|
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
|
bet | 111/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olinganNazorat uchun savollar:
Ta’limning darsdan tashqari yordamchi shakllari qaysilar?
O‘zlashtirmaydigan o‘quvchilar bilan qaysi ish turlaridan foydalanish maqsadga muvofiq?
Darsdan tashqari mashg‘ulotlarning darslardan faqli jihatlari
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika darslarida yosh xususiyatlariga mos tarixiy ma’lumotlarni o‘zlashtirish mazmuni nimalardan iborat?
Foydalanilgan adabiyotlar:
Jumayev M. ”Matematika o‘qitish metodikasi”. (OO‘Y uchun darslik.) Toshkent. “Turon-Iqbol”, 2016-yil.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2014. -46 b.
Maktab matematika darsliklari.2020-yil.
http://www.ziyonet.uz/
29-mavzu: IXTISOSLASHTIRILGAN BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA O‘QITISH
Reja:
1. Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish.
2. Matematikaga ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish.
3. Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash.
4. Matematikani chuqurlashtirib o‘qitish xususiyatlari.
Ixtisoslashtirilgan sinflarda matematika mashg‘ulotlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda, ularga kasb-hunar tanlashga oid bilim berishda yuqori natijalar beradi. Ayniqsa, iqtidorli o‘quvchilarda fanga qiziqishi, dunyoqarashi, zehni namoyon bo‘ladi. Bu esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga to‘la- to‘kis bilim berishda har bir o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishda o‘quvchining qobiliyati namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda o‘qituvchi birinchi bosqichda o‘quvchilarga matematikaga qiziqishi va iqtidorini aniqlashga imkon berib, ular bilan til topa oladi.
Boshlang‘ich sinflarda mashg‘ulotlar didaktik o‘yinlar, olimpiadalar, kechalar, viktorinalar o‘tkazishga yordam beradi. Ilmiy texnik taraqqiyot matematikaga bog‘langanligi sababli asta-sekin murakkabroq masalalar yechimini o‘rganishga imkoniyat beradi. Boshlang‘ich sinflarda bunday mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning matematik tafakkuri, fikrlash qobiliyati rivojlanadi.
Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika darsini o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan qiziqishini har tomonlama hisobga olgan holda olib borish lozim. Ixtisoslashtirilgan sinflarda matematika mashg‘ulotlar haftasiga 5+2 bo‘lib, dastur mazmuniga 2 soat qo‘shimcha o‘tiladi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarni qiziqishi va o‘zlashtirishiga qarab fanlararo aloqadorlikni hisobga olgan holda olib boradi. III-IV sinflarda ko‘pincha murakkab masalalar ustida ishlash uchun ko‘proq vaqt ajratiladi.
Boshlang‘ich sin3flarda mashg‘ulotlarni tashkil etish mohiyati juda katta ahamiyat kasb etadi. Matematikaga ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda o‘qitish- darslik materiallarini takrorlamaydigan lekin uni mustahkamlashga xizmat qiladigan (murakkab) o‘quv materiallar o‘rganilib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsdan olgan bilimini mustahkamlash va chuqurlashtirishga qaratilishi lozim. Ayniqsa, sharq mutafakkirlari ijodini o‘rganish, matematika darslari samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish har bir mashg‘ulotlarda tavsiya etiladi.
Boshlang‘ich matematika o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy fikrni o‘stirish. Boshlang‘ich matematika o‘qitishda o‘quvchilarning mantiqiy fikrini o‘stirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Eng avvalo, matematik bilimlarni bolalar aniq tushunishi uchun moslashtirilgan narsalarni o‘zaro bog‘liqlikda, biridan ikkinchisini hosil qilish tartibida keltirib chiqaradilar. Narsalar va atrofdagi haqiqatning mavjudligini bila borish bilan biz narsalarni qismlarga ajratish va bir qancha elementlardan bir butun narsalarni tuzishni tushuntira boramiz. Butun bir narsani qismlarga ajratib fikrlashni «tahlil» deb ataymiz. Predmet va hodisalarni o‘zaro bog‘lab o‘rganishni esa «sintez» deb ataymiz. Bu ikki fikrlash operatsiyasi o‘zaro bir- biri bilan bog‘liqdir.
