|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
|
bet | 102/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olinganNazorat uchun savollar:
1. O‘quvchilarning faollik darajasiga ko‘ra qanday metodlar qo‘llaniladi?
2. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati.
3. Matematika darsida qanday nazorat turlaridan foydalanish lozim.
4. O‘quvchilarning daftar bilan ishlashda qanday metodlar qo‘llaniladi?
Foydalanilgan adabiyotlar:
Jumayev M. ”Matematika o‘qitish metodikasi”. (OO‘Y uchun darslik.) Toshkent. “Turon-Iqbol”, 2016-yil.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2014. -46 b.
Maktab matematika darsliklari.2020-yil.
http://www.ziyonet.uz/
27-mavzu: BOSHLANG‘ICH SINFDA MATEMATIKA O‘QITISHNI TASHKIL QILISH SHAKLLARI
Reja:
1. Dars, dars mazmuni, texnologik xaritalar tuzish.
2. Matematika darslarida asosiy didaktik maqsadlar.
3. Muammoli dars va uni tashkil qilish usullari. Darsni tahlil qilish.
Tayanch iboralar: Dars,dars turlari, didaktik maqsadlar,darsning vazifalari.
Dars va unig vazifalari. Dars o‘qitish jarayoning asosiy bo‘ginidir. “Dars” so‘zining dastlabki ma’nosi- bu ma’lum muddatga bajarilishiga kerak bo‘lgan mehnat topshirig‘idir. Dars o‘quv shakli sifatida XVII asrdan ya’ni 300 yildan buyon mavjud. Darsni bolalar faqatginia o‘qib olmasdan balki jamoa bo‘lib ishlaydir unda muloqotga bo‘lish qoidalariga o‘rganadilar va har biri alohida o‘rganilayotgan narsada bir-biriga o‘qituvchiga o‘z munosabatlarini bildiradilar ana shu narsa tarbiyadir.
Darsning tuzilishi haqidagi masala matematika metodikasining umumiy qismi asosiy masalalardan biridir.
Matematika darslarining tuzilishi xususiyatlarini tamoman tushunib olish uchun har bir darsning tuzilishida hisobga olish lozim bo‘lgan didaktik qoidalar bilan tanishib olish va darsning tuzilishiga qanday bo‘lmasin ta’sir qiladigan matematika su jumladn arifmetikada xos bo‘lgan xususiyatlarni nazarda tutish kerak.
|
| |