|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
|
bet | 87/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olinganNazorat uchun savollar:
1. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasining mazmuni va tuzilishi nimalarni o‘z ichiga oladi?
2. Matematikadan boshlang‘ich sinflar uchun darsliklar, ularning mazmuni va tuzilishi.
2. Boshlang‘ich matematika darslarida qanday metodik qo‘llanmalar, ko‘rgazmalardan foydalanish lozim?
3. O‘qitish vositalardan ijodiy foydalanish va yasaladigan ko‘rgazmali vositalarga qo‘tiladigan talablar
Foydalanilgan adabiyotlar:
Jumayev M. ”Matematika o‘qitish metodikasi”. (OO‘Y uchun darslik.) Toshkent. “Turon-Iqbol”, 2016-yil.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2014. -46 b.
Maktab matematika darsliklari.2020-yil.
http://www.ziyonet.uz/
25-mavzu: O‘QITISH METODLARI
Reja:
1. Matematik tushunchalar haqida tasavvur hosil qilishda nazariy ma’lumotlarning o‘rni. Boshlang‘ich sinf matematikasi va matematika o‘qitishning bosqichlari orasidagi uzviylik.
2. O‘quvchilarning o‘quv yili oxiridagi bilim, ko‘nikma hamda malakalariga qo‘yilgan kompetentsiya talablari asosida nazorat tahlili.
3. Metod tushunchasi. Uning turlari va tasnifi.
4. O‘quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi bog‘liqlik.
5. O‘qitishni tashkil qilishda didaktik o‘yin metodidan foydalanish.
Tayanch so‘z va iboralar: ta’lim, kredit, modul, mutaxassislik, o‘quv faoliyat, matematika, metodika, fan, o‘qitish.
Metod – (grekcha “metodos” so‘zidan olingan bo‘lib, yo‘l, ahloq usuli ma’nolarini anglatadi). Tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli. Faoliyat, harakatning yo‘li, usuli yoki qiyofasi, shakli, ko‘rinishi.
Ta’lim metodi – o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muntazam qo‘llaydigan, o‘quvchilarga o‘z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish usuli. Belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo‘yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o‘zaro faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan usullari majmuasidir.
Metodika – biror ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, usullari, yo‘llari majmuasi. U alohida metodikalardan tashkil topadi. Pedagogika fani sohasida ma’lum o‘quv fanini o‘qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar.
|
| |