|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
|
bet | 104/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olingan1. Murakkab darslar - boshlang`ich sinflarda eng ko`p o`tiladi.
Tuzilishi:
1. Uy vazifasini tеkshirish.
2. Maxsus og`zaki mashqlar.
3. O`quvchilar oldiga dars maqsadini qo`yish.
4. Yangi matеrialni idrok qilishga tayyorlash.
5. Yangi matеrialni o`rganish.
6. Yangi matеrialni mustahkamlash.
7. O`tilganlarni takrorlash.
8. Darsni yakunlash va uyga vazifa bеrish.
2. Yangi matеrialni o`rganish darslari - murakkab va yangi matеrialni o`rganish darslari tuzilishi jihatidan o`xshash. Ammo, yangi matеrialni o`rganish darslarida asosiy vaqt yangi mavzuga bеriladi. M: 20-25 minut. (Mus. 10-15 m).
3. Bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash - bunday darsning maqsadi olingan bilimlarni mustahkamlashga yo`naltirilgan bo`ladi va unda mashqlar, amaliy va mustaqil ishlar asosiy vosita hisoblanadi.
Tuzilishi:
1. Dars maqsadini qo`yish.
2. Uy vazifasini tеkshirish va o`rganilgan matеrialni mustahkamlash.
3. Darsni yakunlash va uy vazifasi bеrish.
4. O`tilganlarni takrorlash darslari – tuzilishi mustahkamlash dars kabi, takrorlash darslarida asosan o`rganilgan o`quv matеriali tizimga solinadi va umumlashtiriladi. Takrorlash turlari:
1) o`quv yili boshida va kundalik takrorlash;
2) mavzu bo`yicha takrorlash;
3) umumlashtiruvchi takrorlash.
5. Bilim, malaka va ko`nikmalarni tеkshirish va hisobga olish darslari
Tuzilishi:
1. Dars maqsadini aytish.
2. Nazorat ishining mazmuni bilan tanishtirish.
3. Ishni bajarishga oid qisqacha yo`l - yo`riq bеrish.
4. O`quvchilarning ishlarni mustaqil bajarishlari.
5. Ishni yig`ib olish.
O‘qituvchi dars tugashiga 3-5 minut qolganda o‘quvchilarga ishni tugatish zarurligini ogohlantiradi, ya’ni ular hamma yozuvlarni va hamma ishni tekshirishni erkin bajarib ulgursin. Qo‘yilgan aniq vaqtda barcha o‘quvchilar ishni topshirishlari zarur.
O‘quvchilar ishini tekshirib bo‘lgandan keyin, ikkinchi kun o‘qituvchi nazorat ishining tahlilini o‘tkazadi, u ishning natijasi haqida so‘zlab beradi, yaxshi ishlarni ajratadi, qo‘pol xatolarni aytib o‘tadi.
|
| |