Shahrisabz davlat pedagogika instituti




Download 8,11 Mb.
bet98/165
Sana21.05.2024
Hajmi8,11 Mb.
#248969
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   165
Bog'liq
Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

6-bosqich. Guruhdagilar bir-birlariga o‘z matnlarini gapirib berib, barchalari ushbu matnlarni bilib olishgach, trener o‘rganilgan material guruh a’zolari tomonidan qanchalik o‘zlashtirib olinganini tekshirib ko‘rish uchun har bir guruh a’zosi bir-birlariga o‘z matnlaridan kelib chiqqan holda savollar berishlari mumkinligini tushuntiradi. Shunday qilib, guruh ichida ichki nazorat savol-javob orqali o‘tkaziladi. Bu esa guruhdagi tinglovchilarni bir-birlariga so‘zlab bergan materiallarini boshqalar tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlashga, mustahkamlashga yordam beradi.
7-bosqich.Tinglovchilar yana avvalgi joylariga qaytishlari so‘raladi, ya’ni yana hamma mashg`ulot boshlanishidagi guruhlariga qaytadilar.
8-bosqich. Trener auditoriyadagi tinglovchilarning barchasi hammaga tarqatilgan yozma materiallar bilan tanish ekanliklari, ular haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lganliklarini hisobga olgan holda auditoriyadagi har bir o‘quvchidan xohlagan materialni so‘rashi mumkinligini aytadi.
9-bosqich. Tarqatilgan materiallarning tinglovchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilganligi darajasini aniqlash maqsadida o‘qituvchi yoki mahsus guruh yoki opponent guruhi tomonidan berilgan nazorat savollariga javoblarni reyting ballari orqali baholanishi tushuntirladi, masalan: savollarga berilgan javoblar - agar to‘liq javob bo‘lsa - 3 ball, qo‘shimcha qilinsa - 2 ball, o‘tirgan joyida luqma tashlasa - 1 ball, javob berilmasa - 0 ball qo‘yilishi belgilanadi.
Baho sistemasida-to‘liq javob uchun - 5 baho, qo‘shimcha uchun 4-baho, luqma tashlansa-3 baho, javob bermasa-2 baho, umuman ishtirok etmasa-1 baho qo‘yishni belgilash mumkin.
Guruh a’zolarining javoblarini yuqorida ko‘rsatilgan tartibda baholash, ballarni qo‘yib borish, umumlashtirish uchun har bir guruh o‘ziga guruh qatnashchilaridan birini «hisobchi» etib tayinlashi mumkin («hisobchi» ham davrada bo‘layotgan savol javoblar muloqotida ishtirok etadi).
10-bosqich. Bu bosqichda trener tarqatma materiallar asosida tuzilgan savollar (5-6 ta) bilan o‘quvchilarga murojat qiladi (savollar iloji boricha hamma matnlarga tegishli bo‘lgani ma’qul, shuningdek trener auditoriyadagi barcha o‘quvchilarni javob berish uchun qamrab olishga harakat qiladi). Berilgan savollarga javob berish tugagach, trener doskaga guruhlar tomonidan to‘plangan ballarni yozadi va mashg`ulotning keyingi bosqichiga o‘tadi.
11-bosqich. Trener har bir guruhni o‘z yozma materiallarining mazmunidan kelib chiqqan holda bittadan savol tayyorlashlari kerakligini aytadi va guruhlarga savol tuzishlari uchun 5-7 daqiqa vaqt ajratadi.
12-bosqich. Guruhlar bir-birlariga savollar beradilar, guruhlardagi «hisobchilar» guruh a’zolarining javoblarini yuqorida belgilangan tartibda baholab boradilar. Javoblar to‘g`ri bo‘lsa, savol bergan guruh javobni to‘ldirmaydi.
13-bosqich. Trener guruh a’zolari to‘plagan ballarni yana bir marotaba doskaga yozadi va to‘plangan ballar (baholar)ning umumiy sonini aniqlaydi. To‘plangan ballar (baholar)ni umumiy sonini guruh a’zolariga teppa-teng bo‘ladi (yuqorida keltirilganlik asosida).
Izoh: agar to‘plangan ballarni guruh a’zolariga teppa-teng bo‘lishda o‘quvchilar tomonidan norozilik bo‘lsa, ya’ni ba’zi guruh a’zolari guruhning faoliyatida faol ishtirok etib, umumiy jamoaviy faoliyatda passiv bo‘lgan bo‘lishsa, yoki umuman ishtirok etmagan, qiziqmagan bo‘lishsa, bunday holatda vaziyatni yechishni guruh a’zolariga yuklatiladi. Guruhning yechimi to‘g`ri hisoblanadi, yoki trener-o‘qituvchi o‘z fikrini bildirishi mumkin, chunki u dars jarayonida o‘quvchilarning javoblari, faol yoki passivliklarini kuzatib boradi.
Agar o‘quvchi faollik ko‘rsatmagan, yoki savol javoblarda ishtirok etmagan bo‘lsa ham uning shu dars jarayonida biron narsani bilib olgani, eslab qolib o‘zlashtirganini hisobga olgan holda unga eng kichik ball berilishi mumkin. Bu o‘quvchini keyinchalik shu shakldagi darslarda faolroq bo‘lishga undaydi. Yuqoridagi kabi vaziyat vujudga kelsa uni yechimini har bir o‘qituvchi sharoitga, faoliyatga qarab o‘zi hal etishi yoki guruh, jamoaga tashlashi mumkin.
