|
Qiziqarli matematika soatlari
|
bet | 109/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olinganQiziqarli matematika soatlari. Mashg‘ulotlarning bu turi nisbatan ko‘proq vaqtga (taxminan 45 minut) mo‘ljalangan bo‘lib, qiziqarli o‘yin, qiziqarli o‘yin, sonli topishmoqlar, she‘riy masala, hazil masala va sahnalashtirilgan masalardan tarkib topadi. Bunday mashg‘ulotlatlar 1-sinf o‘quv yilining II yarmidan boshlab avval bir oyda bir marta, keyinchalik 2 martadan o‘tkazilishi mumkin. Unda o‘quvchilarning o‘zlari tashabbus ko‘rsatishlariga erishmoq kerak. Topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga o‘xshash bo‘lmasligi kerak: topshiriqlarning mazmunlari bolalarga tushunarli qiyinlik darajalari bolalarga mos bo‘lishi kerak: javoblar tez topilishi kerak, agar hisoblashlar zarur bo‘lsa, ular faqat og‘zaki bajarilishi kerak. Qiziqarli matematika soati darsdan keyin sinfning hamma o‘quvchilari bilan o‘tkaziladi. 3-sinfda bu mashg‘ulotlar epizodik ravishda o‘tkaziladi. 3-sinflarda sistemali ravishda (ammo oyiga 1-2 martadan ko‘pmas) o‘tkaziladi, chunki ularni o‘tkazishga ko‘p vaqt talab qilinadi. Mashg‘ulotning davomiyligi 3-sinfda 35-40 minut. Mashg‘ulot o‘tkazish uchun har hil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo‘lib hizmat qiladi.
Matematika to‘garak.Matematika to‘garagi sinfdan tashqari ishlarning eng ommalashgan turi. To‘garak ixtiyoriy ravishda tuziladi. Har qaysi matematika to‘garagida qatnashadigan o‘quvchilar soni 15-20 dan oshmasligi kerak, aks holda o‘qituvchiga qiyinchilik tug‘diradi va o‘quvchilar to‘garakda faol ishtirok eta olmaydilar. To‘garak a‘zolarining soni ko‘payib ketsa, ularni ikki guruhga bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Guruhlar bilan bir hafta, ikkinchisi bilan ikkinchi hafta shug‘ullanish mumkin. Mashg‘ulot 30 – 40 minut davom etsa yetarli. Ma‘lum vaqt oralig‘ida guruhlarni qo‘shib mashg‘ulot o‘tkazish va mashg‘ulotlarni musobaqa yoki viktorina o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Matematika to‘garagi mashg‘ulotini sentyabr oyining ikkinchi yarmidan boshlab (birinchi sinf uchun ikkinchi yarim yillikdan,) may o‘yining birinchi yarmida yakunlash mumkin. To‘garak ishlarini boshlashdan oldin o‘qituvchi kamida 3-4 mashg‘ulotga yetadigan material tayyorlab, uni rejalashtirish va to‘garakni tashkil qilishga tayyorgarlik ko‘rishi kerak.
Matematika to‘garagida o‘rganiladigan material mazmuni va hajmini chegaralab qo‘yish qiyin. Bunda maktab sharoiti va o‘qituvchining tayyorgarligiga qarab to‘garakda turli xil tarixiy, nazariy va amaliy materiallarni o‘rganish mumkin.
Matematika to‘garagining muvaffaqiyatli ishlashda, o‘quvchilarni to‘garak ishiga jalb qilishda, qiziqtirishda dastlabki mashg‘ulotlarning ro‘li katta. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, dastlabki mashg‘ulotlarning ko‘p qismini qiziqarli matematikaga ajratish ham yaramaydi, chunki keyingi mashg‘ulotlarda qiziqarli matematikadan boshqa materillarga qiziqish kamayadi, natijada o‘quvchilar to‘garakdan soviy boshlaydi. Shuning uchun dastlabki mashg‘ulotlarda ham, keyingi mashg‘ulotlarda ham qiziqarli materiallar hajm jihatdan barobar bo‘lish ma‘quldir.
Sinfdan tashqari ish tashkilotchisining matematik va umumpedagogik mahorati ham bu ishning sifatiga va ilmiy metodik darajasiga ta‘sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. O‘qituvchining shaxsiy malakasi ham katta ahamiyatga ega. Shu sababli sinfdan tashqari ish har bir o‘qituvchini qanoatlantiradigan aniq uslubiy ko‘rsatmalar berishi qiyin.
To‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazish sinf darslariga yaqin. Sinfdagi va sinfdan tashqari ishlarning o‘xshashligi jamoa o‘quv ishini tashkil qilish formasi bilan aniqlandi, bunda o‘qituvchi o‘quvchilar guruhi bilan mashg‘ulot olib boradi, zaruriy tushunchalarni beradi, o‘quvchilardan so‘raydi va h. Bu yerda o‘quvchilarga katta tashabbuskorlik berish maqsadga muvofiq, ularga muhokama qilinayotgan masala yuzasidan mulohazalarini bemalol aytish uchun to‘la imkoniyat berish kerak. Bunda o‘quvchilarni matematik tilda gapirishga o‘rgata borish, ularni matematik nutqlari (og‘zaki nutq va yozma nutq) ustida ishlashi ham eng muhim pedagogik vazifalardan biridir.
Bundan tashqari to‘garaklarda to‘garak kutubxonasi, matematika burchagi tashkil qilish va ularni jihozlash, ayrim tadqiqot ishlari olib boorish maqsadga muvofiqdir. Bu ishlarni yaxshi tashkil qilish uchun sharoitga qarab, chorak dasturlari, yarim yillik matematik va taqvimiy dasturlari tuziladi.
1.2. Matematik viktorina, matematik ertalik, matematik musobaqa tavsifi
Matematika fanidan sinfdan tashqari tadbirlar
Тadbir shakli.Тadbir mavzusi. Тadbir maqsadi. O‘qituvchi faoliyati. O‘quvchi faoliyati.
1. Matematik o‘yinlar Sehrli kvadrat Тez va aniq hisoblash O‘yinni boshqarish, o‘quvchilarni qiziqtirish va sehrli kvadrat tarixi bilan tanishtirish Mantiqiy fikrlash
2. Qiziqarli matematik soatlar Rebuslar, fokuslar, Krsvordlar Matematika darslarida olingan bilimlarni chuqurlashtirishТurli rebuslarni, krasivordlarni tayyorlashRebuslar va krasivordlarni topish
3. Matematik viktorina Hamma narsalarni bilishni istayman Murakkab masalalar Тurli murakkab masalalarni tayyorlash va viktorinani boshqarish Hamma masalalarni bilishga intiladilar
4. Matematika ertaligi Тarixiy masalalar Тarixiy misollarni o‘rganish Misollarni tayyorlash va ertaliklarni boshqarish. Тarixiy misollarga qiziqtirish Misollarni yechishga harakat qilish
5. Matematik to‘garaklar Mashhur matematik olimlarning hayoti va faoliyati Olimlarning matematikaga qo‘shgan hissasi, matematika tarixini chuqur o‘rganish Matematika to‘garagini boshqarish va ssenariy yozish Тarixiy materiallar to‘plami
6. Devoriy gazeta, qiziqarli tarixiy hikoyalar, olimlarning ijodi va hayotidan yangiliklar O‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishga erishish. Devoriy gazeta uchun material to‘plash, devoriy gazetalarni chiqarish va tarixiy materiallarni o‘rganish.
7. Ekskursiyalar, tarixiy muzeylarga sayohatlarga olib boorish, milliy grafika, geometrik shakllar bilan tanishtirish, ekskursiya jarayonida tarixiy materiallar bilan tanishtirish, matematikadan yangi bilimlarga ega bo‘lish.
Matematika darslarini samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish darslar tizimi.
O‘rganiladigan mavzular nomi, darsning borishi, kutiladigan natija, tarixiy tushunchalarni shakllantirish manbaalari.
1. Natural sonlarni raqamlash va ular ustida arifmetik amallar Yashash uchun raqamlarni zarurligi, uni xalq ijodiyoti va qadriyatlarida ifodalanishi Raqamlarni paydo bo‘lish zaruriyati va asoschilari Al-Xorazmiyning «Hind kitobi» risolasi ahamiyatini bilishva vatanparvarlik hissiyotini tarbiyalash. Xalq og‘zaki ijodiyoti, masal, topishmoq mutafakkirlar ta’limotidir
2. Miqdorlar: uzunlik, yuza, vaqt, hajm, og‘irlik tushunchalari va o‘lchov birliklari Тurli miqdorlarni kelib chiqish tarixi, ularni har kunlik hayotga ishlatilishi. O‘quvchilarni aniq, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish O‘nli pozision tizimini o‘lchov birliklarida tatbiq etilishi. O‘quvchilar ongli ravishda buni ishlatishi Тurli xalqlarda miqdorlarni o‘lchashda turli o‘lchov birliklari, ularning nomlari. Тurli o‘lchov asboblari (soat, chizg‘ich, palitka va h.k.)
