|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
|
bet | 81/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olingan(Original)
Definition: Mathematical competence is the ability to develop and apply mathematical thinking in order to solve a range of problems in everyday situations. Building on a sound mastery of numeracy, the emphasis is on process and activity, as well as knowledge. Mathematical competence involves, to different degrees, the ability and willingness to use mathematical modes of thought (logical and spatial thinking) and presentation (formulas, models, constructs, graphs, charts).
(Ruscha)
Opredelenie: Математическая компетентность - способность развивать и применять математическое мышление для решения целого ряда проблем в повседневных ситуациях. Опираясь на развитые навыки вычислений, основное внимание уделяется на знания и умения. Математическая компетентность включает, в разной степени, способность и готовность применять математические способы мышления (логическое и пространственное мышление) и описания объектов (формулы, модели, конструкции, графики, диаграммы).
Matematik kompetentsiya bilan bog‘liq bo‘lgan zarur bilim, malakalar va fanga bo‘lgan qiziqish:
Matematika fanidan zaruriy bilimlar sonlar, kattaliklar va strukturalar, asosiy amallar va ma’lumotlarni taqdim etish usullari, matematik tushuncha va terminlar haqida qat’iy bilimlarni, hamda matematika javob bera oladigan savollarni anglashlarni o‘z ichiga oladi.
Inson matematikaga hos mulohaza yuritish, matematikada isbotni va matematikaning tilini tushunishi, hamda buning uchun mos vositalardan foydalanishi malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Inson uyida va ishdagi kundalik vaziyatlarda asosiy matematik qonunlar va asosiy matematik usullarni tadbiq etish hamda asoslangan mushohada yuritish ketma-ketligini qurish va uni baholash malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Matematikaga ijobiy munosabat haqiqatga nisbatdan hurmat, isbotlash uchun dalillarni izlash, ularning asoslanganligini baholay olish orqali shakllanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, biz «matematik kompetentsiya» tushunchasiga quyidagicha yondashdik: bu - vaziyatni strukturalash, matematik bog‘lanishlarni aniqlash, jarayonlarni matematik modellarini tuzish, ularni tahlil qilish va ko‘rinishlarini o‘zgartirish, olingan natijalar bo‘yicha tegishli asoslangan va maqbul hulosalar chiqarish orqali ijtimoiy va kasbiy faoliyatga tayyor bo‘lish.
Iqtisodiy rivojlangan davlatlar tajribasi va yuqoridagi fikrlarni hisobga olgan holda, to‘g‘ri mantiqiy mushohada yuritishga, kundalik hayotimizda duch kelinadigan ehtimolliy-statistik xarakterga ega masalalarni yechishga, jumladan turli ko‘rinishda berilgan ma’lumotlarni tahlil etish usullariga, xavflarni aniqlash va baholashga imkon beruvchi “Ma’lumotlar va imkoniyatlar” nomli bo‘lim A1 va A2 darajalariga propedevtik tarzda kiritilishini lozim deb topdik.
Masalalar haqida.
Matematika fanini o‘qitishning negizini masalalar tashkil etishi barchamizga ma’lum. SHunga qaramasdan, biz ayrim fikrlarimizni keltirish lozim deb topdik.
Birinchidan, o‘quvchilarda matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, tayanch kompetentsiyalarga erishish uchun ta’lim jarayonida amaliy va nostandart xarakterdagi masalalardan foydalanmasdan erishib bo‘lmaydi. Bunday masalalarni yechish o‘quvchilarda analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish, deduktsiya va induktsiya kabi mantiqiy mushohada yuritish faoliyatini, intuitsiya, egiluvchanlik va moslashuvchanlik kabi fazilatlarni rivojlantirib, o‘quvchilarni olingan natijalar ustida tanqidiy fikrlashni o‘rgatadi. Ko‘pincha amaliy va nostandart xarakterdagi masalalarni yechimi darxol topilmasdan, bir necha bor urinishlar natijasidagina aniqlanishligi sababli, bu maqsadga erishish uchun tirishqoq bo‘lishlikni, ya’ni shaxsning irodalilik kabi juda ahamiyatli sifatlarni tarkib topishiga imkon beradi. Va nihoyat, eng asosiysi: bunday masalalarni yechilishi o‘quvchilarga natijaga erishilganlik bilan, va shuningdek yechim yo‘lining go‘zalligi va an’anaviy emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan katta emotsional zavq berilishi katta ahamiyatga ega. Bunday masalalar barcha darajalarda kiritilishi lozim.
Ikkinchidan, matematik masalalarga o‘qitishning vositasi sifatida qaralsa unga ikki hil yondashish mumkin:
|
| |