• Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim
  • Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin
  • Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda




    Download 8,11 Mb.
    bet75/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda:
    - tizimli yondashish;
    - barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;
    - bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish;
    - tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib boorish zarur.
    Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:
    - maqsad (bilimni mustaxkamlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirish, ijodiy faollikni oshirish, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish va x.k.), aniq asoslanishi;
    - vazifa va topshiriqlarning aniq-ravshan belgilanishi;
    - topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning yetarli darajada habardor bo‘lishi;
    - maslaxat va boshqa yordam turlarining to‘g‘ri belgilanishi (yo‘llanma va ko‘rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli topshiriqlarni bajarish usullari bo‘yicha tushuncha berish, ayrim muammoli momentlari birgalikda hal qilish va h.k.);
    - hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash;
    - nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy amaliy, laboratoriya mashg‘ulotlari, konsultatsiya uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt; ma’ruza yoki referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, maqola, ko‘rgazmali jixozlar va ijodiy ishlar; savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish va h.k.).
    Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin:
    - auditoriyada amalga oshiriladigan TMIlari. O‘tilgan mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustaxkamlashga oid topshiriqlar bashariladi;
    - auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan TMIlari. O‘quv dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va laborotoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot harakteridagi ishlar va h.k.
    Birinchi tur ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini o‘zlashtirib borish darajasi, amaliy mashg‘ulotlarga (amaliyot, laboratoriya, amaliy darslari) tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarining bajarilish sifatini tekshirish maqsadida, odatda, nazorat ishlari olish, savol-javob, suhbat, munozara, amaliy topshiriqlarni bajartirib ko‘rish va h.k. usullarda asosan amaliyot darslarida nazorat (joriy nazorat) qilinadi.
    Joriy nazoratda talabaning dars paytida o‘tilgan materiallarni o‘zlashtirish va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va o‘zlashtirish darajasi e’tiborga olinadi.
    Ikkinchi tur ishlar fanning ichki o‘quv dasturida auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirilishi belgilangan mavzu bo‘yicha ma’lumot va axborotlarni mustaqil ravishda izlab topish, taxlil qilish, konspektlashtirish (yoki referat tarzida rasmiylashtirish) va o‘zlashtirish, ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish jarayoni va o‘zlashtirish sifatining nazorati darsdan tashqari paytlarda, maxsus belgalangan konsultatsiya soatlarida amalga oshiriladi.
    Talabalar mustaqil ishni baholash. TM natijalari amaldagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom”ga va 9-avgust 2018-yildagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan baholab boriladi.
    Talabalar bilimini baholash mezonlari.

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   165




    Download 8,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda

    Download 8,11 Mb.