|
-amaliy mashg’ulot: ONA TILIDAN DAVLAT TA’LIM STANDARTI VA O‘QUV DASTURI MAZMUNI
|
bet | 119/165 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 8,11 Mb. | | #248969 |
Bog'liq Mutaxassislikka kirish saytdan olingan3-amaliy mashg’ulot: ONA TILIDAN DAVLAT TA’LIM STANDARTI VA O‘QUV DASTURI MAZMUNI
Ishdan maqsad: Talabalarga, ona tili ta’limi orqali o‘quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish usullarini o‘rgatish, nutqiy kompetensiyalar va lingvistik kompetensiyalarga DTS da qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida bilim berish
Masalaning qo‘yilishi: Talabalar, ona tili ta’limi orqali o‘quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish usullarini o‘rganadilar, nutqiy kompetensiyalar va lingvistik kompetensiyalarga DTS da qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida bilim oladilar.
Amaliy mashg‘uloti yuzasidan ko‘rsatmalar:
Ona tili ta’limi orqali o‘quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish usullari
Nutqiy kompetensiyalar va lingvistik kompetensiyalarga DTS da qo‘yiladigan talablar
A maliy mashg‘uloti yuzasidan ko‘rsatmalarni o‘rganib, qayd qilib borish
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi.–T.: Noshir, 2009. – 163 b.
2.A’zimova I., Mavlonova K., Quronov S., Sh.Tursun. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” , 1-sinflar uchun darslik, -Toshkent, Respublika ta’lim markazi, 2021.
3. 37. A’zimova I., Mavlonova K., Quronov S., Sh.Tursun. “Ona tili va o‘qish savodxonligi” , 2-sinflar uchun darslik, -Toshkent, Respublika ta’lim markazi, 2021.
4. G‘afforova G, Shodmonov Y, G‘ulomova X , “Ona tili”, 1 - sinf, -T,: “Sharq”, 2019.
4-amaliy mashg‘ulot: Boshlang’ich sinf darsligi va qo’shimcha qo’llanmalarining roli, vazifalari.
Ishdan maqsad: Darslik — davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, uning asoslari mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri.
Mashq daftari — darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda o‘quv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat bo‘lgan didaktik vosita.
|
| |