|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
|
bet | 93/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olinganTanqidiy tafakkur. Tanqidiy tafakkur uslubi o`qituvchi qo`ygan masala yoki muammoga o`quvchi o`z fikrini bayon qilish, o`zgalar fikrini tanqidiy qayta idrok etish, o`z nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish orqali yechish yoki hal etish imkoniyatiga ega bo`lishiga asoslangandir.
Qo`llanilishi:
-o`quvchi o`z nuqtai nazarini shakllantirishga yo`naltirilgan holatlarda;
-o`quvchiga o`z nuqtai nazari, fikrini ishlab chiqish uchun imkoniyat va fursat berilishida;
-o`qituvchi o`quvchilar bilan birgalikda turli nuqtai nazariyalarni muhokama qilish jarayonida.
Afzalligi:
-o`quvchi o`z fikrini asoslay olishi;
-ta’lim oluvchilarga erkin so`zlash imkoniyati yaratilishi;
-barcha fikrlar erkin tahlil qilinishi.
Aqliy hujum. Aqliy hujum o`qituvchi qo`ygan savol yoki muammo yuzasidan har bir o`quvchi o`z fikrini bayon etishga imkon beruvchi o`quv uslubidir. Uslub mohiyati «Bir kalla yaxshi, yigirma beshtasi undan yaxshi» prinsipi bo`yicha o`qituvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol yuzasidan ehtimol tutiladigan hamma fikrlar variantini bir yerga jamlay olishda bo`lib, istisno tariqasida taъlim oluvchilarning barcha fikrlari, jumladan, aytarli to`g`ri bo`lmaganlari ham inobatga olinadi. Bayon etilgan fikrlar keyingi tahlilda o`quvchilarning qo`yilgan savol yoki muammoni to`g`ri tushunishlariga imkon beradi.
Qo`llanilishi:
-savol, topshiriq yoki muammoni hal qilishda fikrlarni erkin aytishda;
-muammoni hal qilish qobiliyatini oshirishda;
-o`quvchilarning faolligini oshirishda;
-fanga kirish va asosiy mavzu mazmunini bilib olishda.
Afzalligi:
-aytilgan fikrlar tanqid va muhokama qilinmasligi yoki baholanmasligi;
-o`quvchilarni mazmunning ilmiyligiga chukurroq jalb qilinishi;
-belgilangan vaqt doirasida barcha xohlovchilarga o`z fikrlarini bayon etish imkoniyatining berilishi.
Har kim har kimga o`rgatadi
«Har kim har kimga o`rgatadi» uslubi o`quvchilarni o`rgatuvchiga aylanishi, maъlum bilimlarni o`zlashtirgach, o`rtoqlari bilan baham ko`rish imkonini beruvchi o`qitish uslubidir. Ushbu uslubning maqsadi o`quvchilarga o`qitish jarayonida zarur bo`lgan axborot maksimumini berish, ayni paytda o`quvchida axborot olish va berishga qiziqish uyg`otishdir. Shuningdek, axborot hajmini olgan o`quvchi maъlum vaqt davomida uni iloji boricha ko`proq o`rtoqlariga yetkazadi.
Qo`llanilishi:
-o`quvchilarda axborot olish va berishga qiziqishni uyg`otishi;
-axborotni diqqat bilan eshitish va eslab qolishni taъminlashi;
-sherigining axborotini tinglab, boshqa sherik axtarish uchun.
Afzalligi:
-o`z fikrini lo`nda bayon etishi;
-tinglash va eslab qolish darajasini rivojlantirishi;
-fanga yoki mavzuga bo`lgan qiziqishini uyg`otishi.
|
| |