• Foydalanilgan adabiyotlar
  • 28-mavzu: BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKADAN DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH Reja
  • Tayanch iboralar
  • Shahrisabz davlat pedagogika instituti




    Download 8,11 Mb.
    bet108/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    Nazorat uchun savollar:
    1. Boshlang‘ich sinfda matematika darsi qanday tuzilishga ega
    2. Dars, dars mazmuni, texnologik xaritalarida nimalar aks etadi?
    3. Muammoli dars deganda qanday dars turi nazarda tutiladi?
    4. Muammoli darslarni tashkil etish usullarini ayting.
    5. Boshlang‘ich sinf matemetika darsligini tahlil qiling.
    Foydalanilgan adabiyotlar:

      1. Jumayev M. ”Matematika o‘qitish metodikasi”. (OO‘Y uchun darslik.) Toshkent. “Turon-Iqbol”, 2016-yil.

      2. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni

      3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2014. -46 b.

      4. Maktab matematika darsliklari.2020-yil.

      5. http://www.ziyonet.uz/



    28-mavzu: BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKADAN DARSDAN TASHQARI MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH
    Reja:
    1. Ta’limning darsdan tashqari yordamchi shakllari (to‘garak, matematika kechasi va boshqa turlari); o‘zlashtirmaydigan o‘quvchilar bilan ishlash; o‘quvchilar uy vazifalari, uni tashkil qilishga qo‘yilgan talablar; xatolar ustida ishlash, o‘quvchilar bilimini tekshirish metodlari; darsdan tashqari mashg‘ulot turlari
    2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika darslarida yosh xususiyatlariga mos tarixiy ma’lumotlarni o‘zlashtirishi mazmuni.


