|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
|
bet | 72/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olinganNazorat savollari:
Fanga doirasida adabiyotlarni topish, saralash, saqlash, qayta ishlashtartibi nimalardan iborat?
Ilmiy ishlarda havolalar va snoskalar berish, internet ma’lumotlaridan qanday tartibda to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Tezis va maqolalar (IMRAT) tahlili nimalarni o‘z ichiga oladi?
Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari, o‘quv qo‘llanma hamda darsliklar, monografiyalarni tahlili nimalardan iborat?
Foydalanilgan adabiyotlar:
Jumayev M. ”Matematika o`qitish metodikasi”. (OO`Y uchun darslik.) Toshkent. “Turon-Iqbol”, 2016-yil
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2014. -46 b.
Maktab matematika darsliklari. 2020-yil
http://www.ziyonet.uz/
20-mavzu: MUSTAQIL TA’LIM, UNING TURLARI VA BAJARILISHI
Reja:
Mustaqil ta’limning maqsadi, vazifasi.
Mustaqil ta’lim turlari.
Mustaqil ta’lim natijalarini baholash.
Tayanch so‘z va iboralar: ta’lim, kredit, modul, mutaxassislik, o‘quv faoliyat, mustaqil ta’lim, topshiriqlar, referat, slayd.
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni.
Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad, professor-o‘qituvchilarning bevosita rahbarligi va nazorati ostida talaballarni semestr davomida fanlarni uzluksiz o`rganishini tashkil etish, olingan bilim, ko`nikmalarini chuqur o`rganib mustahkamlash, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko`rish, aqliy mehnat madaniyati, yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabul qilishni shakllantirishdan iborat. Mustaqil ishga mo‘ljallangan mavzular va topshiriqlartalabaning mustaqil ishini tashkil etish bo‘yicha kafedrada ishlab chiqilgan vamuntazam yangilanib boradigan uslubiy qo‘llanmalarda keng yoritilgan. Mustaqil ishlar referat, slayd, vaziyatli masalalar, test, internet ma’lumotlari ko‘rinishlarida bajariladi.
Dasturning informatsion metodik ta’minoti
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy ilg‘or interfaol usullaridan, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining prezentatsiya (taqdimot) texnologiyalaridan foydalaniladi. Amaliy mashg‘ulotlarda texnikalardan keng foydalaniladi.
Mustaqil ta’lim – muayyan fan dan o‘quv dasturida belgilangan hamda o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishni,o‘zlashtirish darajasini amalga oshiriladigan ta`lim shakllaridan bo‘lib, o‘qituvchi maslahati va tavsiyalari, bilimlar taqsimotiga tayyorgarligi asosida sinfdan tashqarida bajariladi. Ushbu maqolad amustaqil ta’limni tashkil etish yo‘llari haqidagi ma’lumotlar jamlangan bo‘lib, bugungi kunda mavjud materiallar asosida shakllantirilgan.
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi.
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘qishga o‘rgatish, bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Talaba mustaqil ish (TMI) - muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
O‘qishning boshlang‘ich bosqichlarida TMIni tashkil etish bir qator vazifalar bilan bog‘liq. Ayniqsa, birinchi kurs talabalarining ta’limning navbatdagi turi-oliy ta’lim talablariga ko‘nikishi qiyin kechadi. Chunki ular ta’lim olish jarayonida o‘z mustaqil faoliyatlarini tashkil qilishni deyarli bilishmaydi. Ma’lumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni taxlil qilish va zarurlarini ajratib olib tartibga solish konspektlashtirish, o‘z fikrini aniq va yorqin ifodalash, o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash ular uchun katta muammo bo‘ladi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta’lim olishga ruxan tayyor bo‘lishmaydi.
Shuning uchun har bir professor-o‘qituvchi dastlab talabada o‘z qobilyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg‘otishi, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma- bosqich mustaqil bilim olishni to‘g‘ri tashkil qilishga o‘rgatib borishi lozim bo‘ladi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda o‘zlashtiriladigan bilim va ko‘nikmalarning kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur, Shunda mustaqil ta’limga ko‘nika boshlagan talaba faqat o‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o‘zining ehtiyoji, qiziqishi va qobilyatiga qarab, o‘zi zarur deb hisoblagan qo‘shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o‘zlashtirishga o‘rganib boradi.
Talabalar mustaqil ishlarining shakli va xajmini belgilashda quyidagi jihatlar e’tiborga olinishi lozim:
- o‘qish bosqichi;
- muayyan fanning o‘ziga xos xususiyati va o‘zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi;
- talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi);
- fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi;
- talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi;
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan-semestrga ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga muvofiq ravishda o‘zgarib, oshib borishi lozim. Yani, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishga o‘rgatib borish kerak bo‘ladi.
TMIni tashkil etishda talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:
• fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash;
• amaliy, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish;
• ma’lum mavzu bo‘yicha referat tayyorlash;
• kurs ishi (loyihalari)ni bajarish;
• bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar to‘plash;
• hisob-kitob va grafik ishlarni bajarish;
• maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash;
• amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali savaollar va topshiriqlar tayyorlash;
• ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash;
• amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash;
• uy vazifalarini bajarish va boshqalar;
Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta o‘ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarning auditoriya mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to‘ldirishga xizmat qilishi kerak.
|
| |