari mo‘ljallanadi. Masalan, yil fasllarida mavsumiy tabiat hodisalari (ob-havoning o‘zgarishi, o‘simlik va hayvonlarning hayoti)ni, shuningdek, dala mehnatini kuzatish uchun tabiatga (dala, bog‘, xiyobonlarga) sayohat uyushtirish ko‘zda tutiladi. Sayohatda tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar va kishilarning mehnati yuzasidan bolalarning nisbatan uzoq kuzatishlari uyushtiriladi.
Bunday darslarda ko‘rgazma sifatida o ‘quv kinofilmlaridan ham foydalanish mumkin.
Tarixiy mavzudagi ilmiy-ommabop asarlarni unga mos rasmlar bilan bog‘lab o‘qitish kishilarning baxtli hayot uchun intilishlari, ota-bobolarimizning dushmanlardan Vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib yetishga yordam beradi; o‘quvchilar mehnat hayotning asosi ekanligini, insonlar turmushi mehnat tufayli rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar.
Dasturga ko‘ra 2-sinf o‘quvchilari ,,Toshkent“ , „Toshkent metrosi’ mavzusidagi ilmiy-ommabop asarlarni, 4-sinfda esa „Mangulikka tatigulik kun“ (Safar Barnoyev) asarini o‘qish orqali o‘tmish ajdodlarimiz, ularning xizmati, vatanimizning hozirgi taraqqiyoti haqida bilib oladilar. Bu maqolalar xalqimizning hayoti, mehnati va kurashi haqida yangi bilim berish bilan birga, bolalami Vatanga, xalqqa, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalaydi.
Ilmiy-ommabop asarlarni izohli o‘qish darsini uyushtirishda quyidagicha reja asos qilib olinishi mumkin:
1. O‘qiladigan matn yuzasidan bolalar tajribasi va bilimini aniqlash, ularni matn mazmunini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy suhbat o‘tkazish.
2. Asarni yoki uning ma’lum bir qismini o‘qish, o‘quvchiga notanish bo‘lgan so‘zlar ma’nosi ustida ishlash.
3. Asar rejasini tuzish.
4. O‘qilgan maqola yuzasidan suhbat uyushtirish.
5. Matnning asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yoritish.
6. Reja asosida maqolani qayta o‘qish.
7. Maqolani yaxlit o‘qish. Bunda bolalarni qayta hikoyalashga tayyorlash va maqola mazmunini yaxshi o‘zlashtirishlariga erishish maqsadi ko‘zda tutiladi.
8. Reja asosida qayta hikoyalash.
9. Xulosalash va umumlashtirish.
Ilmiy-ommabop asarlarni uzviy birlikda o‘rganish o‘quvchilarning har bir mavzuda bayon etilgan tarixiy-adabiy hodisalarni, ular o‘rtasidagi umumiylikni, har bir davrga ega xususiyatlami anglab olishlarini ta’minlaydi. Ular bolalarni kelgusida gazeta va jurnallarni o‘qishga tayyorlaydi, ijtimoiy-siyosiy, tabiatshunoslik atamalarini o‘zlashtirishga yordam beradi, ularning mantiqiy tafakkurini va nutqini o‘stiradi.
|
| |