|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
|
bet | 69/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olinganO’qituvchi: Talabalarni yangi mavzu bilan tanishtiradi;
Mazkur mavzu bo’yicha bilgan bilimlarini hoxlagan tushuncha va ma’lumotlarini yozma ravishda bayon etishlari talabalardan so’raydi;
- Quyidagi sxema asosida ishlashlarini taklif etadi;
Bilaman
|
Bilishni xohlayman
|
Bilib oldim
|
|
|
|
Uchinchi, ya’ni bilib oldim bo’limini bo’sh qoldiriladi;
-Belgilangan vaqt yakunlangach talabalar yozgan fikr mulohazalarini o’qib eshittiradi;
-Ularni tiglab, mavzuning talabalar uchun o’rganilmagan jihatlarini tushuntirib yoritib beradi;
-Mashg’ulot yakunida “Bilib” oldim bo’limini to’ldirishlarini so’raydi va bo’limni xohlagan, bilib olgan ma’lumotlarini taqqoslashni uyga vazifa tarzida beradi.
Talaba: Hamma topshiriqlarni qabul qiladi va bajaradi;
-Nimaniki o’ylagan bo’lsa, shuni qag’ozga yozadi;
-Berilgan mavzu bo’yicha bilgan va bilmagan jihatlarini tahlil qiladi;
-Mustaqil ijodiy ishlaydi.
Kutiladigan natija: Talabalar mavzu yuzasidan zaruriy bilimlarni o’zlashtiradi, kursning mohiyati haqida tasavvurga ega bo’ladi.
“Aqliy hujum” metodini o’tkazish bosqichlari
O’qituvchi: Muammoni aniqlaydi.
1.Talabalarning o’zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratish;
2.Bildirilayotgan g’oyalarni ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish;
3. Qog’oz varaqalari g’oyalar bilan to’lgandan so’ng ularning yozuv taxtasiga osib qo’yish;
4. Bildirilgan fikrlarni yangi g’oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash;
5. Boshqalar tomonidan bildirilgan fikrlar ustidan kulish, kinoyali sharxlarning bildirilishiga yo’l qo’ymaslik;
7. Yangi g’oyalarni bildirish davom etayotgan ekan, muammoning yagona to’g’ri yechimini aytishga shoshmaslik;
8. Talabalar tomonidan bildirilayotgan xar qanday g’oya baholanmaydi;
9. Talabalarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlari uchun qulay muhit yaratiladi;
10. G’oyalarning turlicha va ko’p miqdorda bo’lishiga ahamiyat qaratiladi;
11. Boshqalar tomonidan bildirilgan fikrlarni yodda saqlash, ularning fikrlariga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning talabalar tomonidan sodir etilishiga erishiladi.
Talaba: O’qituvchi tomonidan yaratilgan shart-sharoitlarga amal qilgan holda berilgan vazifani mustaqil bajaradi. Kerakli natijani qo’lga kiritadi.
|
| |