Tahlil va sintez o‘zaro bog‘langan bo‘lib, arifmetik qonuniyatlarni o‘qitishda qanday qo‘llansa, misol va masalalar yechishda ham shunday qo‘llaniladi.
O‘qitishning birinchi qadamidayoq, ya’ni, birinchi o‘nlikni o‘qitishda o‘quvchilar ko‘rgazmali qurol yordamida predmetlar to‘plamini ularni elementlarga ajratib tahlil qiladi va ko‘rgazma asosida elementlarni sintez (birlashtirib) qilib to‘plam hosil qiladi.
Shunga o‘xshash ko‘rgazmali tahlil va sintezlar natijasida o‘quvchilar ichki nutq yordamida fikrlab, ongli tahlil va sintez qilishga erishadilar.
Masalan, o‘quvchi o‘qituvchi yordamida “1- qatorga 5 marka, 2- qatorga 4 marka yopishtirildi. Ikki qatorga necha marka yopishtirildi” - degan masalani yechishi kerak.
Oldin o‘quvchi o‘qituvchi yordamida masala mazmunini tahlil qiladi. Masalada berilgan sonlarni (5 va 4) alohida markalarga ajratib, masalani shart va savol qismini aniqlaydi. O‘quvchi ikki qatordagi markalarni fikran o‘zaro birlashtirib sintez qiladi va masalaga javob topadi.
Bu yerda o‘quvchi eng avval masalani tahlil qildi, masalada sonli berilganlarni va talab qilinganlarni aniqladi va sintez qilib javab topdi.
Boshlang‘ich matematika o‘qitishda taqqoslashdan ham keng foydalaniladi. Taqqoslash yordamida son, misol va masaladagi narsalarning bir xil va farq qiluvchi tomonlari aniqlaniladi.
Masalan, o‘quvchiga sonni bir necha birlikka orttirish va bir necha marta orttirish to‘g‘risida taqqoslash berilgan bo‘lsin:
O‘qituvchi rahbarligida o‘quvchi masalani taqqoslaydi va bir xil tomonlarni: ikkala masalada ham berilgan sonlar bir xil, ikkala masalada ham ikki qutidagi qalamlar haqida gapirilgan, savollar ham bir xil. Farqi: 1- masalada 2- qutida uch qalam ortiq, 2-masalada 2- qutida 3 marta ortiq qalam bor deyiladi.
Masala yechilgandan keyin o‘quvchilar qaysi masala qaysi amal bilan yechilganini taqqoslaydi. 1-si qo‘shish, 2- ko‘paytirish bilan bajarildi. SHundan keyin masala sharti bilan masalani yechish usulini moslashtiradi.
Natijada o‘quvchi nechta ortiq yoki kam degan shartda qaysi amallar ishlatilishini va necha marta ortiq yoki necha marta kam deganda qaysi amallar ishlatilishini fikrlab oladi.
Ba’zan ko‘p qiymatli sonlar bilan masalalar yechishda analogiya usulini ham qo‘llaydilar. Masalan: III- sinfda shunday masala yechiladi: ikkita meva saqlagichda 1568 kg olma bor edi. Birinchi meva saqlagichdan 240 kg, ikkinchisidan 364 kg olingandan keyin ikkalasida ham bir xil miqdorda olma qoldi. Har qaysi meva saqlagichda qancha olma bo‘lgan?
Masalani yechishdan oldin o‘qituvchi quyidagi masalani yechishni tavsiya qildi: ikki bolada 90 so‘m bor edi. Ulardan birinchisi 45 so‘m, ikkinchisi 35 so‘m sarf qilganidan keyin ikkalasida baravar pul qoldi. Har bir bolada qanchadan pul bo‘lgan?
