• Foydalanilgan adabiyotlar.
  • 24-mavzu: BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN O‘QUV VOSITALARI VA ULARNING VAZIFALARI Reja
  • Tayanch so‘z va iboralar
  • «... kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, o‘qit»
  • Shahrisabz davlat pedagogika instituti




    Download 8,11 Mb.
    bet85/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    Nazorat uchun savollar
    1. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasining mazmuni va tuzilishi nimalarni o‘z ichiga oladi?
    2. Boshlang‘ich sinflarda matematika fanning fanlararo aloqadorligi
    3. ”Matematika o‘qitish metodikasi” fani tuzilishining o‘ziga xos xusutsiyatlariga nimalar kiradi?
    4. DTS, matematikadan dastur va darsliklarning sinflar kesimida tahlili.
    5. Bolalar bog‘chasi va boshlang‘ich sinflarda matematika fani o‘qitilishi orasidagi uzviyliknimalarda o‘z aksini topadi?
    Foydalanilgan adabiyotlar.

      1. Jumayev M. ”Matematika o‘qitish metodikasi”. (OO‘Y uchun darslik.) Toshkent. “Turon-Iqbol”, 2016-yil.

      2. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni

      3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2014. -46 b.

      4. Maktab matematika darsliklari.2020-yil.

      5. http://www.ziyonet.uz/



    24-mavzu: BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN O‘QUV VOSITALARI VA ULARNING VAZIFALARI
    Reja:
    1. Matematikadan boshlang‘ich sinflar uchun darsliklar, ularning mazmuni va tuzilishi.
    2. Turli metodik qo‘llanmalar, ko‘rgazmalar va ulardan foydalanish.
    3. O‘qitish vositalardan ijodiy foydalanish va yasaladigan ko‘rgazmali ko‘rsatmalar. Yasashga doir masallar.


