• Tayanch so‘z va iboralar
  • «Aqliy hujum».
  • -mavzu: INTERFAOL METODLAR




    Download 8,11 Mb.
    bet95/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    26-mavzu: INTERFAOL METODLAR
    Reja:
    1. O‘quvchilarning faollik darajasiga ko‘ra qo‘llaniladigan metodlar.
    2. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalaninsh.
    3. Matematika darsida nazorat turlari va ularni tashkil qilish, o‘quvchilarning daftar bilan ishlashda qo‘llaniladigan metodlar.


    Tayanch so‘z va iboralar: ta’lim, kredit, modul, mutaxassislik, o‘quv faoliyat, interfaol metodlar, metodika, fan, o‘qitish.
    Interfaol ta'lim usullari.
    Ta'limning vizual usullari yoki zamonaviy tovushda interaktiv - o‘quv materialini mukammal o‘zlashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Innovatsiya sifatida interaktiv yondashuv XX asrning 90-yillari boshlarida paydo bo‘ldi. va hozirda faol foydalanilmoqda. Interfaol usullar quyidagi muammolarni hal qilishga qaratilgan:
    -talabalar uchun qulay sharoitlar yaratish;
    -muloqot va o‘zaro munosabatlarga, jamoada ishlashga o‘rgatish;
    -kasbiy malaka va fikrni shakllantirish;
    -o‘quv jarayonida nizo va kelishmovchiliklarni bartaraf etish.
    Interfaol usullarga misollar:
    Aqliy hujum o‘qitish usuli sifatida 30-yillarning oxirida ixtiro qilingan. A.Osborn. Aqliy hujum ko‘p miqdorda tashlanadigan va dastlabki bosqichda tahlil qilinmaydigan ijodiy echimlarni rag‘batlantirishni o‘z ichiga oladi.
    Sinektika ilg‘or aqliy hujum evristikasi. Bir-biriga o‘xshamaydigan, nomuvofiq ma'no elementlari va ishtirokchilar o‘xshashlik yoki mos kelmaydigan ob'ektlarning aloqa nuqtalarini izlash orqali ijodiy tasavvurni rivojlantiradi.
    «Aqliy hujum». Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo‘llaniladigan metod sanalib, u mashg`ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o‘z tasavvurlari va g`oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko‘nikma hamda malakalarni xosil qilishga rag`batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan mashg`ulot jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug`iladi. «Aqliy hujum» metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga muqobil bo‘lgan g`oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
    Mashg`ulotlar jarayonida «Aqliy hujum» metodidan foydalanishda bir necha qoidalarga amal qilish talab etiladi. Ushbu qoidalar quyidagilar:
    1. Mashg`ulot ishtirokchilarini muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ular tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish.
    2. Har bir ta’lim oluvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g`oyalar miqdori rag`batlantirilib boriladi. Bu esa bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullarini tanlab olishga imkon beradi. Bundan tashqari fikrlarning rag`batlantirilishi navbatdagi yangi fikr yoki g`oyalarning tug`ilishiga olib keladi.
    3. Har bir ta’lim oluvchi o‘zining shaxsiy fikri yoki g`oyalariga asoslanishi hamda ularni o‘zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikr (g`oya)larni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o‘zgartirish ilmiy asoslangan fikr (g`oya)larning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
    4. Mashg`ulotlar jarayonida ta’lim oluvchilarning har qanday faoliyatlarini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo‘l qo‘ymaydi.
    Agarda ularning fikr (g`oya)lari baholanib, boriladigan bo‘lsa, ta’lim oluvchilar o‘z diqqatlarini, shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda ular yangi fikrlarni ilgari surmaydilar. Mazkur metodni qo‘llashdan asosiy maqsad ta’lim oluvchilarni muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga rag`batlantirish ekanligini etibordan chetda qoldirmagan holda ularning faoliyatlarini baholab borishning har qanday usulidan voz kechish maqsadga muvofiqdir.Mashg`ulot jarayonida ushbu metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagilarga amal qilish lozim:
    1.Mashg`ulot ishtirokchilarining o‘zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratib berish.
    2.G`oyalarni yozib berish uchun yozuv taxtasi yoki varaqalarni tayyorlab qo‘yish.
    3.Muammo (yoki mavzu)ni aniqlash.
    4.Mashg`ulot jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan shartlarni belgilash.
    Shartlar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
    a) ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilayotgan xar qanday g`oya baholanmaydi;
    b) ta’lim oluvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlarini ilgari surishlari uchun qulay muxit yaratiladi;
    v) g`oyalarning turlicha va ko‘p miqdorda bo‘lishiga ahamiyat qaratiladi;
    g) boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni yodda saqlash, ularning fikrlariga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, bildirilgan fikrlar asosida muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning ta’lim oluvchilar tomonidan sodir etilishiga erishiladi.
    5. Bildirilayotgan g`oyalarni ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga erishish va ularni yozib olish.
    6. Muayyan qog`oz varaqlari g`oya (yoki fikr)lar bilan to‘lgandan so‘ng ularni yozuv taxtasiga osib qo‘yish.
    7. Bildirilgan fikrlarni yangi g`oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash.
    8. Boshqalar tomonidan bildirilgan fikr (g`oya) lar ustida kulish, ularga nisbatan kinoyali sharhlarning bildirilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
    9.Ta’lim oluvchilar tomonidan yangi g`oyalar bildirilishi davom etayotgan ekan, muammoning yagona to‘g`ri yechimini e’lon qilishga shoshilmaslik.
    Aqliy hujum metodi to‘g`ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi. «Fikriy hujum» metodi Bu metod o‘quvchilarning mashg`ulotlar jarayonida faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag`batlantirish hamda bir xil fikrlashdan ozod etish muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g`oyalarni to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish, yechish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni yechishga o‘rgatish uchun xizmat qiladi. «Fikriy hujum» metodi. A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib, uning asosiy tamoyili va sharti mashg`ulot (bahs)ning xar bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag`batlantirishdan iboratdir. Bundan ko‘zlangan maqsad ta’lim oluvchilarning mashg`ulot (bahs) jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muvaffaqiyatli foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko‘lamining kengligiga bog`liq bo‘ladi. «Fikriy hujum» metodidan foydalanish chog`ida ta’lim oluvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg`ulot bir soat tashkil etilishi mumkin.«Fikrlarning shiddatli hujumi» metodi
    Mazkur metod Ye.A.Aleksandrov tomonidan asoslangan hamda G.Ya.Bush tomonidan qayta ishlangan. «Fikrlarning shiddatli hujumi» metodining mohiyati jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir ta’lim oluvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish hamda ta’lim oluvchilarda ma’lum jamoa (guruh) tomonidan bildirilgan fikrga 2 qarshi g`oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iboratdir.Ushbu metoddan foydalanishga asoslangan mashg`ulot bir necha bosqichda tashkil etiladi. Ular quyidagilardir:

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   165




    Download 8,11 Mb.