|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
|
bet | 83/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olinganTa’lim bosqichi
|
Bitiruvchilar
|
Standart darajalari
|
Umumiy o‘rta ta’lim
|
Boshlang‘ich sinf (4-sinf) bitiruvchilari
|
A1
|
Matematika chuqurlashtirilib o‘qitiladigan ihtisoslashtirilgan maktablarning boshlang‘ich sinf (4-sinf) bitiruvchilari
|
A1+
|
9-sinf bitiruvchilari
|
A2
|
Matematika chuqurlashtirilib o‘qitiladigan ihtisoslashtirilgan
maktablarning 9-sinf bitiruvchilari
|
A2+
|
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
|
Aniq fanlarga ixtisoslashtirilmagan akademik litseylar bitiruvchilari
|
B1
|
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari
|
Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan akademik litseylar bitiruvchilari
|
V1+
|
Mazkur standart asosida matematika bo‘yicha ta’lim muassasasi xususiyatlarini inobatga olgan holda davlat attestatsiyasi uchun nazorat-baholash ko‘rsatkichlari, o‘quv dasturlar ishlab chiqiladi va tegishli vazirliklarning buyruqlari bilan tasdiqlanadi.
Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta’limi tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ko‘rsatib o`tilgandek har bir boshlang`ich sinf o‘qituvchisi oldida muhim vazifa qo‘ymoqda.
Boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisining metodik-matematik tayyorgarligi deyilganda, biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematikani o‘qitish metodikasi bo‘yicha umumiy psixologik-pedagogik va matematik tayyorgarlik bilan uzyaiiy bog‘lanishda tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga matematikadan boshlang‘ich ta`lim sohasida ma`lum bilim va uquvlarni egallash va bolalarni o`qitish orqali tarbiyalashni o‘zlashtirishi kiradi.
Metodik-matematik tayyorgarlik boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisini tayyorlashning tarkibiy qismi bo‘lib, uning ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatidan ajralgan holda qaralishi mumkin emas. Ikkinchi tomondan, boshlang‘ich sinflarda matematikani o‘qitish birinchi bosqichdir, ya’ni bolalarni navbatdagi maktab matematika kursini o`zlashtirishga tayyorlash bosqichidir, yoki matematikadan tayyorligidir. Matematikadan boshlang‘ich ta`limning bu ikki jihati (aspekti) (boshlang‘ich ta`limning tarkibiy qismi va matematika oldi tayyorgarligi) metodikada o‘zining munosib aksini topishi lozim.
Boshlang‘ich matematika kursi, bir tomondan, bilimlarning boshqa sohalarida foydalaniladi va bolalarning rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang‘ich bilimlar yagona majmuini yaratadi, ikkinchi tomondan zaruriy metodologik tasavvurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
6-10 yoshli davr bolalarining eng muhim fikrlash tuzilmalarining shakllanishida mas`ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan. Mana shu bolalikda shakllantirilmagan narsalarni keyinchalik to‘ldirish juda qiyin. Shu sababli boshlang‘ich ta`lim metodikasining, xususan, matematikadan boshlang‘ich ta`lim metodikasining markaziy vazifalaridan biri o‘qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta’minlashda o`qitishning bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta’sirlarini jadallashtirishdan iborat.
Matematikadan boshlang‘ich ta’lim - tarbiyaviy vazifalari nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu o`zicha ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematikani va matematika fani xususiyatini o‘z ichiga oluvchi metodologik o‘qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) oldi. Biroq, birgina nazariy bilimlarning o‘zi, har qanday boshqa faoliyatga tayyorlanishdagi kabi yetarli emas. O‘qitishning ma’lum mazmuni va o‘qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta’sirlanadigan u yoki bu o‘quv yo‘nalishi uchun eng yaroqli usullarini tiklash va qo‘llanishini bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o‘zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarurdir.
Ayni shu boshlang‘ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang‘ich sinflar o‘qituvchisi uchun o‘quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish ayniqsa muhimdir. Kelgusidagi amaliy faoliyat uchun xususiy, amaliy, o‘quvchilar mustaqil ish natijasida xususan, amaliy, amaliy va laboratoriya ishlarida matematikani o‘qitish metodikasida bajariladigan ishlar orqali egallanadi.
Nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanishda va mashg‘ulotlarning o‘zida o‘qitish amaliyotida foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli-tuman metodik masalalar hal etilishi lozim.
Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda ular bir qiymatli yechimga ega emas. Darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o‘quv vaziyati uchun eng yaroqli yechimining o‘qituvchi tez topa olishi uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo`lish talab etiladi. Qo‘llanmada keltirilgan metodik masalalar darsda iloji boricha turli usullar bilan hal etilishi lozim.
Boshlang‘ich ta‘lim metodikasi bu xususiyatni hisobga olmaydi. O`yinda o‘qitish vositasi sifatida mutlaqo foydalanilmaydi. Mavjud didaktik o‘yinlar mantiq ilmi va matematika nuqtai nazaridan mazmunan yetarli emasligi tufayli ulardan kam foydalaniladi, shu bilan birga boshqacha yo‘l bilan o‘rganilgan materialni faqat mustahkamlash vositasi sifatida ishlatiladi.
Bolalarni 6-7 yoshdan o‘qitishning mazmuni va usullarida muammolar yuzaga keladi. Sanoqni o‘rganish, qo‘shish va ko‘paytirishni birinchi bosqichda o‘rgatish (yigirma ichida) boshlang‘ich ta’limning markaziy vazifasi bo‘lib kelgan va shundoq bo‘lib qoladi. Biroq, bu vazifa yagona bo‘lib qolmasdan, balki u bolalarni matematikani o‘rganishga yanada kengroq va har tomonlama tayyorlash ishining tarkibiy qismi bo‘lib qoladi va ushbu ikkita asosiy yo‘l bilan belgilanadi: pedagogik yo‘l, ya’ni bolalar fikrlashini qo‘llaniladigan matematik mulohazalarga tayyorlash va matematika yo‘li - ya’ni bolalarni eng muhim matematik tushunchalarni, va eng avvalo natural son va geometrik shakl tushunchalarini o‘rganishga tayyorlash.
Yosh bolalarni matematikani o‘rganishga tayyorlashda ishni nimadan boshlash yangicha yechimni taqozo etadi. Matematikani “jiddiy” o‘rganish uchun bolalarni partaga o‘tqazishdan oldin, balki, ular bilan “matematik o‘yin” o‘tkazish lozimdir.
Matematikani boshlang‘ich ta’limi metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
1. Matematikani o‘qitishdan ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash (Nima uchun matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi?).
2. Matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish) sistemalashtirilgan bilimlar darajasini o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o‘rganishda izchillik ta’minlanadi, o‘quv ishlariga o‘quv mashg‘ulotlari beradigan o‘quv yuklama hal qilinadi, ta’limning mazmuni o‘quvchilarning real bilish imkoniyatlariga mos keladi.
3. O‘qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak, ya’ni, o‘quvchilar hozirgi kunda zarur bo‘lgan iktisodiy bilimlarni, malaka, ko‘nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak?
4 . O‘qitish vositalari–darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatma-yu, qo‘llanmalar va texnik vositalarini ishlab chiqish (nima yordamida o‘qitish).
5.Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish. (darsni va ta’limning darsdan tashqari formalarini qanday tashkil etish)
O‘qitishning maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va formalari metodik sistemasining asosiy komponentlarida murakkab sistema bo‘lib, uni o‘ziga xos grafik bilan tasvirlash mumkin.
Matematika o‘qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani – o‘zining bazaviy fani bilan uzyaiiy bog‘liq.
Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda to‘plamlar nazariyasiga tayanadi.
Boshlsng‘ich sinf uchun mo‘ljallangan hozirgi zamon matematika darsligining birinchi sahifalarida biz o‘quvchilar uchun berilgan topshiriqlarga duch kelamiz: “Rasmda nyechta yuk mashinasi bo‘lsa, bir qatorda shuncha katakni bo‘ya, rasmda nyechta avtobus bo‘lsa, 2-qatorda shuncha katakni bo‘ya».
Bunday topshiriqlarni bajarish bolalarni ko‘rsatilgan to‘plamlar elementlari orasida o‘zaro bir qiymatli moslik o‘rnatishga undaydi, bu esa natural son tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
1-ilova
-
M atematika boshlang‘ich ta‘lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
|
-
Matematika o‘qitish ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash
|
-
Matematika boshlang‘ich mazmunini ijtimoiy ishlab chiqarish
|
-
O‘qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish
|
|
| |