• Tayanch so‘z va iboralar
  • -mavzu: Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish umumiy metodikasi




    Download 8,11 Mb.
    bet80/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    22-mavzu: Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish umumiy metodikasi
    REJA:
    1. Boshlang‘ich matematika o‘qitish metodikasining predmeti.
    2. O‘qitishning maqsadlari, mazmuni, metodlari, formalar,i vositalari orasidagi uzviylik.
    3. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan ekanligi.
    4. Boshlang‘ich sinf matematikasining mazmuni, tuzilishi.


    Tayanch so‘z va iboralar: ta’lim, kredit, modul, mutaxassislik, o‘quv faoliyat, matematika, metodika, fan, o‘qitish.
    Mamlakatimizda inson kapitaliga yo‘naltirilayotgan investitsiyalarning yildan-yilga o‘sib borishi, axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadallik bilan rivojlanayotgan, globallashuv, dunyo bozorida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir davrda, demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash muhim omil bo‘lmoqda.
    Jamiyatning, axborot muhitining va mehnat bozoridagi holatning jadal rivojlanishi natijasida reproduktiv ta’lim tizimi davr talabiga javob bermay qoldi. Bu esa matematikani o‘qitishning yangicha yondashuvlarini ishlab chiqilishini talab qilmoqda. Faqat bilim olishga yo‘naltirilgan ta’lim o‘tgan zamonda qolmoqda.
    Vatanimizning gullab-yashnashi, barqaror rivojlanishi ma’lum bir darajada yoshlarning chuqur bilimga, mustahkam ishonch-e’tiqodga va, umuman, komil inson bo‘lishlariga bog‘liq.
    Bu haqda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday deb ta’kidlagan: «Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘la oladigan, bilimli, ma’rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamlarni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bo‘lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko‘radi. O‘z fikr-o‘yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo‘ladi»9.
    Jamiyatimiz oldida vujudga kelayotgan muammolarni hal etishga faol kirisha oladigan, sharoitni yaxshi tushunadigan, keng qamrovli fikrlaydigan, hayotda uchraydigan kundalik va kasbiy muammolarni tushunadigan, tahlil qila oladigan, taqqoslay oladigan, amaliy hal eta oladigan insonlarga bo‘lgan talab qo‘yilmoqda.
    Barchamizga ma’lumki, matematika fani insonning aqlini o‘stiradi, uning diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan (rivojlantirilgan) maqsadga erishish uchun o‘zida qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, o‘zidagi algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va eng muhimi uning tafakkuri kengayadi.
    Birinchi Prezidentimiz juda o‘rinli ta’kidlab o‘tganlaridek, «chuqur tahlil, mantiqqa asoslanmagan fikr odamlarni chalg‘itadi. Faqat bahs-munozara, tahlil mevasi bo‘lgan xulosalargina bizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi mumkin»1
    Demak, zamonaviy inson mustaqil qaror qabul qila oladigan, jamoada ishlay oladigan, tashabbuskor, yangiliklarga moslasha oladigan, mashaqqatli va asabiy xolatlarga chidamli, bu xolatlardan chiqa oladigan bo‘lishi kerak. Hamma bunday sifatlarni matematika ta’limida kompetentsiyaviy yondoshuvdan foydalanish asosida erishish mumkin.
    Bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan davlatlarda kompetentsiyaviy yondoshuv ta’lim mazmunini modernizatsiya qilib, yangicha o‘qitish yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bu davlatlardagi umumiy ta’limning yangicha mazmunining asosini o‘quvchilarning tayanch kompetentsiyalarini hosil qilish va rivojlantirish tashkil etadi.
    Ta’limga kompetentsiyaviy yondoshuv eskirib qolgan “bilim, ko‘nikma va malakani o‘zlashtirish” kontseptsiyasiga qarshi o‘laroq, kasbiy, shaxsiy va jamiyatdagi kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan turli ko‘rinishdagi malakalarni o‘quvchilar tomonidan egallashni nazarda tutadi. SHunday qilib, kompetentsiyaviy yondoshuvda matematik ta’limning asosini amaliy, tadbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishga qaratiladi.
    Bundan tashqari, tuzilayotgan ta’lim standartlari o‘quvchilarning oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishlari, turli kasb egalari bo‘lishlari va har tomonlama faol fuqaro bo‘lishlari uchun zarur bo‘ladigan sifatlarni aks ettirishi kerak.
    Mamlakatim.izning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan dunyoda raqobatbardosh bo‘lishi fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi, bu esa O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga matematikani o‘rgatish bo‘yicha xalqaro standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi.
    Standart loyihasi tuzilishda quyidagi umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlardan foydalanildi:
    1) Yevropa Kengashining “Uzluksiz ta’lim uchun tayanch kompetentsiyalar – umumevropa standartlari strukturasi” to‘g‘risidagi hujjati («Key competences for lifelong learning — a European Reference Framework»)
    2) Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (Organisation for Economic Cooperation and Development (OECD)) Xalqaro o‘quvchilarni baholash Dasturi (Programme for International Student Assessment (PISA)) standartlari .
    3) Ta’lim natijalarini baholash bo‘yicha Xalqaro Assotsiatsiyasining (International Association for the Evaluation of Educational Achievement (IEA) ) Xalqaro matematika va aniq va tabiiy fanlarning tendentsiyalarini o‘rganish markazi (Trends in international mathematics and science study Center (TIMSS)) standartlari .
    1-hujjatning ayrim holatlarini nazarda tutgan holda Xalq ta’lim vazirligi qoshidagi Respublika ta’lim markazi tavsiyasiga ko‘ra matematika bo‘yicha quyidagi tayanch kompetentsiyalarga erishishga qaratilgan ta’lim standartining yangi avlodini yaratish:

    • Kommunikativ kompetentsiya

    • Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi

    • Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentsiyasi

    • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi

    • Umummadaniy kompetentsiyalar

    • Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetentsiyasi

    • Matematik (fanga oid) kompetentsiya

    Kommunikativ, axborot bilan ishlash, shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, umummadaniy hamda fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetentsiyalari tushunchalariga umumiy ta’riflar berilgan bo‘lsa ham, biz bu kompetentsiyalarga matematika fanining o‘ziga xosligi va o‘quvchilarning yoshi va psixologik xususiyatini xisobga olgan xolda yondashdik.
    «Matematik kompetentsiya» tushunchasiga kelsak, unga quyidagicha yondashilgan:
    Ta’rif: Matematik kompetentsiya – kundalik holatlarda vujudga keladigan muammolarni hal etish uchun matematik mushohada yurita olish va uni qo‘llay olish qobiliyatiga ega bo‘lish.
    Hisob-kitoblarni amalga oshirishning rivojlangan ko‘nikmalariga tayangan holda asosiy urg‘u tafakkur yuritish, bilim va malakalarga beriladi.
    Matematik kompetentsiya- turli darajada matematik mushohada yurita olish (mantiqiy va fazoviy tafakkur) hamda ma’lumotlarni taqdim etish usullarini puxta egallash va qo‘llashni o‘z ichiga oladi.

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   165




    Download 8,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu: Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish umumiy metodikasi

    Download 8,11 Mb.