|
Bitiruv malakaviy ishni bajarish
|
bet | 78/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olinganBitiruv malakaviy ishni bajarish — oliy ta'lim muassasi bakalavriatida talabalagni o`qitishning yakuniy bosqichi bo`lib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat atestatsiya komissiyasi haqidagi Nizomga ko`ra bitiruv malakaviy ishni himoya qilish Davlat Attestatsiya Komissiyasining ajralmas qismi hisoblanadi.
-Malakaviy ishni bajarish maqsadi ta'lim bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo`llash; ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo`yilish jarayonidan boshlab, uni to`la nihoyasiga yetkazish bo`yicha qaror qabul qilishda bo`lgan mas'uliyatni his etishga; o`rgatish; zamonaviy ishlab chiqarish, iqtisodiyot, texnika va madaniyatning, axborot texnologiyalarining rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini ta'minlash;
-bajarilgan ishning natijalari sifatida tadqiqotda olingan bilimlarni sistemalashtirish, tahlil qilish, yangi natijalar va qonuniyatiarni shakllantirish tajribasini egallash;
-talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini aniqlashdan iborat.
Bitiruv maiakaviy ish talaba tomonidan mutaxassislik fanlaridan olgan nazariy bilimlar va tadqiqiy, amaliy ko`nikmalari negizida bajariladi.
Bitiruv malakaviy ish mustaqil tadqiqot bo`lib, bunda talabaning tanlangan mavzu bo`yicha chuqur bilimlarga egaligini, uning mutaxassislik bo`yicha umumiy tayyorgarligini, to`plangan materiallami tahlil qila olish ko`nikmasini, turli kuzatishlami umumlashtirish, ta'Iimda o`qitish bilan bog`liq muammolar yechimlariga chiqa olishini namoyon etishi lozim.
BMI mualifning o`qish davrida umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan olgan nazariy va amaliy bilimlarini tizimlashtirishga, mustahkamlashga va kengaytirishga bo`lgan qobiliyatini, bu bilimlarni BMIda qaralayotgan muammolarni yechishda tatbiq etishi, talabaning mutaxassislik bo`yicha mustaqil ishlashga tayyorgariik darajasi haqida dalolat berishi kerak.
Bitirav malakaviy ish mavzusi bitiravchining bo`lg`usi mutaxassisligiga mos kelishi lozim. Bitirav malakaviy ish quyidagi bo`limlardan tashkil topishi shart:
-Kirish, bunda o`rganilayotgan (tadqiq etilayotgan) muammoning dolzarbligi va mohiyati ochib berilishi lozim;
- BMI mavzusi bo`yicha adabiyotiar tahlili (tavsiloti), bunda ishda qaralayotgan munozorali savollarga turli fikrlarnihg mavjudligi yoritilishi va muallifning bu savollarga munosabati shakllantirilishi lozim, muailifning shu savollar bo`yicha fikri asoslanishi lozim;'
- Tadqiqot ob'ekti va predmetining xarakteristikasi;
- Tadqiqot metodlari xarakteristikasi (modellar, statistik hisob-kitoblar);
- Tadqiqot bajarilishi bosqichlarining yoritilishi;
- Tadqiqot natijalari xarakteristikasi va ularning interpretatsiyasi;
- xulosa, bunda bajarilgan ish bo`yicha konkret natijalar va ularni amalga oshirish bo`yicha takliflar aks etishi kerak.
BMIni rasmiylashtirish ushbu metodik ko`rsatmaning mos bo`limlarida keltirilgan talablarga javob berishi kerak.
BMI mavzularini va ilmiy rahbarlarini tanlash dekanat va mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudirlari tomonidan tashkillashtiriladi.
BMI mavzulari banki mutaxassis chiqaruvchi kafedralar tomonidan 3 yilga ishlab chiqiladi, zarurat bo`lsa har yili yangi mavzular kiritilishi mumkin. Mavzular banki fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi. BMI mavzular banki dekanat tomonidan uchinchi kurs talabalariga tarqatiladi.
BMIni bajarish rejasi talaba tomonidan ilmiy rahbari ishtirokida tuziladi. Ish rejaning dastlabki varianti ishning asosiy g`oyasini aks ettirishi kerak. Ish rejasining dastlabki variantida alohida boblarining mazmunini aniqlash va boblar nomini aniqlashtirish lozim; har bir bob mazmunini puxta o`ylash va unda qaraladigan masalalar ketma-ketligini paragraflar sifatida belgilab olish zarur. BMIning dastlabki ish rejasi mavzu kafedrada tasdiqlangandan so`ng bir oy ichida tuzilishi kerak.
BMIning ish rejasi egiluvchan bo`lishi lozim. o`rganilayotgan muammo bilan batavsil tanishish natijasida, yoki rejada ajratilgan mustaqil bo`limlar bo`yicha yetarlicha materiallarning mavjud bo`lmasligi, yoki aksincha nazariy va amaliy ahamiyatga ega bolgan yangi ma'lumotlarning paydo bo`lishi tufayli ish rejasida o`zgarishlar yuz berishi mumkin. BMI rejasidagi barcha o`zgartirishlar ilmiy rahbar bilan kelishilishi shart. BMIning asosiy rejasi ilmiy rahbar tomonidan tasdiqlanadi va ishning mundarijasi bo`lib xizmat qiladi.
Adabiyotlarni saralashni BMI mavzusini tanlagandan so`ng darhol boshlash zarur. Adabiyotlarni saralashda Universitet axborot resurs markazidagi, fanlar akademiyasi, ixtiyoriy kutubxonalardagi predmetli-tematik kataloglar va bibliografik ma'lumotnomalarga, hamda Internetdan foydalanish zarur.
