|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
|
bet | 77/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olinganNazorat uchun savollar:
1. Mustaqil ta’limni qanday shaklda tashkil etiladi?
Talabalar mustaqil ishini nechaga ajratish mumkin?
3. Musrtaqil ta’lim turlari haqida ma’lumot bering.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Jumayev M. ”Matematika o`qitish metodikasi”. (OO`Y uchun darslik.) Toshkent. “Turon-Iqbol”, 2016-yil.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2014. -46 b.
Maktab matematika darsliklari. 2020-yil.
http://www.ziyonet.uz/.
21-mavzu. KURS ISHI, BITIRUV MALAKAVIY ISHNI YOZISH TARTIBI
Reja:
1. Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlar maqsadi va vazifalari.
2. Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlarga qo‘yilgan ilmiy, metodik va texnik talablar. Kurs ishi, bitiruv malakaviy ish himoyasi.
3. Taqdimotlarni tayyorlashda uchun zarur metodik va texnik talablar.
Tayanch so‘z va iboralar: ta’lim, kredit, modul, mutaxassislik, o‘quv faoliyat, mustaqil ta’lim, topshiriqlar, referat, slayd.
Kurs ishi — oliy oʻquv yurtlari talabalari tomonidan oʻquv rejasidagi umumkasbiy va maxsus fanlar boʻyicha bajariladigan mustaqil ish. Kurs ishi professional oʻqituvchilar rahbarligida talabalarda toʻplangan nazariy bilimdan muayyan masalani yechishda mustaqil foydalanish koʻnikmasini yoki mavzuni chuqur oʻrganish maqsadida bajariladi. Kurs ishi, odatda, quyi kurslarda referativ, yuqori kurslarda grafikaviy-hisoblash ishlari sifatida oʻtkaziladi. Kurs ishi mavzusi oliy oʻquv yurtlari kafedralarida ishlab chiqiladi va himoya qilinadi.
Oliy ta‘lim bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalar amaldagi namunaviy va ishchi o‘quv rejalar asosida belgilangan fanlardan kurs ishi tayyorlashlari va himoya etishlari ko‘zda tutilgan.
Kurs ishini yozish va himoya qilish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Mavzu tanlash.
2. Foydalanish uchun zarur bo‘lgan bosma va electron adabiyotlarni izlab topish va ularning ro‘yxatini tuzish.
3. Kerakli hujjatlar asosida ma‘lumotlarni tayyorlash va yig‘ish.
4. Kurs ishi rejasini tuzish.
5. Rejaga mos bo‘lgan savollarni batafsil o‘rganish ma‘lumotlarni tahlil qilish.
6. Olgan bilim va ko‘nikmalarini o‘rganish va tahlil natijasida batafsil, mantiqan to‘g‘ri bayon qilish.
7. Kurs ishida keltirilgan ma‘lumotlarni keng va tushunarli tahlil qilish.
8. Ilmiy rahbar tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va takliflarni e‘tiborga olish.
9. Kurs ishini to‘g‘ri rasmiylashtirish.
10. Kurs ishini himoya qilish.
Kurs ishi yozishdagi asosiy masalalardan biri, talabalar tomonidan uning mavzusini to‘g‘ri tanlashdir. Fanlardan yoziladigan kurs ishi mavzusi ham talabalar tomonidan fan o‘qituvchisi yoki kafedra tomonidan avvaldan taqdim etilgan mavzular ro‘yxatidan tanlanadi.
Talabalarning tanlagan mavzulari bir xil bo‘lib qolmasligi lozim. Talabalarning mavzu tanlash imkoniyati keng bo‘ishi ko‘zda tutilgan talabalar soniga nisbatan ikki barobar ko‘p bo‘lishi tavsiya etiladi.
Kurs ishi mavzulari ro‘yxati har yili kafedra tomonidan yangi va dolzarb muammolarni yoritishga asos bo‘ladigan mavzular bilan yangilanib turilishi va o‘quv yilining 1 oktyabriga qadar tanishish uchun talabalarga berilishi kerak.
