• Referat tayyorlash.
  • Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash.
  • Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish




    Download 8,11 Mb.
    bet73/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish. Fanning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan aloxida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savodlarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko‘rsatish lozim.
    Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‘zlashtirish qiyin bo‘lsa, savollar paydo bo‘lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) o‘qituvchidan maslahatlar oladilar.
    Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha tayyorlangan topshiriq fan o‘qituvchisi tomonidan (talaba navbattagi topshiqni bajargunga qadar) tekshirib baholanadi.
    Referat tayyorlash. Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo‘lgan biror mavzu bo‘yicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari va k.h.) foydalanib materiallar yig‘adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo‘yicha imkon darajasida to‘liq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zarur hollarda o‘qituvchidan maslaxat va ko‘rsatmalar oladi.
    Yakunlangan referat fan o‘qituvchisi tomonidan (talaba navbattagi topshiqni bajargunga qadar) tekshirib baholanadi.
    Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o‘zlashtirish uchun yordam beradigan ko‘rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar, grafiklar, namunalar, musiqiy asar, kichik badiiy asar va h.k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o‘qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko‘rsatmalar, yo‘l-yoriqlar beriladi. Ko‘rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo‘yicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin.
    Talaba ko‘rgazmali materiallardan foydalanish bo‘yicha yozma ravishda tavsiyalar tayyorlaydi va fan o‘qituvchisi tomonidan (talaba navbattagi topshiqni bajargunga qadar) tekshirib baholanadi.

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   165




    Download 8,11 Mb.