|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
|
bet | 100/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olingan«Klaster» metodini o‘tkazish texnologiyasi:
1-bosqich. Nimaniki o‘ylagan bo‘lsangiz, shuni qog`ozga yozing. Fikringizni sifati to‘g`risida o‘ylab o‘tirmay, ularni shunchaki yozib boring.
2-bosqich. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.
3-bosqich. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to‘xtamang. Agar ma’lum muddat biror-bir g`oyani o‘ylay olmasangiz, u holda qog`ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g`oya tyg`ilgunga qadar davom ettiring.
4-bosqich. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g`oyalarni ilgari surish hamda mazkur g`oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog`liqlikni ko‘rsatishga harakat qiling. Foyalar yig`indisining sifati va ular o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatishni cheklamang.Stil va stil g`oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan «Klaster» metodi puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, undan ta’lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg`ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Kichik guruhlarni tashkil etish Sinf guruhlarda ishlaydigan birinchi mashg`ulot hal qiluvchi mashg`ulot xisoblanadi. U keyinchalik guruhli ishlarga yo‘nalish beradi. Shuning uchun mana shu birinchi martada qator shartlarga rioya qilish juda muhim.
Birinchi guruh uchun:
1. O‘qituvchi guruhni belgilaydi.
2. Qat’iy rahbarlik qilishi mumkin bo‘lgan eng faol yoki boshqa o‘quvchilar haqida o‘ylab ko‘ring.
3. Eng zehnli yoki juda qobiliyatli o‘quvchilardan tanlab har bir guruhga kiriting.
4. Zehni o‘tkir bo‘lmagan o‘quvchilarni ham tanlab, har qaysi guruhga taqsimlang.
5. Guruhni 4 ishtirokchi bilan (nazaringizda bir-biriga munosib) to‘ldiring.
6. Rahbarni guruh bilan oldindan uchrashtiring va ular vazifasini tushuntiring.
7. Mashg`ulotlarda guruh vazifasini va rahbar vazifasini tushuntiring.
8. Har bir guruh doira shaklida o‘tirsin. Har bir ishtirokchi hammani ko‘rmaguncha guruh ish boshlay olmaydi.
9. Ish vaqtida doimo hap bir guruh atrofida yuring.
Muhokama oxirida o‘z kuzatuvlaringizni ayniqsa har bir guruhdagi yaxshi g`oyaga e’tiborni qaratib gapirib bering.
Kichik guruhlarda ishlash uchun maslahatlar:
1. O‘quvchilar ishni bajarishi uchun bilim va malakaga ega ekanligiga ishonch hosil qiling.
2. Guruhga aniq yo‘riqlar ko‘rsating. Gypuhlar 1 yoki 2 yo‘riqdan (hatto) juda tushunarli bo‘lsa ham) ko‘piga rioya etishi amrimahol.
Z. Kichik guruh uchun berilgan vazifaning bajarilishiga yetarlicha vaqt bering. Boshqa gypuhlapga nisbatan vazifasini erta bajargan guruhni band qilish yo‘llarini o‘ylab ko‘ring.
4. Murakkab dasturni ishlab chiqish kerak bo‘lganda guruhni 2-5 kishidan tuzing. Kichik guruhda muhokama qilish uchun 5 kishi yetarli.
5. Kichik guruhdagi ishlarni sinf uchun me’yorga aylantiring.
6. Baholash va mukofotlash tizimingiz kichik guruhdagi ishlarga qanday ta’sir qilishi haqida o‘ylab ko‘ring. Muvaffaqiyatli guruhiy ish uchun guruhga mukofot tayyorlang.
7. Guruh ishi natijalarining qanday topshirilishini aniq tushuntiring. Guruh ishi haqida sinfga kimdir e’lon qilishi kerak bo‘lsa, uni oldindan tanlab qo‘ying.
8. Jamoa bo‘lib o‘rganish vaqtidagi shovqinga ko‘nikish uchun tayyorgarlik ko‘ring.
9. Guruh tashkil qilayotganda o‘quvchilarga «tazyiq» ko‘rsatmang. Odatda turli xil guruhlar maqsadga muvofiq.
10. Har qanday sharoitda ham guruh bilan samimiy munosabatda bo‘ling, guruhda ro‘y berayotganlarni kuzating va baholang. «Komandada o‘qitish» metodi Komandada o‘qitishda o‘quvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari o‘quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o‘quvchi mavzudan ko‘zda tutilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga e’tiborni qaratadi.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo‘lgan R.Slavinning ta’kidlashicha, o‘quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko‘rsatma berilishi yetarli emas. O‘quvchilar o‘rtasida tom ma’nodagi hamkorlik har bir o‘quvchining qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o‘quvchining kundalik natijasi avval qo‘lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi.
