|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
|
bet | 71/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olinganAnnotasiya (Abstract)
Maqolaning keyingi bo‘limi – maqolaning qisqacha mazmunini aks ettiradi. Rus tilida bu ko‘pincha «Referet», «Annotasiya» va ingliz tilida «Abstract», «Resume», «Summary», deb nomlanadi. O‘qilishi darajasi bo‘yicha Annotasiya maqola sarlavhasidan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Uning vazifasi – potensial o‘quvchilarni maqolaning mazmuniga yo‘naltirish va qiziqtirish, maqolani to‘liq o‘qish uchun istagini uyg‘otishdir.
Annotasiyada maqolaning barcha bo‘limlar bo‘lishi kerak, ammo juda qisqartirilgan shaklda. Agar annotasiya yaxshi yozilgan bo‘lsa, unda maqolaning mazmuni sizning ishingiz bilan qanday bog‘liqligini tez va aniq bilib olishingiz mumkin. Bu esa maqolani to‘liq o‘qish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilishga yordam beradi. Odatda annotasiya xajmi 250 so‘zdan ortiq bo‘lmasligi kerak. Annotasiya bitta abzas ko‘rinishida yoziladi va quydagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Tadqiqot maqsadi
2. Tadqiqot metodlari
3. Natijalar
4. Asosiy xulosalar
Agar ruxsat etilgan so‘zlarning maksimal soni 250 tani tashkil etsa va siz atigi 100 so‘zdan foydalansangiz, demak, annotasiya maqolaning mazmunini to‘liq aks etmagan. Bundan tashqari, annotasiyaning mazmuni kelitirilgan 4 bo‘limni yetarli darajada ko‘rsatish kerak. Maqolada keltirilgan Tadqiqot maqsadini tavsiflash uchun 200 ta so‘z, maqolaning qolgan barcha (3 ta) bo‘limlarining mazmunini yetkazish uchun 50 ta so‘zni ishlatish mumkin emas. Maqola matnida mavjud bo‘lmagan ma’lumotlarni Annotasiyada keltirilmaydi.
Kalit so‘zlar (Keywords)
Kalit so‘zlar maqolani bazalarda qidirish uchun kerak. Mazmuni va ma’nosi nuqtai nazaridan, kalit so‘zlar annotasiya va maqolaning mazmuniga yaqin bo‘lishi lozim. Kalit so‘zlar sintaktik tuzilishga ega emas, va odatda ular bosh kelishikda beriladi. Kalit so‘zlar asosiy natijalar, qiziqishning asosiy jihatlarini aks ettirishi kerak. Kalit so‘zlar soni odatda 10 dona atrofida bo‘lishi tavsiya etiladi va odatda jurnal talablari tomonidan belgilanadi.
Maqola asosiy qismi: Kirish bo‘limi Maqolaning kirish bo‘limida maqolada keltirilgan tadqiqot natijalarini tushunishga va baholashga imkon beradigan, boshqa manbalarga murojaat qilinmaydigan ma’lumotlarni o‘z ichiga olinishi kerak. Bundan tashqari, kirish bo‘limida tadqiqotning zarurligi va dolzarbligi uchun asoslar keltirilishi kerak. Odatda, kirish bo‘limi to‘rt qismga bo‘linadi:
1) Ilmiy kontekstni yaratish (establishing a context)
2) Tadqiqot bilan bog‘liq adabiyotlarni o‘rganish ( reviewing the literature)
3) Adabiyotlarni o‘rganish natijasida aniqlangan muammolar, o‘rganilmagann muammolar va o‘rganilmagan bo‘shliqlar tavsifi (establishing a research gap)
4) Aniqlangan muammolar va bo‘shliqlar asosida tadqiqot maqsadini va vazifalarini aniqlash (stating a purpose) Ilmiy kontekstni yaratish: Ushbu bo‘limda maqolada keltirilgan tadqiqotni katta muammoning qanday bir qismligini ko‘rsatish kerak.