    Tayanch so‘z va iboralar: ta’lim, kredit, modul, mutaxassislik, o‘quv faoliyat, matematika, metodika, fan, o‘qitish.
    Barchamizga ma’lumki matematika o‘qitish vositalari - bu ta’lim jarayonida foydalaniladigan barcha o‘quv qo‘llanmalardir. Matematikani o‘qitish vositalariga:
    1) darsliklar va qo‘llanmalar;
    2) ko‘rsatma qo‘llanmalar;
    3) o‘qitishning texnik vositalari (O‘TV) kiradi.
    Boshlang‘ich sinflar uchun matematika darsliklari asosiy o‘qitish vositasi bo‘lib, ular dastur materialining mazmuni va uni ko‘rib chiqish tizimini belgilab beradi, bu materialning har birini o‘rganish saviyasini (darajasini) aniqlab beradi. Darslikda dasturda ko‘zda to‘tilgan nazariya elementlari o‘rin oladi, asosiy o‘quv va malakalarning shakllanishini ta’minlashi lozim bo‘lgan mashqlar va topshiriqlar tizimi kiritiladi.
    Darslik yangi narsani o‘rganishda u yoki bu uslubiy yondashishni ko‘rsatib beradi. SHu tufayli ham darslik o‘qituvchi uchun o‘ziga xos o‘quv qo‘llanma bo‘lib, yangi narsa ustida ishlashda o‘quvchining bilish faoliyatini yo‘naltiradigan kitobdir.
    Darslikdan maqsadga muvofiq foydalanish uchun unda o‘quv dasturi qanday yoritilganligini tushunib olish, unda o‘rin olgan o‘quv materialining xususiyatlarini tahlil qilish, kitobning tuzilishini, o‘qituvchiga uslubiy yordam berish maqsadida berilgan misollarni tahlil qilish kerak. Hozirgi zamon stabil darsliklari dasturga to‘liq mos keladi.
    Darslikda dastur talablaridan chetga chiqib, kursni ortiqcha murakkablashtirib yuboradigan materiallar yo‘q. Boshlang‘ich sinflar matematika darsliklarida matn kam, ular nazariy va amaliy materialni bir vaqtda o‘z ichiga oladi. Darslik o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan talablar saviyasini belgilab beradi va ularni murakkablashtirib yuborish kerak emas. Darslikda algebra va geometriya elementlarini o‘rganish uchun mashqlar mavjud.
    Darslikda eslatma - algoritmlar yordamida matematik nutqni rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Darslikka o‘yin elementlari kiritilgan, ko‘pchilik masalalarning yechilishi ijodiy yondashishni talab qiladi. Masalalar matnlarida bolalarning turli kasblar bilan tanishishlari uchun, texnika bilan bog‘lanish, bolalarning ijtimoiy-foydali mehnatda ishtirok etishlari, tabiatni asrash choralari va hokazo imkoniyatlar bor.
    Darsliklar chiroyli qilib bezatilgan, ularda bir xil belgilashlar tizimi qabul qilingan. Mashg‘ulotlarning birinchi kunidan boshlaboq, darslik bo‘yicha ishlashda bolalarda ilmiy kitob bilan ishlashning ba’zi umumiy uquvlarini shakllantirishni ko‘zda tutish maqsadga muvofiqdir.
    Birinchi darsdayoq kitobning umumiy tuzilishi ko‘rib chiqiladi. Bolalar kitobni o‘z vaqtida ochishni, kitobda o‘rganiladigan sahifalarni oson topa olishni o‘rganishlari lozim. Birinchi sinfda kerakli sahifa xatcho‘p yordamida oson topiladi, u birinchi darslardan boshlab kiritiladi va darsdan darsga o‘tishda o‘quvchilar tomonidan kerakli joyga qo‘yib boriladi. Keyinchalik esa kerakli sahifani nomeri bo‘yicha topishni o‘rgatish lozim.
    Darslik sahifalarida syujetli rasmlar bor bo‘lib, mohirlik bilan o‘rgatilsa, bolalar darslikdagi bu rasmlar tomosha qilish uchun emas, balki masalalar tuzish uchun, sanoqni o‘rganish uchun mo‘ljallanganligini bilib oladilar. O‘qituvchi rasm bilan ishlayotganda, bolalar uni diqqat bilan ko‘rib chiqib, «Rasmda nima tasvirlangan» degan hikoyani tuzishlariga vaqt beradi va faqat shundan keyin rasmdan o‘quv maqsadlarida foydalanishga kirishadi. Dars vaqtida rasmga turli maqsadlarda qayta-qayta murojaat qilish o‘quvchilarning nutqini rivojlantiradi.
    I sinf matematika darsligida har bir sahifada mantiqiy mashqlar (taqqoslash, tartiblash, umumlashtirish uchun) bor. Bolalar ularni qiziqib bajaradilar. Bular qanaqa rasmlar, qanday topshiriqni bajarish lozimligini bolalarning o‘zlari so‘zlab bersalar foydali bo‘ladi. Afsuski, ko‘pchilik o‘qituvchilar bolalarga buni o‘z vaqtida o‘rgatmasdan hatto III-IV sinflarda ham topshiriqlarni o‘zlari o‘qib, ma’nosini o‘zlari tushuntirib beradilar. Uy vazifalarini bajarishda kattalar rahbarlik qiladilar: nimani qanday bajarish kerakligini tushuntirib beradilar, topshiriq to‘g‘ri bajarilganligini tekshiradilar. Bolalar topshiriqlarni yuzaki bajaradilar, topshiriqning ma’nosi ustida o‘ylanib o‘tirmaydilar. Bu esa mustaqil va tekshirish ishlarini bajarishda ishonchsiz harakat qilishlariga sabab bo‘ladi.