Shundagina o‘quvchilar o‘zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishni anglagan holda mas’uliyatni his qilib, ko‘proq izlanishga, bilim, ko‘nikma va malakalarni puxta o‘zlashtirishga intiladi.Kichik guruhlarda hamkorlikda o‘qitish Bu yondoshuvda kichik guruhlar 4 ta o‘quvchidan tashkil topadi. O‘qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so‘ngra o‘quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O‘quvchilarga berilgan o‘quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o‘quvchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o‘quvchi o‘zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o‘rtoqlarini o‘qitadi, so‘ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O‘qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.
O‘quvchilarning kichik guruhlardagi o‘quv faoliyati o‘yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi 1976-yili Tel-Aviv universiteti professori Sh.Sharan tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodda ko‘proq o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e’tibor qaratiladi.
O‘quvchilar alohida-alohida yoki 6 kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda o‘rganish lozim bo‘lgan o‘quv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qismlar yuzasidan topshiriqlar har bir o‘quvchiga taqsimlanadi. Shunday qilib, har bir o‘quvchi umumiy topshiriqning bajarilishiga o‘z xissasini qo‘shadi. Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara o‘tkaziladi. Guruh a’zolari birgalikda ma’ruza tayyorlaydi va sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘z ijodiy izlanishlari natijasini e’lon qiladi. Kichik guruhlar o‘rtasida o‘tkazilgan o‘quv bahsi, munozara o‘quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatining natijasi, yakuni sanaladi. Hamkorlikda ishlash natijasida qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf jamoasining har bir o‘quvchining muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga, kichik guruhlarni, umuman sinf jamoasini jipslashtirishga, avval o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llanib, yangi bilimlarning o‘zlashtirishiga bog`liq bo‘ladi.«Nuqtai nazaring bo‘lsin» metodi Uslub maqsadi:
o‘quvchilar muayyan muammoga o‘z nuqtai nazarini asosli dalillab, ximoya qilishga o‘rganadilar;
o‘quvchiga muammo muhokamasi jarayonida o‘z fikrini o‘zgartirish imkonini berish;
o‘qituvchi barcha o‘quvchilarni munozaraga jalb etish va sinfdagi hamma o‘quvchilar o‘rtasida munozara jonlanishini yuzaga keltirishi mumkin.
«Nuqtai nazaring bo‘lsin» uslubi o‘quvchilar o‘rtasida munozara yuzaga kelishi va ular munozara jarayonida o‘z fikrlarini o‘z sinfdoshlaridan ularning nuqtai nazarini o‘zgartirishga ishontiradigan g`oyalarni eshitib o‘zgartirish yoki avvalgisini mustahkamlash imkonni berish maqsadida qo‘llanadi. O‘quvchilar shuningdek, maktab, mintaqa, respublika va jumla insoniyat uchun xarakterli bo‘lgan eng dolzarb muammolar o‘z nuqtai nazarlarini asosli dalillash va himoya qilishga o‘rganadilar.
O‘quvchi ochiqdan-ochiq savollar uslubi bilan odatda dars jarayonida faol bo‘lmagan o‘quvchilarni munozarada ishtirok etishga majbur qiladi.
Mashqni o‘tkazish uslubiyati
1. Tayyorgarlik: o‘qituvchi sinfning to‘rt burchagiga yoki sinfning ma’lum ochiq makoniga to‘rtta tablichka osib qo‘yadi.
2. Sinf o‘lcham yoki o‘quvchilar soniga bog`liq holda olti yoki sakkiz ko‘ngillini chaqiradi. Bordi-yu, o‘yinda sinf o‘quvchilarning bir qismi ishtirok etsa, unda qolganlari o‘z joylarida o‘tiraveradilar.
3. O‘yin paytida band bo‘lishi uchun ishtirok etmayotgan o‘quvchilarga ham topshiriq berish zarur.
O‘yining o‘zini boshlashdan avval o‘qituvchi darsga yo‘l-yo‘riqlar berishi zarur, jumladan:
1.Takidlov o‘qib berilganidan keyin o‘z fikringizga muvofiq tablichkalar yonidan joy egallang.
2. O‘z nuqtai nazaringizni asosli dalillab berishga shay turing.
3. Agar muammoga nuqtai nazaringizni o‘zgartirishga undovchi asosli dalilni eshitsangiz, o‘z o‘rningizni almashtirishingiz mumkin.
4.Sinfdoshlaringiz takidlariga o‘z fikringizni bayon etishga shay turing.
5. O‘qituvchi o‘yinda ishtirok etmayotgan o‘quvchilarga topshiriqlar beradi, masalan:
-ularning fikricha eng ahamiyatli takidlovlarni yozib borish;
-o‘yin jarayonida o‘z o‘rnini o‘zgartirmagan o‘quvchilarni yozib borish;
-eng asosli dalillab berilgan javoblarni yozib borish.
|
| |