Mavzuingizga doir iloji boricha ko‘proq maqolalarni o‘qing. Boshqa maqolalarda mualliflar ilmiy kontekstni qanday tasvirlayotganiga katta e’tibor bering. Ushbu ilmiy kontekstning aniqligi yoki aniq ko‘rsatilmaganligi, sizning tadqiqotingizni dolzarbligini aniqlaydi. Agar siz muammoni aniq bayon qila olmasangiz, unda o‘quvchida maqolani o‘qishga qiziqish o‘yg‘onmasligi mumkin. Agar muammoni tushunmagan o‘quvchilar maqolani oxirigacha o‘qishni harakat qilsalar ham, siz a’lo darajada hal qilgan muammo ularda hech qanday taassurot qoldira olmaydi. Bu jihatdan ilmiy maqola yozishni oddiy jurnal yoki gazeta uchun maqola yozish bilan taqqoslash mumkin. Jurnal o‘quvchilari maqolani oxirigacha o‘qishlari uchun dastlab diqqatni jalb qilish kerak.
Tadqiqot bilan bog‘liq adabiyotlarni o‘rganish: Ushbu bo‘lim sohadagi boshqa tadqiqotchilar tomonidan nima va qanday amalga oshirilganligi haqida umumiy ma’lumotga bag‘ishlangan. Sizning maqolangizda sizning tadqiqotingizga bevosita tegishli bo‘lgan barcha manbalarni taqdim etish lozim. Sizning tadqiqot ishingizni tushunish uchun zarur bo‘lgan va faqat maqolaning maqsadi va vazifalarini, tadqiqotning gipotezasini, ishlatilgan tadqiqot usullarni asoslashga xizmat qiladigan barcha nashrlarni (manbalarni) tasvirlab bering. Maqolangiz xalqaro jurnallarning taqrizchilari tomonidan ijobiy baholanishi uchun keltirilgan manbalarni tanlashda juda ehtiyotkor va sinchkov bo‘lish kerak. Agar jurnal taqrizchisi biror manbani maqolangizning adabiyotlar sharhiga qo‘shishni talab qilsa, bahslashmang va taqrizchining talabini bajaring. Agar siz o‘zingizning maqolangiz uchun taqrizchilarni tanlasangiz, unda (imkon bo‘lsa) bo‘lajak taqrizchilarning nashrlariga murojaat qilishni unutmang. Shuningdek, ushbu kichik bo‘limda raqobatbardosh usullar va ularning natijalarini taqqoslash orqali tadqiqot usulini tanlashni asoslash maqsadga muvofiqdir. Boshqa manbalardan olingan fikrlar, ma’lumotlar, g‘oyalar va h.k. uchun iqtibos keltirilishi lozim. Siz tomondan maqolada keltirilgan barcha iqtiboslar (references) maqolaning foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida o‘z aksini topishi kerak. Bibliografik ma’lumotga katta e’tibor bering va har birmanbani adabiyotlar ro‘yxatida keltirib o‘ting. Adabiyotlarni o‘rganish natijasida aniqlangan muammolar, o‘rganilmagan muammolar va o‘rganilmagan bo‘shliqlar tavsifi: Ushbu bo‘limda siz o‘quvchiga adabiyotlarni ko‘rib chiqish tugallanganligi to‘g‘risida signal berasiz va unda quyidagi muhim aspektlarni tasvirlab berasiz:
- ushbu tadqiqotlar hali hech kim tomonidan o‘tkazilmagan, chunki muammoning bu tomoni e’tiborga olinmaganligi, e’tiborsiz qoldirilganligi;
- turli tadqiqotchilarning natijalari, farazlari, xulosalari, tadqiqot usullari o‘rtasida qarama-qarshiliklar yoki ziddiyatlar, bo‘shliqlar (gaps) mavjudligi;
- tadqiqotni davom ettirish yoki kengaytirish kerak ekanligi.
Aniqlangan muammolar va bo‘shliqlar asosida tadqiqot maqsadini va vazifalarini aniqlash: Ushbu bo‘limda tadqiqotning maqsad va vazifalarini ta’riflab beriladi. Maqolaning keyingi bo‘limlari (metodlar, natijalar va munozara) yozilgandan so‘ng, tadqiqotning maqsad va vazifalari o‘zgartirilishi mumkin. Tadqiqot maqsadlari va vazifalari maqolaning qolgan bo‘limlarida keltirilgan matn bilan mazmun jihatdan muvofiq bo‘lishi kerak.