Talabalar mavzu tanlashda o‘qituvchilar bilan maslahatlashishlari mumkin. U ro‘yxatdagi mavzulardan xohlaganini tanlash huquqiga ega. Bundan tashqari, talaba kurs ishi mavzulari ro‘yxatida bo‘lmagan, lekin real fan yuzasidan muammolarini ochishda muhim ahamiyat kasb etgan mavzularni taklif qilishi mumkin.
Har bir talaba bitta mavzu tanlash huquqiga ega. Mavzu tanlangandan so‘ng, kurs ishi yozish masalasida albatta ilmiy rahbar bilan maslahatlashib olish kerak.
Kurs ishi bajarishda talabaning darslik, o‘quv qo‘llanma, ilmiyamaliy jurnallar, ommaviy gazetalar, me‘yoriy-huquqiy hujjatlar va internet saytlari bilan tanishishi tavsiya qilinadi. Bunda Prezidentimizning Farmon va Qarorlari, asarlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Hukumat qarorlarini va boshqa me‘yoriy hujjatlarni alohida o‘rganib chiqish maqsadga muvofiqdir. Ushbu ma‘lumotlar bilan vazirlik va davlat idoralarining «www.lex.uz« va «www.gov.uz« kabi maxsus saytlardan foydalangan holda ham tanishish mumkin.
Talaba o‘zi tanlagan mavzuga mos adabiyotlar bilan tanishib chiqqandan so‘ng, uni o‘rganishni boshlashi kerak. Buning uchun mavzuga oid adabiyotlarni yig‘ib bo‘lib, ulardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Kurs ishi yozishda adabiyotlardan foydalanish ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich - kurs ishi mavzusini tanlashda va rejasini tuzishda adabiyotlardan foydalanish bo‘lsa, ikkinchisi - kurs ishini yozish davomida adabiyotlardan foydalanishdir. Umuman olganda, adabiyotlardan foydalanishning ikkala bosqichi ham bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanib ketadi.
Kurs ishi mavzusini tanlash va rejasini tuzishda adabiyotlardan foydalanish juda katta ahamiyat kasb etadi. Tanlangan mavzuni qanchalik dolzarbligi, muammoli ekanligini talaba, albatta, kerakli kitob, jurnal, internet saytlari va boshqa manbalar orqali bilishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, ushbu mavzu bo‘yicha reja tuzishda, uning ahamiyatliligi, xuquqiy asoslari etarliligi, dolzarbligi, muammoliligi va ularni bartaraf etish mumkinligini ilmiy, nazariy va amaliy adabiyotlardan foydalangan holda o‘rganib chiqadi.
Kurs ishini yozishda mavzuga oid adabiyotlarni chuqurroq o‘rganishga va ularni tahlil qilish hamda ulardagi mavzuga oid fikrlarni solishtirish jarayonida, ma‘lum fikrlarni yoqlashni va ba‘zilarini inkor qilishni hamda mavzuga oid muammolarni bartaraf etishda qaysi adabiyotda keltirilgan fikrlar maqsadga muvofiqligini aniq ta‘kidlab o‘tish kerak bo‘ladi. Adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni kurs ishida aniq va ravon keltirish lozim. Shuningdek, talaba kurs ishi materiallarini tahlil qilishda e‘lon qilingan statistik ma‘lumotlardan keng foydalanishi kerak. Kurs ishi materiallarini tahlil qilish va uning mazmunli bo‘lishida statistik ma‘lumotlar katta ahamiyatga ega.