Ba’zi guruhning «hisobchilari» ballarni qo‘yishda noaniqlik yoki qo‘shib yozishlari mumkin, natijada, ba’zi guruhlarning umumiy to‘plagan ballari boshqa guruhlarnikidan katta farq qilishi mumkin. O‘quvchi talabalarning haqqoniy baholanishlari ularning tanlagan «hisobchi»lariga bog`liq ekanligini o‘qituvchi eslatib o‘tadi. Agar umumiy to‘plangan ballarni guruh a’zolariga taqsimlanganda shu mashg`ulot uchun belgilangan maksimal balldan ortib ketgan bo‘lsa, u holda shu mashg`ulot uchun kerakli ballni olib qolib, ortiqchasini keyingi mashg`ulotlarga yoki yakuniy nazoratga o‘tkazish mumkin.
14-bosqich. Har bir talabaga ballar qo‘yilgach (har bir o‘quvchi baholangach) trener mashg`ulotga yakun yasaydi. O‘quvchi talabalarning faoliyatiga baho beradi, berilgan javoblarga o‘z fikrini bildiradi va quyidagi savollar bilan ularga murojat qiladi:
-bugungi mashg`ulotdan nimalarni bilib oldingiz?
-nimalarni o‘rgandingiz?
-nimalar siz uchun yangilik bo‘ldi?
-yana nimalarni bilishni istar edingiz?
15-bosqich. O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini diqqat bilan tinglab ularga minnatdorchilik bildiradi va darsni yakunlaydi. Yozma bahslar O‘quvchilarga sinfdoshlar bilan birgalikda hozirgi vaqtda jamoatchilik fikrini to‘lqinlantirayotgan mavzularda dialoglar rejalashtirish imkonini berish kerak. Yozma bahslar metodikasi yozma shakldagi bunday dialoglarni sinfdagi barcha o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazish imkonini beradi. Metod o‘quvchilarning berilgan mavzu sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish sharoitini yaratadi. Munozara madaniyatini o‘rgatish, asoslash qobiliyatini rivojlantiradi.
O‘tkazish texnologiyasi:
1-bosqich. Mashg`ulot boshlanishidan avval stollarni quyidagi rasmdagidek qo‘yib chiqing (4 guruh ikki stolda qarama-qarshi, ammo bir-biriga bevosita yaqin joylashadi).
2-bosqich. Ta’lim oluvchilarga yozma debatlar o‘tkazish uslubiyati haqida gapirib berib.
-debatlar-ikki tomon o‘rtasidagi yozma muloqot shaklidir;
-debatlar ikki o‘quvchi yoki o‘quvchilar guruhlari o‘rtasida o‘zaro olib borilishi mumkin;
-ushbu uslub bahsli, mavzularni muhokama qilganda ayniqsa foydalidir;
-munozara paytida o‘quvchilar faqat o‘z asosli dalillarini taqdim etadi, qolaversa boshqa tomonning asosli dalillariga javob beradi;
-texnika o‘quvchilarning muhokama qilinayotgan muammolariga doir bilimlarni chuqurlashtiradi, munozara madaniyatini o‘rgatadi, asoslab berish malakasini oshiradi;
-o‘qituvchi qo‘lga kiritgan ajoyib material baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
3-bosqich. Ishtirokchilarni 3 guruhga bo‘ling. Guruhlarni stolga o‘tkazing. Bu mashqda 1-4 guruhlar mavzuni qo‘llab-quvvatlashini, 5-8 guruhlar esa qarshi chiqishini tushuntiring. 1-guruh 5-guruh, 2-guruh 6-guruh, 3-guruh 7-guruh, 4-guruh 8-guruh bilan bahs yuritadi. 1-4 guruhlarga qizil, 5-8 guruhlarga qora rangli flomaster tarqating. Debat yuritiladigan jadvalni tanishtiring. Asosiy tamoyillarni eslating. 1-4 guruhlarga jadvallarni topshirib, mashq boshlanishi uchun signal bering.
4-bosqich. Mashq yakunlanganidan so‘ng debatlarni birinchi tugatgan guruhlar vakillaridan plakatlarni o‘qishni iltimos qiling (biron-bir sharhsiz). Agar ihtiyoringizda vaqt qolsa, boshqa guruhlardan ham o‘z plakatlarini o‘qib berishni iltimos qilish mumkin.
Mavzu: (O‘qituvchi tanlaydi) __________________________________
Ha
Sizning eng kuchli asosli dalillaringiz?____________________________
Yo‘q
Boshqa tomonning asosli daliliga javob qaytaring? Sizning eng kuchli asosli dalillaringiz?
Javob
Asosli dalil___________________________________________________
Javob
Asosli dalil___________________________________________________
Javob
Asosli dalil___________________________________________________
Javob
Yakun:______________________________________________________



Download 8,11 Mb.
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   165




Download 8,11 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Download 8,11 Mb.