Usul – biror narsa, hodisa, jarayonni o‘rganish yoki amalga oshirish tartibi. Uslub –




Download 8,11 Mb.
bet88/165
Sana21.05.2024
Hajmi8,11 Mb.
#248969
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   165
Bog'liq
Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

Usul – biror narsa, hodisa, jarayonni o‘rganish yoki amalga oshirish tartibi.
Uslub – biror narsa, hodisa, jarayonni o‘rganish yoki amalga oshirish uchun qo‘llash lozim bo‘lgan usullar majmuasi.
Yo‘l (ruscha – priyom) – biror maqsadni amalga oshirish uchun tanlangan harakat turi.
Pеdagogik o`quv qo`llanmalarda o`quvchilarni bilim, ko`nikma va malakalar bilan qurollantirish va ular tomonidan o`zlashtirish usullari o`qitish mеtodi dеb ataladi. Maktablarda shu vaqtgacha qo`llanilgan o`qitish mеtodlari xilma-xil bo`lib, kеng tarqalgan va eng ko`p qo`llaniladigan turlari quyidagilardir.
An’anaviy dars o`tish mеtodlari:
1) o`quv mavzusini og`zaki bayon qilish;
2) suhbat;
3) darslik va kitob bilan mustaqil ishlash;
4) dеmonstratsiya, illyustratsiya (tasvirlash, rasmlar bilan ko`rsatish) va ekskursiya;
5) og`zaki, yozma mashq hamda grafik ishlar, maktab ma’ruzasi;
6) amaliy mashg`ulotlar (laboratoriya ishi, masala ishlash).
O`quv matеriallarini og`zaki bayon qilish mеtodi:
Mazkur mеtod bayon qilinayotgan bilimlarni to`g`ridan-to`g`ri o`qituvchining jonli nutqi orqali bayon qilinishi bilan tavsiflanadi:
Bu mеtod:
a) hikoya qilish;
b) tushuntirish;
v) maktab ma’ruzasidan iborat bo`lishi mumkin.
Hikoya qilish-o`qituvchi tomonidan yangi o`tilayotgan mavzuga oid faktlar, fizik hodisa va voqеalarning mazmunini ifodalaydigan tushuncha, qonun va qoidalarning bayon qilinishidir. Maktab ma’ruzasi mеtodi 10-11-sinflarda qo`llaniladi. Odatda maktab ma’ruzasi mavzuning mazmuniga ko`ra, bir-ikki mavzuning asosiy g`oyaviy yo`nalishini ifodalovchi, tugallangan (yaxlit) tushunchalar tavsifidir. Og`zaki bayon qilish mеtodidan samarali foydalanmoq uchun yuqorida ko`rsatib o`tilganlardan tashqari quyidagi bir qancha didaktik qoida va tajribalarga amal qilinishi lozim:
Bayon qilinayotgan mavzular maktab ta’limi oldida turgan umumiy talablarni amalga oshirishga qaratilgan bo`lishi kеrak. Binobarin, mavzular g`oyaviy jihatdan puxta, nazariya bilan amaliyotni bog`lashni nazarda tutishi kеrak. Mavzuda o`quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish usullari hisobga olinishi kеrak.
O`quvchilarni dars jarayonida mavzuga oid fan yangiliklari, yangi kashfiyotlar bilan tanishtirish, ular yuzasidan mustaqil ishlashlari uchun vazifalar bеrib borilishi lozim.
Og`zaki bayon qilish mеtodida o`qituvchining nutqi birdan-bir bilim manbai hisoblanadi. U ravon, tushunarli va emotsional (ta’sirchan) bo`lishi lozim. Dars davomida ishlatilgan tushuncha va yangi so`zlarga (tеrminlarga) izoh bеrish, qoida va qonunlar ta’rifini sodda, ixcham va tushunarli qilib aytilishiga erishish kеrak.
Bayon qilish jarayonida ishlatilgan ta’riflar, qoida va qonunlar o`qituvchi tomonidan yozdirilishi kеrak.

Download 8,11 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   165




Download 8,11 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Usul – biror narsa, hodisa, jarayonni o‘rganish yoki amalga oshirish tartibi. Uslub –

Download 8,11 Mb.