Kurs ishining umumiy hajmi qo‘l yozmada va elektron ko‘rinishda 30-35 varaqdan kam bo‘lmasligi kerak. Ilovalar ko‘rsatilgan hajmga kirmaydi. Titul varag‘i belgilangan shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
Mundarija kurs ishi tuzilishini belgilab beruvchi qism bo‘lib, kurs ishini boshlanish qismida keltiriladi va unda kurs ishi tarkibida bo‘lishi lozim bo‘lgan qismlar, ya‘ni kirish. asosiy qism savollari, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, xulosa va ilovalar ko‘rsatiladi.
Talaba mavzu bo‘yicha reja tuzish uchun avvalo unga mos adabiyotlarni o‘rganishi kerak. Tuzilgan reja bo‘yicha kurs ishini yozish tartibi tushuntirib beriladi.
Kirish qismi - kurs ishining boshlang‘ich qismi bo‘lib, ishning asosiy mazmuni bayon qiladi. Unda kurs ishi mavzusining dolzarbligi asoslanadi, izlanishning maqsadi va vazifalari, izlanish ob‘ekti, predmeti hamda mavzuning ahamiyati va mohiyati ochib beriladi. Shu bilan birga, kurs ishi yozish uchun asos bo‘lgan amaliy ma‘lumotlar manbalari aks ettiriladi.
Mavzuning dolzarbligini yoritish barcha ilmiy ishlarda majburiy talabdir. Muallif mavzuni tanlar ekan uning ilmiy salohiyati va kasbiy tayyorgarligi albatta bu mavzuning mazmunini to‘liq tushuntirib berishga va uning ilmiy-amaliy ahamiyatini ko‘rsatib berishga etarli bo‘lishi lozim. Kurs ishi mavzusining dolzarbligini yoritishda quruq nazariy va ilmiy asoslanmagan gaplardan imkon qadar qochishga harakat qilish lozim. Mavzuning dolzarbligini ko‘rsatuvchi asosiy jihat va to‘liq bir sahifada ko‘rsatish etarli bo‘ladi.
Mavzuning dolzarbligini asoslashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlaridan, ma‘ruzalaridan va etuk iqtisodchi olimlar asarlaridan o‘rinli foydalanish talab etiladi Mavzuning dolzarbligi asoslab berilganidan so‘ng, tadqiqotning maqsadidan kelib chiqib, ushbu maqsadga erishish uchun aniq vazifalarni (3-5 ta vazifalarni) belgilab olish kerak bo‘ladi.
Bular odatda quyidacha ifodalanadi:
•o‘rganish;
• ochish;
• tasvirlash;
• belgilash;
• aniqlash:
•uslubiy ishlab chiqish:
• tayyorlash.
Kurs ishini bajarish chog‘ida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar doirasida tadqiqotlarni amalga oshirish, pirovardida kurs ishini bajarishdan ko‘zlangan maqsadga erishilishini ta‘minlaydi.
Kurs ishining kirish qismida mahalliy va xorijiy olimlar va mutaxassislarning mazkur kurs ishi mavzusi doirasida olib borgan va olib borayotgan ilmiy izlanishlari ustida qisqacha to‘xtalib o‘tish, kurs ishi ilmiy ahamiyatining ortishiga olib keladi. Kurs ishining kirish qismi ko‘pi bilan 2-3 varaq hajmda bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Kirish qismdan so‘ng, asosiy qism keladi, ya‘ni u bir nechta savollardan iborat bo‘lib, bunda tanlangan kurs ishi mavzusining mazmun va mohiyati batafsil ochib beriladi. Kurs ishining har bir bo‘limi olim va mutaxassislarning mavzuga doir ilmiy xulosalari, davlat va mahalliy hokimiyat idoralarining sohaga oid me‘yoriy hujjatlari va ko‘rsatmalari asosida yoritilishi talab etiladi. Kurs ishida ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki boshqa mualliflarning (ilmiy ma‘ruzalar va maqolalari, hisob-grafika ishlari va loyihalari, albatta, nomlari ko‘rsatilgan holda) ishlari aks ettirilishi yoki ulardan foydalanish mumkin.
|
| |