• Modifikatsiyalangan
  • Muayan holatni
  • Shahrisabz davlat pedagogika instituti




    Download 8,11 Mb.
    bet92/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    Guruh munozarasi. O`qitishning mazkur usuli o`quvchilarning o`zaro muloqot va fikr almashuviga asoslangan. Bunda guruhda tahlil qilish, baholash va tekshirish asosida muayan mavzu yoki savollar ishlab chiqiladi.
    Qo`llanilishi:
    -qiziqishni kuchaytirish va o`ylash, fikr yuritishga chorlashda;
    -maъruza, o`qish va boshqa usullarni mustahkamlashda;
    -mashg`ulot mazmunining asosiy qismini ishlab chiqishda;
    -muammoning ko`zda tutilgan qarorini ishlab chiqishda;
    -yakun yasash yoki tekshirishni amalga oshirishda;
    -mavzu tushunarliligini baholashda;
    -o`quvchilarni kelgusi darsga tayorlashda.
    Afzalligi:
    -o`quvchilarda qiziqishni orttiradi va darsga jalb qilinishni kuchaytiradi;
    -o`quvchilar fikr va tajriba almashish imkoniyatigi ega bo`ladilar.
    Modifikatsiyalangan-shakli o`zgartirilgan maъruza. Bu o`qitish usulida o`qituvchi mavzu mazmunini og`zaki bayon qiladi, formulalar chiqarishda o`quvchilar bilan muloqot olib boradi. Ammo, anъanaviy maъruzadan farqi o`qituvchi va o`quvchi orasida muloqot borligidadir.
    Qo`llanilishi:
    -o`quvchilarga umumiy axborot berish uchun;
    -fanga kirish va asosiy materiallarni berish uchun;
    -qaysidir turdagi faoliyatni boshlashdan oldin, namoyish qilish, rolli o`yin va boshqa turdagi usullarni qo`llashda;
    -ta’rif, qoida formulalarni masala yoki laboratoriya ishlarida qo`llashni namoyish qilishda.
    Afzalligi;
    -tezkorlik bilan amalga oshirilishi;
    -darsga kerak bo`lgan ko`rgazmali qurollar, ko`rsatma materiallarning tayorlanishi;
    -katta guruhlarda samaradorligi;
    -kam resuruslar talab qilishi;
    -boshqa usullar bilan birgalikda qo`llash mumkinligi;
    -guruhni birgalikda ushlash imkonini berishi.
    Muayan holatni (vaziyatni) o`rganish. Bu o`qitish usuli real hayotdagi vaziyatni batafsil muhokama qilishdan iborat. U usul kichik guruhlarda o`tkazilib, o`qish, o`rganish, tahlil qilish, muhokama va erkin fikr almashish hamda qaror qabul qilish va bu qarorni boshqalarga yetkazishni taqoza qiladi.
    Qo`llanilishi:
    -dars mazmunini har tomonlama o`ylab so`zlashga o`rgatishda;
    -muammoni hal qilish qobiliyati, tanqidiy fikrlash va fikr yuritishni shakllantirishda;
    -boshqaruv tamoyillarini namoyon qilishda.
    Afzalligi:
    -o`quvchilarning faolligi va jalb qilinishini mustahkamlaydi;
    -taъlim olish tugagandan so`ng taqozo qilinadigan ijroni modellashtirishga yordam beradi;
    -o`qitishni kuzatish mumkinligi.

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   165




    Download 8,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shahrisabz davlat pedagogika instituti

    Download 8,11 Mb.