3. Kasrlar va ulush tushunchasi Ulush va kasr tushunchalari kelib chiqish tarixi, turli xalqlarni bular to‘g‘risidagi fikrlari Kasrlarni kundalik hayotda masala-misollarni yechishda to‘g‘ri tatbiq etilishi. Vatanparvarlik tarbiya Qadimiy Misr, Bobilliklarni kasr haqidagi ta’limoti. O‘rta Osiyolik olimlarning, xususan G‘iyosiddin al-Koshiyning «Arifmetika kaliti» asari. Ibn Sino, Beruniy ijodi.
4. Algebra elementlari: sonli va o‘zgaruvchi ifodali tushunchalari, tengsizliklar va tenglamalar yechishAlgebrik tushunchalarni kelib chiqish tarixi. Matematik bilimlarni chuqurlashtirish. Mantiqiy abstrakt fikrlashga o‘rgatish.Algebra elementlarini ongli ravishda tushunish, bilish, to‘g‘ri tatbiq etish. Buyuk ajdodlarimiz ijodi bilan yaqindan tanishish. Milliy o‘zlikni anglash hissini tarbiyalash Muhammad -al-Xorazmiyni «Al-jabr va al-muqobala» asari va uning ahamiyati. Qadimgi Misr papirusilaridagi ma’lumotlar, qadimgi Yunon olimlarining ta’limoti. Umar Hayyom ijodi.
5. Geometriya elementlari: nuqta, to‘g‘ri chiziq, kesma, burchak, uchburchak, to‘rtburchak, to‘g‘riburchak, ko‘pburchak, aylana, kvadrat, yuza va h. Geometrik figuralarni chizish, o‘lchash, geometrik masalalarni yechish, kundalik hayotga tatbiq etish. O‘quvchilarning fazoviy tasavvurlarini abstract fikrlashini rivojlanadi, amaliy malakalar tarkib topadi. Evklidning «Negizlar» asari, Pifogorning ilmiy maktabi, ijodi. Barcha buyuk O‘rta Osiyo olimlari ijodi, faoliyati
6. Masalalar yechish, mantiqiy fikrlash, analiz va sintezni qo‘llashga o‘rgatish. Тaqqoslash, umumlashtirish, konkretlashtirishga, yo‘naltirishga o‘rgatish. Matematik bilimlarni amaliyotga tatbiq qilish. Masala yordamida tarbiya muammolarni hal qilish. Qadimgi Misr papiruslaridan boshlab hozirgi davrning turli manbaalari haqida ma`lumot berish.
Shuni ta’kidlash lozimki, individual va guruhli mashg‘ulotlar tizimli ravishda o‘tkazilmasligi, aksincha, asosiy ish sinfda bajarilishi kerak. Sinfdan tashqari ish sinfdagi dars shakliga nisbatan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
1. O‘z mazmuni bo‘yicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan, matematik material o‘quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda berilishi kerak.
2. Boshlang‘ich sinflarda bolalarning matematikaga nisbatan to‘plangan turg‘un qiziqishlari haqida hali gapirib bo‘lmaydi.
3. Topqirlik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning samarali usullaridan foydalanish rag‘batlantirilishi kerak.
4. Darslar 45 minutga rejalashtirilgan holda sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga va o‘tkazilish shakllariga qarab 10–12 minutga ham, bir soatga ham mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
5. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlari (qiziqarli matematika soatlari, to‘garaklar, viktorinalar va h.k.) qarab mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi.
Matematika minutliklarida, topshiriqlarga qiziqish uyg‘otish va quvvatlash uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga o‘xshash bo‘lmasligi kerak.
Mashg‘ulot o‘tkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo‘lib xizmat qiladi.
Matematik to‘garak matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng ko‘p tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi – matematikaga alohida qiziqish ko‘rsatgan o‘quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish.
Matematik to‘garak ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq qiladi:
Matematika to‘garagiga o‘quvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Mustaqil ravishda ko‘rgazmali qurollar (abaklar, ba’zi o‘yinlar uchun misollar yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘radilar va hokazo.
Matematika to‘garagini o‘tkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak. Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda o‘tkazilgan ba’zi to‘garak mashg‘ulotlarining taxminiy rejalarinini keltiramiz.
|
| |