• Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash
  • Mavzu bo‘yicha testlar, munozaralar savollar va topshiriqlar tayyorlash




    Download 8,11 Mb.
    bet74/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    Mavzu bo‘yicha testlar, munozaralar savollar va topshiriqlar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzu bo‘yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo‘lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigan savollar tuzish topshiriladi.
    Bunda o‘qituvchi tomonidan talabaga testga qo‘yiladigan talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko‘zda tutilayotganli, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali momentlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beriladi. Konsultatsiya paytlarida bajarilgan ishlarning qo‘yilgan vazifa va talablarga javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish yoki to‘ldirish taklif etilishi mumkin).
    Test, savol va topshiriqlar majmuasi fan o‘qituvchisi tomonidan (talaba navbattagi topshiqni bajargunga qadar) tekshirib baholanadi.
    Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Talabaga biror bir mavzu bo‘yicha (mavzuni talabaning o‘zi tanlashi ham mumkin) ilmiy (referativ) harakterda maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to‘playdi, taxlil qiladi, zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan holda qo‘shimchalar, izoxlar kiritadi, o‘z nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba o‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlaydi.
    Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma’ruza fan o‘qituvchisi tomonidan (talaba navbattagi topshiqni bajargunga qadar) tekshirib baholanadi.
    Amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash. Bir, mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha nostandart, alohida yondashish talab qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy topshiriqlar, ijodiy yondashish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, maketlar, namunalar yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini izlashga va topishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
    Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, unga ilmiy xarakterdagi topshiriqlar berish. o‘qituvchi bilan xamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash va chop ettirish mumkin.

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   165




    Download 8,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu bo‘yicha testlar, munozaralar savollar va topshiriqlar tayyorlash

    Download 8,11 Mb.