    Har darsda kitob bilan ishlash bu kamchilikning oldini oladi. Matematika darsligining darsma-dars tuzilishi (sahifa - dars yoki ochilgan ikki sahifa - dars) yana bir muhim uquvning shakllanishiga - mashg‘ulotning maqsadini aniqlashga yordam beradi. Darslik bilan ishlashni boshlashdan oldin bolalarga darslik sahifasini diqqat bilan ko‘rib chiqish va dastlab o‘qituvchi bilan birgalikda, keyin esa mustaqil ravishda darsda nima o‘rganilishini so‘zlab berishga imkon berish kerak. Bu esa keyinchalik ham darslik bilan mustaqil ishlash uquvining shakllanishiga yordam beradi. O‘qituvchi bolalar egallagan uquvlarni tahlil qilib, o‘z-o‘zidan tekshirib borishi foydalidir. Masalan, darslikda maxsus mashq berilgan: «Misollarni yeching. Javoblarni ortib borish tartibida yozing». Bolalar topshiriqni mustaqil o‘qiydilar. Ular topshiriqning birinchi qismini ixlos bilan bajaradilar, lekin ikkinchi qismini bajarishda ko‘pchilik o‘quvchilar esankirab qolishadi. Xulosa bunday - bolalar topshiriqqa oid tushuntirishni bilmaydilar. Ishning shu tomoniga maxsus e’tibor berish lozim. Matbaa asosidagi daftarlar o‘tilgan materialni mustahkamlash va takrorlash bosqichida mustaqil ishni tashkil etish uchun mo‘ljallangan. Ta’limning mazmuni va o‘quvchilarning yoshlariga qarab daftarning tuzilishi ham, uning sahifalarining bezatilishi ham o‘zgaradi. «Matematika daftari» darslikning mazmuni va tuzilishi bilan to‘liq moslashtirib tuzilgan. Bular - jadvallarni to‘ldirish, misollar yechish, sonlarni va ifodalarni taqqoslash va h. k. Daftar bilan ishlayotganda bolalar topshiriqni ko‘chirib yozmasdan, balki ochiq qoldirilgan joylarni to‘ldiradilar, bu esa vaqtni tejash imkonini beradi.
    Topshiriqlarning bir qismini uyda yoki kuni uzaytirilgan guruhlarda bajarish mumkin. Har bir o‘quvchining daftari har bir darsda o‘qituvchi tomonidan diqqat bilan kuzatib borilishi kerak, o‘quvchining ishda yo‘l qo‘ygan hamma kamchiliklarini o‘ziga qo‘rsatib borish kerak. Daftarlarda aniq, puxta, matematik to‘g‘ri yozib borishni talab qilish o‘qituvchining matematikadan olib boriladigan ishining sifatli bo‘lishi uchun kurashining mezonidir.
    O‘qituvchiga yordam tariqasida qator qo‘shimcha qo‘llanmalar nashr qilinadi. Bular darslarni o‘tkazishga oid uslubiy tavsiyalar, qo‘shimcha mashqlar to‘plamlari, musta- qil va yakka tartibda ishlashni tashkil qilish uchun didaktik materialdir. Yangi ish boshlayotgan o‘qituvchi eng yaxshi o‘qituvchilarning ish tajribalari bilan «Boshlang‘ich maktab» jurnali orqali tanishib borishi foydalidir.
    Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma’lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya’ni o‘zlashtirilayotgan ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta’lim va tarbiya masalalari hal etiladi.
    Ta’limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta’lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta’limning maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma’naviy boyitishdan iboratligi ta’kidlangan. Ta’limiy maqsad asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma’naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o‘rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.
    Ulug‘ donishmandlardan biri «... kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, o‘qit», degan ekan. Yurtimizda ta’lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma’noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma’noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Bu prezidentimizning kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg‘urib, yurtimizning barcha farzandlari – mening farzandlarim, ular bizlardan ko‘ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo‘lishlari kerak, degan g‘oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini ko‘rsatadi. 
    Ma’lumki, ta’limda ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta’limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o‘yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda. 
    Dars mashg‘ulotlarida o‘yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. O‘yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf o‘quvchilarining o‘yin-topshiriqlarni bajarishga o‘rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o‘rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak.
    Ta’limda o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash va shu fikrni og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon eta olishga o‘rgatish masalasiga e’tibor qaratilgan bo‘lib, mustaqil fikrlaydigan, nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o‘rin egallaydi. Millatning turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida o‘rganiladi. 
    Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta’lim-tarbiya berish yo‘llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz. O‘ylaymizki, u o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda hamkasblarimizga amaliy yordam beradi. SHuningdek, o‘quvchilarni o‘z yo‘nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishdek mas’uliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin ko‘makchilardan biriga aylanadi. Quyida sinflar kesimida ayrim mavzular asosida o‘qitishning zamonaviy usullarini tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar beramiz. Siz undan ijodiy yondashgan holda foydalanasiz va birinchi prezidentimizning: «Har qarichi muqaddas bo‘lgan ona yerimizga nisbatan farzandlarimizda g‘urur va iftixor, sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish uchun biz bugun nima qilyapmiz, degan savolga javob izlab ko‘raylik», - degan fikrlariga javoban ta’lim va tarbiya berishning zamonaviy usullarini tatbiq etish orqali ko‘zlangan maqsadga erishishga o‘z hissangizni qo‘shasiz degan umiddamiz.

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   165




    Download 8,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shahrisabz davlat pedagogika instituti

    Download 8,11 Mb.