Shahrisabz davlat pedagogika instituti




Download 8,11 Mb.
bet96/165
Sana21.05.2024
Hajmi8,11 Mb.
#248969
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   165
Bog'liq
Mutaxassislikka kirish saytdan olingan

1-bosqich. Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan ta’lim oluvchilarni o‘zida biriktirgan hamda son jihatdan teng bo‘lgan kichik guruhlarni shakllantirish.
2-bosqich. Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash.
3-bosqich. Guruhlar tomonidan muayyan g`oyalarning ishlab chiqilishi (topshiriqlarning hal etilishi).
4-bosqich. Topshiriqlar yechimlarini muhokama etish, ularni to‘g`ri hal etilganligiga ko‘ra turkumlarga ajratish.
5-bosqich. Topshiriqlar yechimlarini qayta turkumlashtirish, ya’ni ularni to‘g`rilik darajasi, yechimini topish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va ravshan bayon etilishi kabi mezonlar asosida baholash.
6-bosqich. Dastlabki bosqichlarda topshiriqlar yechimlari yuzasidan bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida yagona xulosaga kelish.
Yuqorida mohiyati bayon etilgan «Fikrlarning shiddatli hujumi» metodini ijtimoiy, gumanitar va tabiiy yo‘nalishlardagi fanlar yuzasidan tashkil etiladigan mashg`ulotlar jarayonida birdik muvaffaqiyatli qo‘llash mumkin. Metodni qo‘llash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi:
1. O‘quvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta o‘zlashtirilishiga erishish;
2. Vaqtni iqtisod qilish;
3. Har bir o‘quvchini faollikka undash;
4. Ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish.
Ko‘rinib turibdiki ushbu metod ta’lim oluvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta o‘zlashtirilishiga erishish, vaqtni iqtisod qilish, har bir ta’lim oluvchini faollikka undash, ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirishga yordam beradi.
«Yalpi fikriy hujum» metodi. Mazkur metod J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, uni bir necha o‘n (20, 40 va 60) nafar ta’lim oluvchilardan iborat guruh (sinf)larda qo‘llash mumkin. Ushbu metod ta’lim oluvchilar tomonidan yangi g`oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar ta’lim oluvchilarni o‘z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy xal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar beriladi. Topshiriq va ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy xal etilgach, bu haqda guruh a’zolaridan biri axborot beradi. Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi) o‘qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg`ulot yakunida o‘qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg`ulot jarayonida guruh a’zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko‘ra baholab boriladi.
Arra metodi (E.Aronson,1978). Pedagogik amaliyotda mazkur metodda kichik guruhlar 6-8 ta o‘quvchidan tashkil topadi. Dars davomida o‘rganiladigan mavzu mantiqan tugallangan qismlarga ajratiladi. Har bir qism yuzasidan o‘quvchilar bajarilishi lozim bo‘lgan o‘quv topshiriqlari tuziladi. Har bir o‘quvchilar guruhi mazkur topshiriqlarning bittasini bajaradi va shu qism bo‘yicha «mutaxasis»ga aylanadi. So‘ngra guruhlar qayta tashkil etiladi. Bu guruhlarda har bir qism (blok yoki modul) «mutaxassis» bo‘lishi shart, mazkur «mutaxassis»lar o‘zlari egallagan bilimlarni xuddi «arra» tishlari ketma-ket kelganidek navbat bilan o‘rtoqlariga bayon qilishadi. Mazkur guruhlarda o‘quv materiali mantiqiy ketma-ketlikda qayta ishlab chiqiladi.
1986-yili R.Slavin «arra» metodini qisman o‘zgartirib «arra-2» metodini yaratdi. Mazkur metodga ko‘ra kichik guruh 4-5 o‘quvchidan tashkil topadi. Barcha guruh a’zolari o‘quv materiali yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydi. Guruh ichida o‘quvchilar topshiriqlarni qismlarga ajratib, bo‘lib oladilar. Har bir o‘quvchi o‘ziga tegishli qismini puxta o‘zlashtirib «mutaxasis»ga aylanadi. Dars oxirida har bir kichik guruhdagi «mutaxassis»lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o‘tkaziladi.
O‘quvchilar bilimi test savollari yordamida individual tarzda o‘tqazilib nazorat qilinadi va baholanadi. Guruh a’zolarining ballari jamlanadi, eng yuqori ball to‘plagan guruh g`olib sanaladi.«Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman» Sinf o‘quvchilari beshta guruhga bo‘linadilar, guruhlar nomlanadi. Yozuv taxtasi uch qismga ajratiladi. Birinchi bandning yuqori qismiga «Bilaman», ikkinchi bandning yuqori qismiga «Bilib oldim», uchinchi bandning yuqori qismiga esa «Bilishni xohlayman»degan so‘zlar yoziladi.
So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilardan mavzu yuqasidan qanday ma’lumotlarga ega ekanliklarini so‘raydi va bildirilgan fikrlarni «Bilaman »nomli bandga yozib qo‘yadi.
Ushbu xarakat guruhlar tomonidan fikrlar to‘la bayon etilganga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda guruhlarning barcha a’zolari faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish zarur. O‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan noto‘g`ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (zero bunday xarakat o‘quvchilarning faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi).
Keyingi bosqichda o‘quvchilarga mavzuga oid matnlar tarqatiladi Ushbu matn mavzu bo‘yicha eng asosiy tushunchalarni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar matn bilan tanishib chiqqandan so‘ng fikr yuritishlari hamda mavzuga oid yana qanday ma’lumotlarni o‘zlashtiriganliklarini aniqlashlari lozim. O‘quvchilar o‘z xulosalari asosida fikrlarini bayon etadilar, ushbu fikrlar «Bilib oldim» nomli ustunga yozib boriladi.
So‘ngi bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilaridan yangi mavzu bo‘yicha qanday ma’lumotlarni o‘zlashtirish istagida ekanliklarini so‘raydi va o‘quvchilarni yana o‘ylashga da’vat etadi. Guruhlardan navbati bilan fikr so‘raladi. O‘quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar «Bilishni xohlayman»nomli ustunga yozib boriladi. 1-qismini puxta o‘zlashtirib «mutaxasis»ga aylanadi. Dars oxirida har bir kichik guruhdagi «mutaxassis»lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o‘tkaziladi.
O‘quvchilar bilimi test savollari yordamida individual tarzda o‘tqazilib nazorat qilinadi va baholanadi. Guruh a’zolarining ballari jamlanadi, eng yuqori ball to‘plagan guruh g`olib sanaladi. Namuna sifatida quyidagi jadvalni keltiramiz:

Download 8,11 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   165




Download 8,11 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Download 8,11 Mb.