Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida




Download 8,11 Mb.
bet76/165
Sana21.05.2024
Hajmi8,11 Mb.
#248969
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   165
Bog'liq
Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
- talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 5 (a’lo) baho;
- talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 4 (yaxshi) baho;
- talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 3 (qoniqarli) baho;
- talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Har bir professor o ’qituvchi o‘quv yili(semestr)ning boshida fan bo‘yicha O‘quv uslubiy majmua, ishchi dastur, baholash mezonini, taqvimiy rejalarini ishlab chiqadi. Har bir dars uchun ma’ruza matni, amaliy, amaliy, labaratoriya mashg‘ulotlari ishlanmalarini, oraliq va yakuniy nazoratdan umumiy savollar to‘plamini va mustaqil ta’lim uchun topshiriqlarni ishlab chiqadi.
Mustaqil ta’lim uchun topshiriqlar har bir dars mavzusiga alohida-alohida tuziladi.
Semestr boshida talabaga MI mavzulari va uning bajarilishining taqimiy rejasi beriladi. Talaba har bir yangi darsda yangi mustaqil ta’lim uchun topshiriq oladi va uni keyingi darsgacha bajaradi.
Talaba har bir fandan mustaqil ta’lim topshiriqlari uchun ikkitadan(aylanma) daftar tutadi. O‘qituvchi birinchi darsda bergan topshirig‘ini talabalar birinchi daftarga bajarib keladilar va ikkinchi darsda birinchi daftarni o‘qituvchiga topshiradi. Ikkinchi dars topshirig‘ini esa ikkinchi daftarga bajarib keladilar va uchinchi darsda ikkinchi daftarni topshirib birinchi daftarlarini qaytarib olishadi.
O‘qituvchi birinchi va ikkinchi dars oralig‘ida birinchi daftarlarni, ikkinchi va uchinchi dars oralig‘ida ikkinchi daftarlarni tekshiradi. Talabalar MIlarini daftardan boshqa vositalar yordamida bajarishlari ham mumkin. Talabalar har bir darsga tayyorlanib, berilgan mustaqil ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishga majbur bo‘ladilar. Bu o‘z navbatida semestr davomida TMI bajarilishi uzluksizligini taminlaydi. O‘qituvchilar semestr yakunida TMI baholash uchun vaqt ajratishga majbur bo‘lmaydi. Bir o‘qituvchi bir haftada bir guruhda o‘rtacha 2-4 soat dars o‘tadi. Bir kunda o‘rtacha ikki guruhning daftarini tekshirib chiqish o‘qituvchiga qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Download 8,11 Mb.
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   165




Download 8,11 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida

Download 8,11 Mb.