|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
|
bet | 70/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olinganKutiladigan natija: Talabalar mavzu yuzasidan zaruriy bilimlarni o’zlashtiradi, kursning mohiyati haqida tasavvurga ega bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
1. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o’qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b.
2. G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o'qitish metodikasi. -T.: TDPU, 2009. - 70 b.
3. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standard. -T.: Yangi yo‘l poligraf service, 2017.- 42-46 b.
4. Uzviylashtirilgan o’quv dasturi. -T.: Yangi yo‘l poligraf service, 2017. - 46-68 b.
19-mavzu. FANLARNI O‘RGANISHDA ADABIYOTLAR BILAN ISHLASH
Reja:
1. Fanga doirasida adabiyotlarni topish, saralash, saqlash, qayta ishlash, havolalar va
snoskalar berish, internet ma’lumotlaridan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganish.
2. Tezis va maqolalar (IMRAT) tahlilini o‘rganish.
3. Kurs ishi, bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari, o‘quv
qo‘llanma hamda darsliklar, monografiyalarni tahlilini o‘rganish.
Tayanch so‘z va iboralar: ta’lim, kredit, modul, mutaxassislik, o‘quv faoliyat, plagiat, tadqiqot, maqola, tezis.
Xalqaro ilmiy jurnallarning aksariyati eksperimental tadqiqot natijalarini tavsiflovchi maqolaga quyidagi asosiy qismlardan iborat talabni belgilaydi: Kirish, Usullar, Natijalar va Munozara (Introduction, Methods, Results, and Discussion - IMRAD). Ba’zan Annotasiya (Abstract) ma’nosini anglatuvchi «A» harfi IMRAD qisqartmasiga qo‘shiladi va AIMRAD, deb yozilishi ham mumkin. Ilmiy maqola bo‘limlarining ichki tuzilishi batafsil tavsifi quyidagi ko‘rinishga egadir. Agar maqola nazariy izlanishlarga bag‘ishlangan bo‘lsa, unda «Methods» bo‘limi «Theoretical Basis»ga (Nazariy Asos) almashtiriladi. Maqolaning Kirish, Metodlar, Natijalar va Munozara bo‘limlari – maqolaning asosiy qismi (Article Body), deb ataladi. Muallif asosiy e’tiborni maqola asosiy qismiga qaratish kerak!
Maqola asosiy qismiga tegishli bo‘limlari ketma-ketligini o‘zgartirish mumkin emas! Qolgan bo‘limlar ketma-ketligi o‘zgarishi jurnal talablari va muallif tomonidan belgilanadi.
IMRAD formatidagi ilmiy nashrlar birinchi marta 20-asr oxirida ilmiy jurnallar sahifalarida paydo bo‘ldi. Hozirgi vaqtda ilmiy maqolalarning ushbu formati xalqaro jurnallar tomonidan ixtiyoriy ravishda qabul qilinib, universal standartga aylandi. Dastlabki tadqiqotlar natijalarining ilmiy nashrlari tarkibini birlashtirish tendensiyasi 1972 yilda, Amerika Standartlari Milliy Instituti barcha jurnallarda foydalanish ushun IMRAD formatini ma’qullagan va tavsiya qilgan paytdan boshlab kuchaydi. Zamonaviy rus, ingliz va boshqa dunyo tillarida ilmiy jurnallarining aksariyati maqolalar uchun deyarli yagona talabni qo‘yadilar.
IMRAD formati juda oddiy mantiqqa asoslangan. Maqolaning bo‘limlari tabiiy savollarga javob berish kerak:
1) Birinchi savol: tadqiqot qaysi muammoga bag‘ishlangan? (Kirish bo‘limi)
2) Ikkinchi savol: muammo qanday o‘rganildi? (Metodlar bo‘limi)
3) Uchinchi savol: Asosiy (ilmiy) topilmalar yoki kashfiyotlar qanday? (Natijalar bo‘limi).
4) To‘rtinchi savol: Natijalar nimani anglatadi? (Munozara bo‘limi)
Odatda har qanday maqola sarlavha bilan boshlanadi, undan so‘ng mualliflarning ro‘yxati, ularning ish joyi va manzili, taqdim etilgan tadqiqotni o‘tkazish joyi keltiriladi. Keyin maqola mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beradigan Annotasiya keladi va maqola so‘ngida kalit so‘zlarni (keywords) topish mumkin. Annotasiyadan keyin maqolaning asosiy qismi keladi. Adabiyotlar ro‘yxati (Literature) odatda maqolaning so‘nggida keladi.
Maqola sarlavhasi (Article title) Maqolaning sarlavhasi – bu maqola mazmunini mukammal darajada tavsiflaydigan eng oz so‘zlar birikmasidir. Sarlavha – bu maqolaning o‘qilishi haqida aytishimiz mumkin bo‘lgan yagona qism. Shubhasiz, sarlavhani eng ko‘p kitobxonlar o‘qiydilar. Ehtimol, minglab odamlar maqolaning sarlavhasini ko‘rishadi va faqatgina bir necha kishi maqolani to‘liq o‘qiydilar. Sarlavhaning vazifasi – maqolani to‘liq o‘qishga qiziqishni hosil etishdir. Maqolaga qiziqishi mavjud bo‘lganlarning e’tiborini jalb qilish uchun sarlavha maqola mazmuniga imkon qadar aniq va to‘liq mos kelishi kerak.
