• Rolli o`yinlar
  • Shahrisabz davlat pedagogika instituti




    Download 8,11 Mb.
    bet91/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    Innovatsion usullar
    Innovatsiya - lotincha so`z bo`lib, “yangilik kiritaman, tatbiq etaman, o`zgartiraman” degan maъnoni bildirib, u quyidagi usullardan iborat.
    Modellashtirish (trenirovka).
    Namoyish qilish
    Kichik guruhlarda bo`lish
    Aqliy hujum
    Tanqidiy tafakkur
    Debatlar
    Nuqtai nazaring bo`lsin
    Har kim har kimga o`rgatadi
    Rolli o`yinlar
    Muayan holatni (vaziyatni) o`rganish
    Modifikatsiyalangan ma’ruza
    O`yinlar
    Bingo
    Axborot texnologiyalari (komputer) yordamida.
    O`qitishning innovatsion usullaridan foydalana bilish va amalga oshirish
    O`qituvchi quyidagilarni bilishi lozim:
    -innovatsion texnologiya tushunchasi, uning mazmun-mohiyati;
    -ta’lim maqsadini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalarning o`rni va roli;
    -fanlar bo`yicha innovatsion texnologiyalarni qo`llash prinsiplari;
    -ta’limiy va ishchanlik o`yinlari;
    -muammoli rivojlantiruvchi ta’lim metodlari;
    -o`quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va taъminlash yo`llari;
    -o`quvchilarning mustaqil ishlash mahoratini oshirish usullari;
    -ko`rgazmali o`qitish usullari;
    -imitatsiya o`quv-mashg`ulotlari;
    -ta’lim-tarbiyani faollashtiruvchi usullar.
    Innovatsion usul turlari:
    Modellashtirish (trenirovka-mashq qilish)
    O`qitishning bu usuli real hayotni qayta tiklash uchun ishlab chiqilgan moslama, asbob yoki vaziyatni o`z ichiga oladi.
    Qo`llanilishi:
    -turli vaziyatlarda kerak bo`ladigan ko`nikmalar hosil qilishda;
    -oddiy, murakkab mexanik va elektr asboblar yasashda, operativ ko`nikmalar va qaror qabul qilishni amalga oshirishda;
    -xavfli va kechiktirib bo`lmaydigan vaziyatda boshqarish ko`nikmalarini mustahkamlashda;
    - real hayotiy vaziyatlarda ilgari o`rganilgan prinsiplarni qo`llashda.
    Afzalligi:
    -o`quvchilar faolligini taъminlaydi;
    -eslab qolishni kuchaytiradi.
    Namoyish qilish Demonstratsiya - “ko`rsataman, isbotlayman” degan maъnoni anglatadi.
    Bu usulda o`qituvchi topshiriqni bajarish tartibini o`quvchilarga ko`rsatadi. Shundan so`ng o`quvchilarga topshiriqni mustaqil bajarish imkoniyati berilishi kerak.
    Qo`llanilishi:
    -topshiriqni bajarilish tartibini ko`rsatishda;
    -muammolarni hal qilish va analitik mohirlikka o`rgatishda;
    -texnika xavfsizligini o`rgatishda;
    -texnik vositalar va asboblar bilan ishlashni o`rgatishda.
    Afzalligi:
    -o`quvchi o`z ko`zi bilan ko`ra olishi;
    -tushunish va eslab qolishga yordam bera olishi;
    -qiziqishni oshirishi;
    -o`qitishning juda faol shakli ekanligi.
    Rolli o`yinlar
    O`quvchilar bu usulda “real hayot” holatlarini qayta jonlantiradilar. Ularga amaliy ish faoliyatlarida qo`llash mumkin bo`lgan yangi turdagi faoliyatlarni sinab ko`rish va tekshirish imkonini beradi.
    Qo`llanilishi:
    -yangi turdagi faoliyatni sinash imkonini ko`rsatadi;
    -o`quvchilarni nazariy amaliyotda qo`llashga o`rgatishda;
    -o`quvchilar faolligini oshirishda.
    Afzalligi:
    -“real hayot”ning qayta tiklanishi;
    -o`quvchilarni mavzuga chuqurroq jalb qilinishi;
    -o`quvchilarga muammoga boshqacha yondoshuv imkonini berishi.

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   165




    Download 8,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shahrisabz davlat pedagogika instituti

    Download 8,11 Mb.