O‘quvchilar bu masalani hatto og‘zaki ham yechishi mumkin. Bu masalani yechish rejasi va yo‘llarini aniqlagandan keyin oldingi masalani shunga o‘xshash yo‘l bilan yechadi.
Ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining asosiy maqsadi o‘quvchilarni Davlat ta'lim standartlariga muvofiq o‘qitish va tarbiyalash, ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan va ixtisoslashtirilgan ta'limni amalga oshirish,shaxsning ta'lim olishga doir konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarishdan iborat.
Ta'limning boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlari asosida fan asoslaridan bilimlarning zarur hajmini beradi, ulardagi tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi hamda ularga ta'limning keying! bosqichini ongli ravishda mustaqil tanlashga ko‘maklashadi. Ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi ta'lim-tarbiya ishlarmi har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko‘zlagan holda amalga oshiradi, o‘quvchi laming har tamonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beradi, shu jumladan o‘quvchilarning o‘z usiida mustaqil ishlashlari va qo‘shimcha bilim olishlari uchun imkoniyat yaratadi. Bola huquqlarini ta'minlash, uning qadr-qimmatini e'zozlash, bolaga do‘stona munosabatda bo‘lish, ijodiy muhitni shakllantirish va rivojlantirish maktabning asosiy vazifalaridan biridir.
Ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining asosiy vazifalari; umumiy o‘rta ta'limning chuqurlashtirilgan fanlari bo‘yicha o‘quvchuilaming davlat ta’lim standartlari talablaridan oshadigan chuqur ta’lim tayyorgarligini ta'minlash; o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va faollashtirish; Ular bir o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tadqiqotchilik faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish; professional dastur ta'limlarini ongli taniash va keyinchalik o‘zlashtirish uchun asos yaratish.
Ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabining funksiyalari:
- respublika abolishing bolalarni ixtisoslashtirilgan chuqur o‘qitishga bolgan ehtiyojini ta'minlash;
- o‘quvchilarning qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda umumiy va ixtisoslashtirilgan shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishning ta’lim dasturlarini amalga oshirish;
- o‘quvchilaming iqtidori va kamol topishi dinamikasining psixologik-pedagogik diagnostikasini amalga oshirish;
- ta’limning uzviyligi va uzluksizligi asosida intensive intellectual rivojlantirishni, chuqurlashtirilgan ixtisoslashtirilgan o‘qitishni ta'minlash;
- asosiy va qo‘shimcha ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va ular integratsiyasini amalga oshirish, loyihadagi o‘qitishga o‘tgan holda ta’lim jarayonini individuallashtirish va tabaqalashtirish;
- ta’lim jarayoniga innovatsiya, pedagogika va zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish;
- o‘quvchilaming ma'lumoti darajasi oshishiga, samarali tayyorlanishiga, akademik Iitsey va kasb-hunar kollejlariga kirishiga yordam beradigan shart-sharoitlar yaratish;
- o‘quvchilarning respublika va xalqaro amaliylar, konferensiyalar, festivallar va boshqa intellektual-ijodiy tadbirlarda ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
- iqtidor va iste'dodni aniqiash hamda kamol toptirish bo‘yicha o‘quvchilarni fanlar olimpadalari, tanlovlar va boshqa tadbirlarda qatnashishga tayyorlash;
- o‘quvchilarning ilmiy guruhlarini taslikil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar og‘zaki hisoblash bilimini shakllantirish hozirgi zamon o‘qitish metodikasida yangi texnologiyani joriy etishni asosiy masala qilib qo‘ymoqda. Boshlang‘ich sinflarda eng qulay usul bilan hisoblash masalasi arifmetik amallar bajarishning asosiy tayanchi bo‘lib hisoblanadi. O‘qituvchi darslikdagi materiallar bilan cheklanib qolmasdan, balki ijodiy fikrlaydigan materiallar bilan darsni boyitish maqsadga muvofiqdir. Masalan, 10, 100, 1000 ichida ko‘paytirishni turli ko‘rinishlaridan foydalanish o‘quvchilarni qiziqishini oshiradi.
|
| |