|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
|
bet | 97/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olinganB-B-B jadvali
Bilaman
|
Bilmoqchiman
|
Bilib oldim
|
|
|
|
Masalan: Matn o‘quvchilarga tarqatiladi. O‘quvchilar yakka tartibda (7 daqiqa) matn bilan tanishadilar. So‘ngra guruhlarda yuqorida qayd etilgan jadvalni to‘ldiradilar.«Bumerang» texnologiyasi
Bu texnologiya o‘quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab bera olish, fikrini erkin xolda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o‘quvchi-talabalarni baholay olishga qaratilgan.
Maqsad: trening davomida tinglovchilarga tarqatilgan materiallarni ular tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda o‘zaro suhbat munozara orqali, turli savollar, tarqatma materiallar va undagi matnlar qay darajada o‘zlashtirilganini nazorat qilish. Trening davomida o‘quvchi-talabalar tomonidan baho ballarini egallashga imkoniyat yaratish.
O‘tkazish texnologiyasi.
1-bosqich. Trening to‘g`ridan-to‘g`ri tinglovchilarni 4-5 kishidan iborat kichik, guruhlarga bo‘lishdan boshlanadi; trener har bir guruh va uning har bir a’zosiga mustaqil o‘rganish, fikrlash va yodda saqlab qolish uchun alohida-alohida aniq yozma tarqatma material beradi tarqatma materialda trener tomonidan tanlangan umumiy mavzu bo‘yicha biron bir hajmdagi matn berilgan, ularning soni guruhlar va tinglovchilar soniga bog`liq. Agar 4 ta kichik guruh bo‘lsa, u holda umumiy mavzu 4 ta kichik matnlarga bo‘linib har bir guruhga beriladi; faoliyat samarali bo‘lishi uchun har bir guruhga berilgan matindan har bir tinglovchiga beriladi. Shunday qilib, 4 ta guruh umumiy mavzu asosida 4 xil matnga ega, har bir tinglovchi esa o‘z guruhiga tushgan matnga ega bo‘ladi.
2-bosqich. Guruhlarga berilgan matnni guruh a’zolari yakka tartibda alohida o‘rganishlari, matinni eslab qolishlari, keyin kerak bo‘lganda trenerga yoki boshqalarga gapirib berishlari, iloji boricha matnni o‘zlashtirib olishlari kerakligini trener uqtiradi va tayyorgarlik uchun matnni katta-kichikligiga qarab 10-15 daqiqa vaqt beradi. O‘zi esa guruh va tinglovchilarni ish faoliyatini kuzatadi.
3-bosqich. Trener oldindan tayyorlab qo‘yilgan raqamlar yozilgan kichik qog`ozlar bilan har bir guruh yoniga kelib guruh a’zolaridan ushbu qog`ozlardan bittadan raqam tortib olishlarini so‘raydi (qog`ozlar soni guruhdagi tinglovchilar soniga bog`liq, masalan: guruhda 5 kishi bo‘lsa, qog`ozdagi raqamlar 1,2,3,4,5 etib tayyorlanadi, agar 4ta bo‘lsa 1 dan 4 gacha va h.) guruhlardagi barcha tinglovchilar raqamlar yozilgan qog`ozdan olishlari kerak. Nechta guruh bo‘lsa, shuncha guruh a’zolari soniga qarab raqamlar yozilgan qog`ozlar tayyorlanadi.
Trener raqamlar bo‘yicha tinglovchilardan yangi guruhlar tuzishlarini so‘raydi. Masalan: hamma 1 raqamini olganlar bitta yangi guruh, 2 raqamlilar ikkinchi guruh, 3 raqamlilar uchinchi guruhni, 4 raqamlilar 4 chi guruhni, 5 raqamlilar beshinchi guruhni tashkil etishlarini so‘raydi. Guruh a’zolari yangi guruhga o‘tishlarida o‘zlari bilan o‘rgangan matnlarini oladilar.
4-bosqich. Raqamlar bo‘yicha yangi guruhlar tuzilganda har bir yangi guruhda avvalgi guruhlardan bittadan vakillar o‘z-o‘zidan to‘planib qoladi, ya’ni 4 ta guruhda 4 xil matn o‘rganilgan bo‘lsa bu yangi guruhda har bittasidan bittadan vakil to‘planadi, umumiy mavzu bo‘yicha 4 tinglovchi va 4 xil matn to‘planadi.
5-bosqich. Yangi tuzilgan guruhning har bir a’zosi endi o‘ziga 2 ta vazifa, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchi vazifasini oladi va quyidagicha faoliyat ko‘rsatadi:
1. O‘qituvchi (o‘rgatuvchi) sifatida, o‘zi avval o‘rgangan materialni gapirib beradi, tushuntiradi, o‘zi mustaqil o‘rgangan materialning asosiy joylariga barchani diqqatini jalb qiladi, boshqa guruh a’zolarining tushunish va o‘zlashtirish qobiliyatlarini tekshiradi.
2. O‘quvchi sifatida, guruh a’zolarini navbatma navbat so‘zlab, tushuntirayotgan, gapirayotgan matnlarini eshitadi, tahlil qiladi, fikrlaydi va yodda saqlab qolishga harakat qiladi. Trener esa ularga o‘z tekstlarini faqat so‘zlab berishlari kerakligini uqtiradi va bunga 20 daqiqa vaqt beradi (matn xajmiga va umumiy mazmunining qiyin osonligiga qarab vaqt ajratiladi). Bu bosqichda trening boshlanishida tarqatilgan barcha material tinglovchilar tomonidan o‘zlashtirilgan hisoblanadi.
|
| |