    Tayanch iboralar: Dars,dars turlari, didaktik maqsadlar,darsning vazifalari.
    Barchamizga ma’lumki, hozirda boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishni tashkil etishning ikki xil shakli mavjud: 1. Dars 2. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar.
    Dars - maktab taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan miqdordagi doimiy oʻquvchilar tarkibi bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir.
    Matematikadan o‘quv ishlarini tashkil etishni darsdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy vazifalari:
    - o‘quvchilarning bilimlarini va amaliy malakalarini chuqurlashtirish va kengaytirish;
    - mantiqiy tafakkurni, topqirlikni, matematik ziyraklikni rivojlantirish;
    - iqtidorli va qobiliyatli bolalarni aniqlash va ularni yanada o‘sishiga yordam berish;
    - matematika faniga qiziqishini shakllantirish;
    - o‘quvchilarni intizomli bo‘lishga, mehnatga mehr qo‘yishga, jamoa bilan ishlay olish ko‘nikmalarini tarkib toptirishga, ularda umuminsoniy fazilatlarini shakllantirishga oid tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish.
    O‘quv ishlarini tashkil etishda darsdan tashqari shakllari:
    1. O‘quvchilar bilan ishlab chiqarishga, tabiatga ekskursiyalar.
    2. Mustaqil uy ishlari.
    3. Fakultativ mashg‘ulotlar.
    4. O‘quvchilar bilan yakka va guruh mashg‘ulotlari.
    Uy ishlari bu - o‘quvchilarni darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil, individual ishlashlarini tashkil qilish shakllaridan biri. Uy ishlarini tashkil etish natijasida bolalarda quyidagi xislatlar shakllanadi:
    Shaxsni xafsalaligi
    • Mehnatsevarligi
    • Uyushqoqligi
    • Intizomliligi
    • Mas’ulyatliligi
    • O‘z o‘zini nazorat qilishi
    Uy ishlarini tashkil qilishda quydagi talablar asosida bo‘lishi lozim:
    ➢ Uyga beriladigan vazifalar o‘quvchilarning bilimlariga mos kelishi kerak;
    ➢ Uy vazifalari va unga sarflaydigan vaqt meyor darajasida bo‘lishi kerak;
    ➢ Uy vazifalarini bajarish bo‘yicha ko`rsatma bo‘lishi kerak;
    ➢ Uy vazifalarini tizimli ravishda berib borish kerak;
    ➢ O‘quvchilar muntazam uy ishlarini bajarishlari shart;
    ➢ Hamma o‘quvchi o‘z imkoniyatiga qarab har doim topshiriq olishi uy ishlarini individuallashtirishni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir;
    ➢ Uy vazifasini ko‘rinishi va mazmuni turli-tuman bo‘lishi zarur;
    ➢ Uy vazifasi o‘qituvchi tomonidan tekshirilishi shart.
    Darsdan tashqari vaqtlarda o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan individual va guruh mashg‘ulotlar maqsadi: o‘quvchilarni o‘zlashtirgan bilimidagi kamchiliklarni bartaraf qilishda ularga yordam berish, o‘quvchilarni ilm olishdagi qoloqliklarning oldini olish. Bu mashg‘ulotlar odatda individual yoki guruh mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.
    Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni asosiy maqsadi- o‘quvchilarda fanga qiziqishni rivojlantirish, darsda olingan bilimlarni to‘ldiruvchi va chuqurlashtiruvchi matematik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
    Boshlang‘ich sinflarda matematikadan “sinfdan tashqari ish” deyilganda o‘quvchilarning o‘qituvchi rahbarligida darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashg‘ulotlar tushuniladi.
    Sinfdan tashqari ishlarni ikki turini farqlash mumkin. Uning birinchi turiga rejadagi materiallarni o‘zlashtirishda orqada qoladigan bolalar bilan ishlash tushunilsa, ikkinchi turi esa matematikani o‘rganishga qiziquvchi bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar kiradi.
    Ma’lumki birinchi turdagi mashg‘ulotlar hozirgi kunda mamlakatimizning barcha mamlakatlarida mavjud. Bunday mashg‘ulotlarni bilimlar darajasi bir-biriga yaqin 3-4 o‘quvchidan iborat kichik guruhlarda xaftada 1-2 marta o‘tkazish mumkin.
    Odatda sinfdan tashqari ishlar deyilganda ko‘proq ikkinchi turdagi mashg‘ulotlar nazarda tutiladi va ular asosan o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘yadi:
    1. O‘quvchilarda matematikaga va uning tadbiqlariga qiziqish uyg‘otish
    2. O‘quvchilarning matematikadan reja bo‘yicha olgan bilimlarini kengaytirish
    3. O‘quvchilarda ilmiy tekshirish xarakteridagi malakalarini oshirish
    4. Matematik fikrlash madaniyatini tarbiyalash
    5. O‘quvchilarga matematikadan ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ishlashga o‘rgatish.
    6. O‘quvchilarda matematik olimlar, tushunchalar va tarixiy materiallar xaqida tasavvurlarini kengaytirishdan iborat.
    Bu maqsadlarni bir qismi darsda amalga oshiriladi, ammo dars vaqti chegaralanganligi tufayli qolgan qismini sinfdan tashqari ishlarda amalga oshiriladi.
    Matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar- deganda o‘quvchilarning matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan mashg‘ulotlatlarni tushunamiz.
    Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o‘quvchilardagi fanga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to‘ldiruvchi matematik bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan foydalanish mumkin. Quyidagi ana shunday mashg‘ulot turlari haqida to‘xtalamiz.
    Matematik o‘n minutlik, qiziqarli matematika soatlari, matematika to‘garagi tavsifi: Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uyushtirishdagi dastlabki qadam matematik o‘n minutliklardir.
    O‘n minutlik dars yoki darsdan tashqari vaqtlarda butun sinf o‘quvchilari ishtirokida haftada bir marta uyushtiriladi.
    O‘quvchi o‘n minutlik uchun shunday masala misol, mashq va o‘yinlar tanlashi kerakki, ular hajm jihatdan kichik bo‘lsin, lekin o‘quvchilarning aktivligini oshirsin, o‘quvchilarning kelajakda umumiy bilish faolyatlarini hamda nutq madaniyatlarining kamol topishida yo‘naltiruvchi vosita bo‘lib qolsin.
    O‘n minutlikni faqat sinfda o‘tkazilmasdan, balki maktab hovlisida va hatto maktabdan tashqarida o‘tkazish mumkin. Bunda o‘quvchilar bilan tevarak – atrof va tabiatdagi matematik mutanosiblikni sekin–asta mushohada qilish asosida o‘tkaziladi.

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   165




    Download 8,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shahrisabz davlat pedagogika instituti

    Download 8,11 Mb.