Tanlangan mavzu bo`yicha adabiyotlarni o`rganishni BMIda qaralayotgan asosiy masalalar haqida umumiy tasavvurga ega bolish va keyinchalik yangi materiallarni izlash maqsadida umumiy masalalardan boshlash lozim.
Adabiyotlarni o`rganganda quyidagi tavsiyalarga rioya qilgan ma'qul:
- adabiyotlarni o`rganishni qaralayotgan masalaning nazariy jihatlarini ochib beradigan adabiyotlardan (monografiya, jurnal maqolalari), keyin esa metodik materialiardan foydalanish;
- adabiyot manbalarini talaba tomonidan sinchiklab o`rganish, ularni konspektlashtirish va sistemalashtirishdan iborat Konspekt xarakteri berilgan materialni ishda foydalanish imkoniyati bilan aniqlanadi (ko`chirma, sitata, adabiy manba mazmuni qisqa bayoni, yoki faktik materialni tavsifi);
- tanlangan ma'lumotlarni BMI rejasida belgilangan asosiy bo`limlar bo`yicha sistemalashtirish zarur;
- adabiyotni o`rganishda undagi barcha axborotni o`zlashtirishga harakat qilmaslik kerak, balki ish mavzusiga bevosita taalluqli axborotni saralab olish kerak; o`qiganni baholash mezoni sifatida uni BMIni bajarishda amalda qo`llash (foydalanish) hisoblanadi;
- adabiyot manbalarini o`rganayotganda ko`chirmalarni rasmiylashtirishga alohida e'tibor berish kerak, chunki bu holda ko`chirmalardan kelajakda foydalanish oson bo`ladi;
- asosiy manbalarga (ilmiy jurnallarga) ko`rsatma berish kerak;
- materiallar qaerdan olinganligini aniq ko`rsatish zarur.
BMIda materialning bayoni izchil (ketma-ket) va mantiqiy bo‘lishi lozim. Barcha bo‘limlari bir-biri bilan bog‘langan bolishi kerak. Ayniqsa, bir bobdan ikkinchi bobga, paragrafdan paragrafga, paragraf ichida bir masaladan ikkinchi masalaga o‘tgandagi mantiqiy bog‘lanishlarga e'tibor berish lozim.
BMI matnini yozishda kirish va birinchi bobdan boshlab, rejaga kiritilgan barcha bolimlarni ketma-ket yoritib chiqish lozim. BMIdagi materialning bayoni konkret va amaliyot natijalariga asoslangan bo‘lishi, shuningdek olingan ma'lumotlarni tahlil qilish, tanqidiy ishlab chiqish lozim.
Kirish - BMI ishning eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Kirishda tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslanadi, qoyilgan masalaning maqsadi va vazifalari belgiianadi, tadqiqot ob'ekti va predmeti shakllantiriladi, tanlangan tadqiqot metodlari ko‘rsatiladi, olingan natijalarning muhiroligi (ahamiyati) tavsiflanadi.
Adabiyotlar tavsiloti- talabaning maxsus adabiyotlar bilan tanishligini, uning manbalarni sistemalashtirishini, ularni tanqidiy qarash, muhimlarini ajratishni, tadqiqotchilar tomonidan oldin olingan natijalarni baholashni, mavzuning hozirgi davrdagi o‘rganilganlik holatida asosiysini ajratishni uddalashini ko‘rsatishi kerak.
BMI yetarlicha tor mavzuga bag‘ishlanganligi sababli, oldingi ishlarning tavsilotini tanlangan mavzu masalalari boyicha (yaxlit muammo boyicha emas) bajarish va bunday tavsilot materiallarini ma'lum bir mantiqiiy ketma-ketlikda sistemalashtirish kerak.
BMIni bayonida munozarali masalalarda shu masalalar bilan shug‘ullangan turli mualliflarning fikrlarini keltirish kerak. Agar ishda biror muallifning fikri tanqidiy qaralayotgan bo‘lsa, uning fikrini bayon qilganda sitatalar keltirilishi kerak, ana shu holdagina tanqid ob'ektiv bo‘lishi mumkin. Masala yechimiga turlicha yondashuv mavjud bo‘lgan holda, turli mualliflarning ishlarini, keltirilgan takliflarini solishtirish majburiy hisoblanadi. Shundan so‘ng munazarali masala yuzasidan o‘z fikrini asoslashi yoki mavjud nuqtai nazarlardan birini qabul qilishini bayon qilish kerak. Bu holda ham muallif o‘z yechimini dalillar orqali asoslashi shart.
BMIning metodik qismida faktik materiallarni-dastlabki axborotlar va ularga ishlov berish (kuzatish, taqqoslash, Mchash, eksperiment, abstraktlashtirish, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, modellashtirish, abstraktdan konkretga otish va boshq.) metodlarini tavsiflash nazarda tutiladi.
BMI asosiy qismining boblarida tadqiqot natijalari batavsil qaraladi va umumlashtiriladi. Asosiy qismning boblari mazmuni mavzuga aniq mos bo‘lishi va uni to‘liq ochib berishi kerak. Bu boblar muallifning materialni qisqa, mantiqan va dalilliy bayon qilish ko‘nikmasini ko‘rsatishi lozim. Ishda qoyilgan masalani yechish uchun zarur bo‘lmagan barcha materiallar ilovada keitiriladi.
|
| |