Shahrisabz davlat pedagogika instituti




Download 8,11 Mb.
bet101/165
Sana21.05.2024
Hajmi8,11 Mb.
#248969
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   165
Bog'liq
Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

«Skarabey» texnologiyasi. «Skarabey» interaktiv texnologiya bo‘lib, u o‘quvchilarda fikriy bog`liqlik, mantiqiy xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muommoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o‘quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o‘rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U, ayni paytda, turli g`oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog`liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi. «Skarabey» texnologiyasi har tomonlama bo‘lib, undan o‘quv materialining turli bosqichlarini o‘rganishda foydalaniladi:
-boshida-o‘quv faoliyatini rag`batlantirish sifatida («aqliy hujum»);
-mavzuni o‘rganish jarayonida-uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq o‘rganish, yangi jihatlarini ko‘rsatish;
-oxirida-olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida. «Skarabey» texnologiyasi o‘quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U o‘quvchilar tajribasidan foydalanishni ko‘zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o‘tkazish imkoniyatlariga ega. Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko‘rsatish mumkin.
«Skarabey» alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o‘quv jamoalarida qo‘llanilishi mumkin.
Ta’limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi: o‘zgalar fikriga hurmat; jamoa bilan ishlash mahorati; faollik; xushmuomalalik; ishga ijodiy yondashish; imkoniyatlarini ko‘rsatish ehtiyoji; o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi; «men»ligini ifodalashga imkon beradi; o‘z faoliyati natijalariga ma’sullik va qiziqish uyg`otadi.
Asosiy tushunchalari quyidagilar:
Assotsiatsiya-mantiqiy bog`liqlik bo‘lib, sezgilar, tasavvurlar, idrok qilish, g`oyalar va boshqalar orasida hosil qilinuvchi mantiqiy aloqadir.
Zanjirlash (muayyan tartib) - ahamiyati, muhimligi, mazmuni darajasiga qarab tartiblash.Hamkorlikda o‘qitishning «Birgalikda o‘qiymiz» metodi Hamkorlikda o‘qitishning «Birgalikda o‘qiymiz» metodi 1987-yili Minnesot universiteti professorlari D.Jonson, R.Jonsonlar tomonidan ishlab chiqilgan. Sinf o‘quvchilari 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratiladi. Har bir guruh darsda bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqni ma’lum qismini bajaradi. Guruhlar topshiriqlarning to‘liq bajarilish natijasida o‘quv materialining yaxlit o‘zlashtirilishiga erishiladi. Mazkur metodning asosiy prinsiplari-komandani taqdirlash, o‘quvchilarga individual yondashish, muvaffaqiyatlarga erishish uchun bir xil imkoniyatlarni vujudga keltirish. Erkin fikrlash darslariErkin fikrlash darslari ilmiy-ommabop adabiyotlar, vaqtli matbuotda chop etilgan maqolalar va bu maqolalarning muhokamalariga bag`ishlanadi.
Erkin fikrlash darslaridan ko‘zda tutilgan maqsad:
1. O‘quvchilarning bilim doirasini, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
2. O‘quvchilarni ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar, risolalar, kitoblar bilan tanishtirish orqali ularning bilim olish va fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish.
3. O‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qo‘llash orqali yangi bilimlarni egallashlariga erishish.
Munozarali darslarning muvaffaqiyati qo‘yidagi masalalarni to‘g`ri hal etishga bog`liq:

-o‘quvchilarning darsga qizg`in tayyorgarlik ko‘rishiga;


-ular o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, yordam uyushtirilishiga;
-o‘quvchilarning o‘z fikr-mulohazalarini to‘liq bayon qilishi va mantiqan dalillashiga;
-o‘quvchilarda boshqalarning fikrini sabot va chidam bilan tinglash ko‘nikmalarining hosil qilinganligiga;
-o‘qituvchining iqtidori, e’tiqodi, o‘quvchilarning bilim faoliyatini faollashtira olish ko‘nikma va malakalariga egallaganlik darajasiga bog`liq bo‘ladi.
Erkin fikrlash darslarini o‘tkazish uchun o‘quvchilarga ko‘pgina ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalarni o‘qishni tavsiya etamiz.

Download 8,11 Mb.
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   165




Download 8,11 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Download 8,11 Mb.