Shuning uchun sarlavha uchun so‘zlarni juda ehtiyotkorlik bilan tanlash kerak, ayniqsa ularning mazmuniga, ahamiyatiga va mosligiga e’tibor berish kerak. Agar sarlavha maqola mazmunini to‘g‘ri yetkazmasa, ushbu maqola mutaxassislar tomonidan hech qachon o‘qilmasligi mumkin. Maqola nomi juda uzun yoki juda qisqa bo‘lmasligi kerak va 3-15 so‘zdan iborat bo‘lishi kerak (artikl, old-qo‘shimchalar, predloglardan tashqari).
Ba’zida maqolalar sarlavhalari keraksiz so‘zlar (waste words) mavjudligi sababli juda uzun bo‘ladi, va u so‘zlar hech qanday ma’lumot bermaydigan so‘zlardir. Ko‘pincha, bunday so‘zlar sarlavhaning boshida keladi.
Yaxshi maqola sarlavhasining asosiy xususiyatlari:
1) Kamida 3 ta va 15 tadan ko‘p bo‘lmagan so‘zlardan iborat.
2) Maqolaning o‘ziga mos.
3) Keraksiz (waste words) so‘zlarini o‘z ichiga olmaydi.
Odatda, maqola sarlavhasi ega va kesimdan iborat to‘liq jumlani emas, balki, yorliqni o‘zida aks ettiradi. Faqat bir necha jurnallar to‘liq jumlalarni sarlavha sifatida ishlatishga imkon beradi. Agar siz to‘liq jumlani (ya’ni, ega va kesimli gap yoki savol ko‘rinishda) sarlavha sifatida ishlatishni istasangiz, unda uni yozishga ko‘p vaqt sarflashdan oldin, tanlangan jurnalingizda kamida shunday nomlangan bitta maqola bor-yo‘qligini bilib oling. Ya’ni, sarlavha jurnal tahrirlash qoidalariga mos bo‘lishi kerak! Qoidaga ko‘ra, maqola sarlavhasida qisqartmalar, kimyoviy formulalar, dori vositalari va reaktivlarning savdo belgilari (nomlari), tor mutaxassislikka oid, jargon so‘zlar, noodatiy, o‘zgacha yasama atamalari bo‘lishi mumkin emas. Maqola sarlavha bilan boshlangan bo‘lsa ham, ko‘pincha maqola yozilgandan so‘ng sarlavha nihoyat shakllanadi va sharhlovchilar va muharrirlarning izohlaridan keyin ham,ba’zi hollarda, tahrir qilinadi. Biroq, maqola yozishni boshlashdan oldin ushbu maqola uchun «ishchi» nom o‘ylab topish kerak.
Mualliflar ro‘yxati (List of authors)
Ilmiy etika tamoyillariga muvofiq, ilmiy nashr mualliflari faqatgina tadqiqqa haqiqiy hissa qo‘shgan, qo‘lyozmaning mazmuni uchun javobgar va uni tayyorlashda ishtirok etgan shaxslar bo‘lishi mumkin. Muallifning tadqiqotda qanday ishtirok etishini tushunishga yordam beradigan quyidagi vaziyatni ko‘rib chiqamiz:
1-Keys: «Olim A», tadqiqotning markaziy qismining bir qator tajribalarini rejalashtirgan. «Olim A» texnik «Yordamchi B»ga ushbu tajribalarni qanday o‘tkazishni aytib beradi. Tajribalar muvaffaqiyatli o‘tdi va «Olim A» maqolaning asosiy qismini tayyorladi. Bunday holda, maqolada faqat bitta muallif – «Olim A» bo‘ladi. Maqola matnida esa «Yordamchi B»ga minnatdorchilik bildiriladi.
2-Keys: 1-Keysda keltirilgan tajribalar muvaffaqiyatsiz tugagan, deb tasavvur qilamiz. «Olim A» tajribalarini o‘tkazish uchun «Yordamchi B» o‘zining metodologiyasini sinab ko‘radi. Natijada tajriba muvaffaqiyatli yakunlandi. Bunday holda, maqolada ikkita muallif bo‘lishi kerak. Birinchi muallif - «Olim A»; ikkinchi muallif - «Yordamchi B».
3-Keys: Eksperimentlar shartlari o‘zgartirilgandan so‘ng u muvaffaqiyatli amalga oshdi, ammo «Olim A» tajribalarning muvaffaqiyatiga qaramay, natijalari bir-biriga mos kelmasligini tushundi. Masalan, o‘zgargan sharoitda ma’lum bir shtammning o‘sishi uning patogenligini ko‘rsatadi va bu adabiyot ma’lumotlariga zid keladi. «Olim A» bu qarama-qarshilikni pathogen mikroorganizmlar mutaxassisi «Olim B» bilan muhokama qiladi va eksperimentda ishlatiladigan shtammning patogenligini tekshirishni so‘raydi. «Olim S» barcha tibbiy mikrobiologlar tomonidan qo‘llaniladigan standart (ya’ni, hammaga ma’lum va hech qanday novasiyasiz) prosedura yordamida patogenning shtammini tekshiradi va shtammning patogenligini tasdiqlaydi.
Maqolaning qo‘lyozmasiga bir necha muhim jumlalar qo‘shiladi va maqola nashr etiladi. Ushbu maqolada 2 nafar muallif bo‘ladi: «Olim A» va «Olim B». «Olim S»ga maqola matnida minnatdorchilik bildiriladi. Maqolada ko‘rsatilgan tadqiqot natijalariga salmoqli hissa qo‘shgan shaxslargina muallif sifatida maqolaga kiritiladi. Qolgan shaxslarga esa minnatdorchilik bildirish maqsadga muvofiqdir. Jurnal talablariga binoan, mualliflarining ismlaridan keyin, ularning ish joylari, manzillari, ish olib borilgan joyi va boshqa ma’lumotlar keltiriladi.
|
| |