• Matematik ertaliklar.
  • Shahrisabz davlat pedagogika instituti




    Download 8,11 Mb.
    bet110/165
    Sana21.05.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #248969
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   165
    Bog'liq
    Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

    Matematik viktorinalar. Matematik viktorinalar ma‘lum tema, bo‘lim yoki umuman matematikaga doir masalalar bo‘yicha savol–javob o‘yini bo‘lib, ko‘p vaqt va katta tayyorgarlik talab qilmaydi.
    Boshlang‘ich sinflarda viktorinalar 10 – 20 minut davom etadi. Bunda oldindan tayyorlangan 5 – 6 savolga og‘zaki yoki yozma javob olinadi.
    I – IV sinflarda matematik viktorinalarni tizimli o‘tkazib turish o‘quvchilarni masalalarni turli usullarda yechishga o‘rgatadi, ularning fikrlash va hozirjavoblik qobiliyatlarini kamol toptiradi.
    Umuman, viktorinalar qizigan musobaqa tarzida o‘tadi, eng bilag‘on topqir va hozirjavob o‘quvchini, ilg‘or sinfni aniqlash imkonini beradi.
    Viktorinada qatnashish mutlaqo ixtiyoriy bo‘lib, o‘quvchilarning matematikaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, matematikaga qiziquvchilarni aniqlash va keyinchalik ularni matematikaga jalb etish maqsadida o‘tkaziladi.
    Albatta, viktorinada tavsiya etilgan savollar turlicha qiyinlikda bo‘lib, unga ko‘proq o‘quvchilarning qatnashuviga erishish kerak. Matematik viktorinalar har xil o‘tkazilishi mumkin.
    Matematik ertaliklar. Matematik ertaliklar (kechalar) ommaviy tadbirlardan biri bo‘lib, o‘quvchilar va ota – onalar o‘rtasida matematik bilimlarni tarqatish hamda o‘quvchilarning matematikaga qiziqishini oshirish, shu bilan birga ularni matematik to‘garaklarga ko‘proq jalb qilish maqsadida o‘tkaziladi.
    Bunday ertaliklar I – IV sinflarda 1 – 2 marta o‘tkazish mumkin.
    Ertalikni bir sinf bilan yoki parallel sinflarni qo‘shib o‘tkazish mumkin. Ertalik o‘rta hisobda bir soat davom etishi mumkin. Ertalikni o‘tkazish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish kerak. Buning uchun eng kamida bir oy oldin o‘qituvchi chuqur o‘ylangan reja tuzib chiqishi kerak. Shundan keyin o‘quvchilar bilan suxbatlashib, ularga qilinadigan ishlar taqsimlab chiqiladi. Bu ishga yuqori sinf o‘quvchilarini va ota – onalarini ham jalb qilish mumkin.
    Ertalik dasturini kerakli materiallar (she‘r, qo‘shiq, boshqotirma, qiziqarli masala, matematik o‘yin, konkurs masalalari, viktorina savollari, ishtirokchi personajlar kostyumi va boshqa) tayyor bo‘lgadan so‘ng yana bir marotaba ko‘rib chiqish va muhokamadan o‘tkazish kerak.
    Ertalikni (kecha) o‘tkazishdan bir hafta oldin uning chiroyli bezatilgan va katta qilib yozilgan dasturni ko‘rinarli joyga osib qo‘yish kerak. Dasturdagi ba‘zi savollarga boshqa o‘quvchilar ham tayyorgarlik ko‘rishi mumkin.
    Ertalik o‘tayotgan xonaga (zal) shu ertalikka atab chiqarilgan matematik ro‘znoma yoki jurnal osib qo‘yiladi. Iloji boricha shu xona ertalikka moslab bezatiladi.
    Ertalikda (kecha) ishtirok etgan bolalar fantaziya qilish, mulohaza yuritish, to‘g‘ri fikrlash va gapirishga o‘rganishadi. Demak, matematik ertalik uchun sarflangan vaqt faqat matematik qimmatga ega bo‘lmay, balki o‘quvchilar uchun umummadaniy qimmatga va tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir.

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   165




    Download 8,11 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shahrisabz davlat pedagogika instituti

    Download 8,11 Mb.