Agar tadqiqot natijalari o‘zgartirilgan bo‘lsa, muallif tadqiqotning maqsadlari va vazifalarini o‘zgartirishi lozim. Sizning maqolangizni aynan sizning sohangizda ishlamaydigan mutaxassislar o‘qishi mumkinligini yodda tutish kerak. Kirish bo‘limida keyinchalik maqola matnida ishlatadigan barcha maxsus atamalar, iboralar va qisqartmalarning ta’riflari keltirilishi kerak.
Agar siz ilgari maqolada keltirilgan natijalar haqida dastlabki hisobotni yoki ma’lumotni nashr qilgan bo‘lsangiz, unda maqolangizda bu haqda havola (footnote/snoska) keltirishingiz kerak. Odatda, bunday havolalar Kirish qismini oxirida joylashtiriladi.
Maqola asosiy qismi: Materiallar va usullar
Ushbu bo‘limda natijalarni olish uchun ishlatilgan usullar va metodlar keldiriladi. Birinchidan, odatda eksperimentlarning umumiy dizayni keltiriladi (design of the experiment). So‘ngra esa tajribalarning shu qadar batafsil yoritiladiki, har qanday vakolatli mutaxassis o‘z laboratoriyasida ushbu maqolaning matnidan foydalanib tajribalarni takrorlashi mumkin bo‘lishi kerak. Ko‘p mualliflar ushbu bo‘limni o‘tkazib yuboradilar. Taqrizchi qo‘lyozmani o‘qiyotganda, tadqiqot metodologiyasining qanchalik batafsil ekanligiga alohida e’tibor beradi. Agar taqrizchi yuqoridagi tavsifdan foydalanib tajribalarni takrorlash mumkinligiga shubha qilsa, katta erishilgan natijalarga qaramay, sizning maqolangizni jurnalda nashr etishga rad etishni tavsiya qiladi.
Standart usulllar, metodlar va proseduralardan foydalanganda tegishli manbalarga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Agar standart usul va metodlar siz tomonidan o‘zgartirilgan bo‘lsa, standart usullarning modifikasiyasini batafsil tavsiflash lozim. Agar siz ilgari hech qayerda nashr etilmagan o‘zingizning yangi usulingizdan foydalanayotgan bo‘lsangiz, hamma kerakli ma’lumotlarni berishingiz kerak. Agar siz ilgari o‘z tadqiqot usul va metodlaringizni jurnalda nashr etgan bo‘lsangiz, unda shu nashrlarga iqtibos (reference) bilan cheklanib qolishingiz mumkin. Agar sizning ishingizda kimyoviy yoki biokimyoviy usullar qo‘llanilgan bo‘lsa, unda tajriba davomida qanday reaktivlar va birikmalar ishlatilganligini ko‘rsatib o‘tilishi kerak (generic names). Bundan tashqari, reagentlar va birikmalarning konsentrasiyasi ko‘rsatiladi.
Yangi yoki nostandart bo‘lgan birikmalarning kimyoviy nomlari va formulalari albatta ko‘rsatib o‘tilishi shart. Tadqiqot davomida ishlatilgan qurilmalar va moslamalar (agar ular nostandart bo‘lsa yoki sotuvda bo‘malsa va ularni o‘zingiz yaratgan bo‘lsangiz) batavsil tasvirlab beriladi. Agar tadqiqot qurilma va moslamalari sotib olingan bo‘lsa, qavslarda ishlab chiqaruvchining nomi va modelini ko‘rsatish mumkin. Kimyoviy reaktivlarning savdo nomlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlatish mumkin, ammo tavsiya etilmaydi. Kimyoviy birikmalar uchun xalqaro va keng tarqalgan nomlaridan foydalaning. Tadqiqot o‘tkazish davomida qanday xavflar mavjudligini albatta ko‘rsatish kerak. Agar sizning tadqiqotlaringiz biologiya bilan bog‘liq bo‘lsa, unda o‘simliklar, hayvonlar, viruslar va mikroorganizmlarning turlarini sinchkovlik bilan aniqlang va xalqaro nomini keltiring6. Agar siz tadqiqotlarni insonlar ustida olib borgan bo‘lsangiz, shu insonlarning roziligi ham talab etiladi va maqola matnida keltiriladi (informed consent).
|
| |